Bug’doynamolar (boshoqnamolar-Poales) qabilasi
Bug’doydoshlar (boshoqdoshlar) oilasi - Poaceae (Graminiae). Oilaga 650 turkumga mansub 10000 tur kiradi. Turlarning ko’pchiligi kosmopolitdir. Ular, asosan, bir va ko’p yillik o’tlar hisoblanadi. O’zbekistonda 82 turkumga mansub 252 tur uchraydi.
Bug’doydoshlar oilasi vakillarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati judayam muhimdir. Bularga: bug’doy (Triticum), sholi (Oryza), makkajo’xori (Zea), suli (Avena), tariq (Prosa), arpa (Hordeum) kabi turkumlarning vakillari kiradi. Oilaning asosiy vakillaridan biri bug’doy o’simligi bilan tanishamiz.
Bug’doy - Triticum aestivum L. Bo’yi 1-1,5 m ga yetadigan bir yillik o’simlik. Poyasining ichi kovak. Barglari lentasimon bo’lib, poya bo’g’imlarida bittadan joylashgan. lldizi popuk ildiz. Aprel, may oylarida gullaydi, Gullari sarg’ish rang bo’lib, boshoqidan chiqib turadi. Boshog’i qiltiqli, ba'zi turlari esa qiltiqsiz. Iyun-iyul oylarida mevasi pishadi. Mevasi - don. Doni oq yoki qizg’ish rangda, usti qipiq bilan qoplangan. Bug’doyning turlari ko’p. Shundan 2 turi yumshoq (Tr. vulgare) va qattiq (Tr. durum) bug’doy bizda ko’p ekiladi. Bug;doydan un undan esa non va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |