Pochta aloqa texnologiyalari


Diniy ta'limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix30.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#91577
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Dinshunoslik fanidan 2-joriy

Diniy ta'limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga

protestantlarning “ikkilamchi” birlashmalari – «Yahve shohidlari» 
(«Svideteli Iegovo»), «Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi» (mormonlar), «Masih 
cherkovi» (Boston harakati); 

soxta xristian harakatlar – «Mun birlashtirish cherkovi», «Vissarion oxirgi 
Ahdi cherkovi», «Oq birodarlar»;

sayentologik kul'tlar – «Xristian ilmi», «Ron Xabbard sayentologiya 
markazi», «Kloneyd», «Oq ekologlar» harakati; 

neo- va kvaziorientalistik maktablar va kul'tlar – “Tirik axloq”(Agni yoga), 
«Krishnani anglash jamiyati», «Transsendental' meditasiya», «Aum-Sinrikyo», «Saxadja-
yoga» va b.);

Yangi majusiy tashkilotlar va kul'tlar – “Runvira” ukrain milliy e'tiqodi 
cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk “qadimgi diniy e'tiqodiga qaytish kul'ti” va 
boshqalar kiradi. 
“Sekta” so‘zi, eng umumiy ma'noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy 
qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. “Diniy sekta” deganda ma'lum bir dindagi 
rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga 
umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar 
tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishga mansub bo‘lgan ko‘plab sektalar 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb 
ko‘rsatadilar. 
2. Soxta xristianlik harakatlari. Zamonaviy voqelik diniy-ekstremistik 
xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining 
jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘shni


davlatlarda "Bogorodichiy sentr", "Serkov' ob'edineniya", "Serkov' Isusa", "Serkov' 
Novogo Zaveta", "Beloe bratstvo", "Bojestvenniy orden Pervogo Angela" kabi o‘nlab 
diniy sektalar noqonuniy ravishda faoliyat olib bormoqda. "Satanizm" deb ataladigan sekta 
ham keng tarqalgan. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan bu sektaning 
Rossiyada 100 ming, Yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdorlari bor. 
Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan 
qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida ish olib borish 
yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqdalar. Bunday sektalarga asos 
solgan "avliyo"lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik 
qilishga urinmoqdalar. 
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan voqealarning ko‘pchilikka 
ma'lum bo‘lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi, ular faoliyatidan jamoatchilikning 
bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda. 
Jahon xristianlarini birlashtirish yo‘lidagi Muqaddas Ruh assosiasiyasi 
(«Assosiasiya Svyatogo Duxa za ob'edinenie mirovogo xristianstva» (ASD-OMX) bo‘lib, 
«Mun San Men birlashtirish cherkovi», «Birlashtirish harakati», «Munchilar» («Munisti») 
kabi nomlar bilan ham ataladi. 
Birlashtirish cherkovi (BCh) asoschisi Sun M'yung Men 1920 yilda Shimoliy 
Koreyada mahalliy presviterian cherkoviga e'tiqod qiluvchi dehqon oilasida tug‘ilgan. 
Maktabda o‘qish davrida u pyatidesyatniklar yig‘inlarida qatnashgan. 1936 yili Pasxa 
bayramida unga “vahiy” kelgan: Iso Masih unga ko‘rinib, uni taxminan 2000 yil avval 
boshlagan missiyasini yakunlash uchun “tanlangan”ini aytgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu 
voqea sodir bo‘lganda osmondan: “Sen insonlarni halokatdan qutqarasan, sen Masihning 
ikkinchi bor zohir bo‘lishisan!". Shu voqea sabab u o‘z ismining birinchi bo‘lagi - Sun 
(ajdarho)ni -San (nur taratuvchi)ga o‘zgartirdi va bu bilan u o‘zini “ilohiy” kelib chiqishini 
bildirdi. Shu yo‘l bilan yangi “payg‘ambar”- Mun San Men vujudga keldi. 
Mun 1948 yilda ma'naviy buzuqligi, “jamoat tartibini buzganligi” uchun 100 kunga,
keyinroq esa qo‘shxotinlik bilan ayblanib 5 yilga qamalgan.1955 yilda Mun 10 dan ortiq 
ayollarning nomusiga tajovuz qilishda ayblanib sudga tortilgan. Ayblarni yumshatish, 
janjallarga barham berish uchun o‘sha ayollardan biri Seuldagi “Rixva” universiteti 


