Nargisdoshlar – Amaryllidaceae oilasi Ishning maqsadi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə3/5
tarix13.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57830
1   2   3   4   5
Nargisdoshlar – Amaryllidaceae oilasi Ishning maqsadi

Nazorat savollari
1. Nargisdoshlar oilasiga xos umumiy belgilari qanday tuzilgan?

2. Piyozdoshlar oilasining xaraktеrli bеlgilari nimalardan iborat?

3. Piyozdoshlarning tabiiy va ekma turlari qanday bеlgilarga ega?

4. Piyozdoshlar oilasi qanday ahamiyatga ega?


Hilolnamolar Cyperales qabilasi

Hiloldoshlar Cyperaceae oilasi. Qabila bitta oilani o’z ichiga oladi.

Umumiy tushunchalar. Hiloldoshlar oilasiga 100 ta turkum, 4000 dan ortiq tur kiradi. Ko’p yillik o’tlar bo’lib, yer yuzida keng tarqalgandir. Bizda 16 turkumga mansub 90 ta turi o’sadi. Barglari ingichka qattiq. Gullari mayda, ko’rimsiz, ikki yoki bir jinsli, boshoqchalarda joylashgan. Shamol yordamida changlanadi. Gulqo’rg’oni 6 ta yoki 3 ta tangachadan iborat, changchisi - 3 ta, mevasi — 3 qirrali yong’oqcha. Oilaga o’zimizda keng tarqalgan rang qiyoq (Carex), salomalaykum (Cyperus) kabi turkumlar kiradi. Oila vakillari yem-xashak o’simligi sifatida muhim ahamiyatga ega.

Qorabosh, rang Carex pachystylis. Ko’p yillik efemyeroid, bo’yi 7-30 sm keladi. Rang chim hosil qilib o’sadi, qalinligi 8 - 9 sm ga yetadi. Idizi yordamida vegetativ ko’payadi. Poyasi silliq. tubi qora-qo’ng’ir, pastki barglari qin hosil qilib joylashgan, uzunchoq, uchi ingichka. Barglari mayin, yassi yoki yarim buralgan, poyadan kaltaroq, asosan, adir o’simligi, uni chorva mollari, qo’y-echkilar yaxshi iste'mol qiladi. Mevasi qo’ng’iroq qoramtir tusda bo’lib, poyasining uchki qismida joylashgan. Ba'zida shuning uchun qorabosh deb ham aytiladi. Urugidan undirish qiyin. Rangning afzalligi shundaki, qorako’l qo’ylari qishdan toliqib, vitaminlarga ehtiyoj sezilgan paytda, ko’m-ko’k bo’lib o’sadi. Uni mollar yeb, ancha tetiklashib oladi. Qo’y, qoramol, otlar uchun yaxshi xashak hisoblanadi. Qiyoqlardan bo’yra to’qishda, manzarali, qumni mustahkamlaydigan o’simlik sifatida ham foydalaniladi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin