Mundarija: kirish. I bob masalni o’qish metodikasi



Yüklə 154,6 Kb.
səhifə1/15
tarix02.06.2023
ölçüsü154,6 Kb.
#123837
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
o\'qish darslarida masala o\'tish uslubiyoti


MUNDARIJA:
KIRISH.
I BOB MASALNI O’QISH METODIKASI
1.1. Masal haqida
1.2. Adabiyot nazariyasida Masal
II –BOB SHE’RNI O’QISH METODIKASI
2.1. Sher haqida va uni o’qitish metodi
2.2. Epik she’rlar
III.O’QISHDAN UMUMLASHTIRUVCHI DARSLARNI TASHKIL ETISH VA O’QISH DARSLARIDA NUTQ O’STIRISH
3.1. O’qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish
3.2. O’qish darslarida nutq o’stirish
3.3. Bolalar uchun eng qiziqarli masallar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
Boshlang’ich sinflarda Masalni o’rganishda bolalarni Masalni ifodali o’qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so’z bilan aytib berishga (Masalni to’liq qayta hikoya qildirish tavsiya etilmaydi), ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aytib, o’zaro qiyoslashga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh personaj obrazini tahlil qilishga kirishiladi. 1- sinfda bolalar Masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulgili hikoya kabi qabul qilsalar, 2- sinfdan boshlab ular Masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, Masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. Masal tili ustida ishlaganda, o’quvchilar nutqini boyitish uchun unda ishlatilgan obrazli iboralar, badiiy vositalar o’quvchilarga mustaqil toptiriladi: o’quvchilar o’qituvchi bergan gap yoki iborani Masaldagi ibora bilan almashtiradilar. Masalan, SHukur Sa’dullaning “Laqma it” Masalining tili ustida ishlash jarayonida o’qituvchi “Qish kelib sovuq boshlandi. Bo’ron turdi” gaplarini beradi, o’quvchilar gaplarini topib aytadilar. Masal tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif tuzish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Personajga xarakteristika berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, avtor tilini yaxshi tushunish, xar bir personajning individual xarakterini hisobga olish zarur. Masalan, “Laqma it” Masalini o’qiganda, laqma itning yalinib-yolvorishi, mushukning to’g’riso’zligi muomalasi orqali ifodalandi. Dialogli Masallarni rollarga bo’lib o’qish, inssenirovka qilib, aytdirish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 154,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin