19 - Amaliy mashg’ulot. Bug’doydoshlar (boshoqdoshlar) oilasi - Poaceae (Graminiae).
Nargisdoshlar – Amaryllidaceae oilasi
Ishning maqsadi. Talabalarga Nargisdoshlar oilasi vakillarining xarakterli xususiyatlari bilan tanishish oilaga mansub turkumlarning tuzilishi o’ziga xosligi haqidagi tushunchalar to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash.
SINF (аjdod)- Lolasimonlar- Liliopsida yoki Monocotyledones
QABILA –Nargisnamolar-Amaryllidales
ОILA- Nargisdoshlar – Amaryllidaceae
ТURKUM- Narsiss-Narcissus
ТUR- Oq narsiss-Narcissus poeticus
Umumiy tushunchalar. Nargisdoshlar oilasi - Amaryllidaceae. Oila vakillari tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Oilaga 65 turkum, 900 tur kiradi. O’zbekistonda 3 ta turkumga oid 5 turi o’sadi. Asosan, ko’p yillik o’tlar kiradi. Barglari nashtarsimon, ildiz bo’g’zida joylashadi. Gullari 2 jinsli, aktinomorf. Mevasi – ko’sakcha. Turkumlari: omonqora, nartsiss, shtyernbyergiya. soxta (sariq) va nafis (oq) nartsiss turlari mavjud bo’lib, har ikkala tur ko’p yillik, piyozli manzarali o’simlik hisoblanadi. Aprel oyida gullaydi. O’zbekistonda oilaning 5 ta turidan 3 tasi "O’zbekiston Respubiikasi Qizil kitobi"ga kiritilgan.