Mundarija: kirish. I bob masalni o’qish metodikasi


I.BOB MASALNI O’QISH METODIKASI



Yüklə 154,6 Kb.
səhifə4/15
tarix02.06.2023
ölçüsü154,6 Kb.
#123837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
o\'qish darslarida masala o\'tish uslubiyoti

I.BOB MASALNI O’QISH METODIKASI
2.1. Masal haqida
Masal (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Taʼlimiy harakterdagi, aksariyat kichik sheʼriy, baʼzan nasriy shakldagi asar. Masalda insonga xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz asosiga quriladi, komiklikning va kinoyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunligi masalga hajviy ruh bagʻishlaydi. Masalning hikoya qismi hayvonlar haqidagi ertaklar, novella yoki latifalarta yaqin boʻlib, xotimasi, taʼlimiy xulosasi maqol, hikmatli soʻz va iboralar tarzida boʻladi. Masal materiallari aksariyat ertak, majoz, novella, latifa va boshqa da ham qoʻllanishi mumkin. Ramzli hikoyadan farqli ravishda masalning oʻz anʼanaviy obrazlar va motivlar doirasi mavjud boʻladi (hayvonlar, oʻsimliklar, qushlar, muayyan tizimdagi odamlar va h.k.). Masal janri unsurlari juda qadimdan maʼluMasal Uning namunalari "Kalila va Dimna" (Panchatantra, 3-asr) tarkibida uchraydi. Masallar Farididdin Attor, Rumiy, Navoiy asarlarida tamsil uchun ishlatilgan. Gulxaniy "ZarbulMasal" asarida masaldan mohirlik bilan foydalangan. Qad. yunon adabiyotida Ezop (milodiy 6—5-asrlar), Rim adabiyotida Fedr (miloddan avvalgi 1-asr), fransuz adabiyotida Lafonten (17-asr), rus adabiyotida Krilov bu janrning yetuk namoyandalari sifatida shuhrat qozonganlar. Rus adabiyotida D. Bedniy, S. Marshak, S. Mixalqov masalning ajoyib namunalarini yaratdidar. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida S. Abduqahhor, O. Qoʻchqorbekov, Ya. Qurbonov va boshqa masal janrini rivojlantirdilar.
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar Masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo’lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham Masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko’pincha Masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi.

Yüklə 154,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin