ДИНИЙ СЕКТАЛАР ЎЗ
МАҚСАДЛАРИГА ЭРИШИШ УЧУН
АМАЛ ҚИЛАДИГАН ҚОИДАЛАР:
инсоннинг маънавий ва жисмоний камолатга эришишга бўлган
интилишидан фойдаланиш
аҳолининг диний билимлари пастлигидан фойдаланиш
охиратнинг яқинлиги билан қўрқитиш
асосан ёшлар ва моддий эҳтиёжманд кимсаларни ўз
таъсирларига олиш
яширин фаолият олиб бориш ва секта ичида бўлаётган
воқеаларнинг кўпчиликка маълум бўлиб қолмаслигини қаттиқ
назорат қилиш
bilan ham sodir etiladi. O’zini «Xaloskor» deb e’lon qilgan, jamoada o’zining mutlaq
hokimiyatini o’rnatib, barchaga o’z mulkidek munosabatda bo’lgan sekta rahbari Ueyko
shahrida qurilgan maxsus ranchoda izdoshlari bilan rohibona hayot kechiradi.
1993 yilda politsiya tomonidan uni qo’lga olish bo’yicha amalga oshirilgan tadbir
davomida, qamalishni istamagan «payg’ambar» o’zi va barcha sekta a’zolari joylashgan
ranchoni portlatib yuboradi. Oqibatda 100ga yaqin kishi, shu jumladan, 25 nafar bola halok
bo’ladi.
Buddizm doirasida shakllangan «Aum Sinrikyo»ning 1995 yilda Tokio metrosida
tinch aholiga nisbatan gaz hujumi uyushtirishi oqibatida 12 kishi halok bo’lgani, AQSHda
paydo bo’lgan «Osmon darvozasi» sektasi a’zolaridan 60 dan ortiq kishi o’z joniga qasd
qilgani, Ugandada yuzaga kelgan «Xudoning o’nta buyrug’ini qayta tiklash harakati»
sektasi qurbonlari soni 1000 dan ziyodni tashkil etgani ham bunday sektalar faoliyatining
mudhish oqibatlaridan dalolat beradi.
Hozir ayrim rasmiy ro’yxatdan o’tgan yoki norasmiy faoliyat yuritayotgan
noislomiy diniy jamoalarning vakillari tomonidan ham missionerlik faoliyati amalga
oshirilishi kuzatilmoqda. Missionerlar aksariyat holatlarda o’z jamoasiga jalb qilishda turli
o’qish kurslarini ochib, o’z diniga targ’ib qilish, xorijga o’qishga yoki ishga jo’natish, yoz
faslida bolalarni dam olish lagerlariga jalb qilish, hayriya yordam ko’rsatish, bepul tibbiy
yordam berish va gazeta, jurnal, kitoblar tarqatish kabi usullardan foydalanmoqda.
Ularning diniy ta’limotida Davlat ramzlarini hurmat qilish, Konstitutsion burchni bajargan
holda harbiy xizmat o’tash, jamoat ishlarida qatnashish man etilgan. Bunday holat
xalqimiz uchun noan’anaviy bo’lgan diniy jamoa va sekta vakillarining maqsadi
jamiyatimiz a’zolarini fuqarolik faolligini so’ndirish va qaram qilib olishga
yo’naltirilganidan yaqqol dalolat beradi. Shuningdek, ayrim noislomiy diniy jamoalarda
ushbu jamoaga a’zo bo’lgan shaxs bilan oila qurishi, jamoadan tashqaridan kelayotgan
barcha ma’lumotlarni yolg’on va zararli deb bilish belgilab qo’yilgan, ba’zilarida oila
qurish umuman ma’qullanmay, ular daromadlarining deyarli barchasini ushbu jamoa
rahbariyatiga topshirishi lozim. Ushbu faktlar mazkur diniy jamoalardagi tartib shaxs, oila
va jamiyat uchun naqadar zararli ekanini tasdiqlaydi.
Yuqoridagilardan tashqari geosiyosiy maqsadlarni amalga oshirishda ham
missionerlikdan keng foydalanilmoqda. Internetdagi www.tenfortyasia.org saytida “10/40
OYNA” hududi haqida to’liq ma’lumot berilib, nima uchun ushbu hududda missionerlik
faoliyatini kuchaytirish sabablari keltiriladi. Bu hudud quruqlikning uchdan bir qismini
tashkil etishi, yer yuzidagi aholining uchdan ikki qismi, ya’ni 4 miliarddan ortiq aholi
istiqomat qilishi, dunyodagi eng kam “injillashtirilgan” 50 ta davlatning 37 tasi ushbu
hududda joylashganligi bu hududda missionerlik faoliyatini kuchaytirish uchun asos qilib
ko’rsatilgan. Hozirgi kunda dunyo missionerlarining bor-yo’g’i 8 foizi ushbu hududda
faoliyat olib borayotganligi alohida ta’kidlanadi.
3
Luis Bush tomonidan ilgari surilgan
ushbu dasturda missionerlar alohida e’tibor qaratishi lozim bo’lgan hudud 10 va 40–
parallelari orasida joylashganligi ko’rsatib o’tilgan. Ushbu hududda Osiyoning 40 ga
yaqin, Afrikaning 20 dan ortiq davlatlari joylashgan bo’lib, ulkan neft va gaz zaxiralari
mavjudligi missionerlikdan ko’zlanayotgan g’arazli geosiyosiy maqsadlarning asl
mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.
3
http://tenfortyasia.org/chto-takoe-okno-1040
Missionerlarga ishonib, dinini o’zgartirgan afrikaliklar: “Missionerlar kelishganida
ularda Injil, bizda yer bor edi. Hozir ularda yer, bizda esa Injil qoldi”
4
, - deyishar ekan.
Umuman olganda, yuqoridagi kabi sektalar, missionerlik tashkilotlari faoliyatiga
chek qo’yish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: |