talabasi 18 yoshlik Xak Xok Djaga 1960 yilda uylanadi ("svad'ba agnsev“). To‘y sovg‘asi 
sifatida "payg‘ambar" o‘z rafiqasiga “olamni yaratuvchi ona” ("mat' mirozdaniya“) unvoni 
(tituli)ni beradi va o‘zining Muqaddas kitoblarga “Bibliya”ga qo‘shimcha ravishda yozgan 
“Ilohiy tamoyillar” ("Bojestvennie Prinsipi“) nomli kitobini unga sovg‘a qiladi. 
1976 yildan boshlab BCh bir necha bor moliyaviy masalalar bo‘yicha janjalli 
voqealarga sabab bo‘lgan. 80-yillarning boshlarida dunyo bo‘ylab BChning 150 dan ortiq 
korporatsiyalari tuzilgan bo‘lib, ularga turli sohalarga oid korxonalar qarashli bo‘lgan.
1992 yilda Mun o‘zini yangi insoniyatning “Haqiqiy Ota”si deb e'lon qilgan, 
1993 yilda “Yangi Ahd davri” tugab, “Ahdning yakuniy davri” (“Era Zaversheniya 
Zaveta“) boshlanganini bildirgan. Munchilar to‘liq va yakuniy haqiqatga “Haqiqiy Ota” 
orqali erishiladi, deb ishonadilar. 
Mun va uning xotini yaqinda “Iso Masih”ga rafiqa topishgan va Iso Masih ularga 
ko‘rinib minnatdorchilik bildirgan. Munchilarning ommaviy nikoh tantanalari 
”Unashtirish” marosimi munchilarning amaliyotida markaziy o‘rinda turadi. U 2 qismdan 
iborat: “muqaddas vino” marosimi va “muqaddas nikoh”. Ushbu marosimlar vino orqali 
unashtirilayotganlar odamzotning “birinchi gunohi”dan poklanib, yangi “haqiqiy” hayotni 
boshlashlarini anglatadi. Nikoh marosimidan avval “unashtirish” bo‘lib o‘tadi. Bo‘lg‘usi 
kelin-kuyovlar o‘z juftlarini topishni Mun va uning tajribali mintaqaviy liderlariga 
to‘lig‘icha ishonadilar. Ayrimlar o‘z juftini nikoh tantanasidan bir necha kun avvalgina 
taniydilar.“Muqaddas vino” yoki “Nasabni o‘zgartirish” marosimi orqali munchilar Mun 
va uning oilasi bilan qarindoshlik rishtalarini bog‘laydilar 
Mun ta'rificha: “Bu marosimlar shayton dunyosidan saqlovchi va “Haqiqiy ota-
onalar”ga yaqinlashish bo‘yicha o‘ziga xos “emlash” vositasidir. 
Vinoda 21 bitta unsur (element) va “Ota va Ona”ning qoni jamlangan bo‘lib, uni 
iste'mol qilgan inson o‘z ajdodlaridan voz kechadi. Boshqa bir ma'lumotlarga qaraganda, 
ushbu ichimlik tarkibiga Mun va xotinining boshqa narsalari ham solinadi. 
“Aum sinrikyo” - Aum (sanskritcha “olam”) haqiqati ta'limoti; ingliz tilida
«Supreme truth», ya'ni “oliy haqiqat» deb tarjima qilingan. Ushbu sekta 2000 yildan 
boshlab “Alef” nomi bilan faoliyat yuritmoqda (somiy tillar alifbosidagi birinchi harfi 
bo‘yicha). “Aum sinrikyo” yangi diniy, sinkretik, terroristik, ekstremistik, totalitar, 


destruktiv sekta bo‘lib, vadjrayana buddizmi asosida Yaponiyada vujudga kelgan. Sektaga 
yaponiyalik Syoko Asaxara 1987 yili asos solgan, u 1995 yilda Tokio metrosidagi zaharli 
gazlar portlatishni uyushtirgandan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. Hozirda sekta terroristik 
tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Yevropa Ittifoqi, Kanada, Rossiya, AQSh va boshqa 
davlatlarda faoliyati ta'qiqlangan.
“Aum sinrikyo”dan Rossiyada 24000, Yaponiyada 6600 kishi jabrlangan. 1990 
yillarda sektaning N'yu York, Bonn, Shri Lankada markazlari faoliyat yuritgan. 1986 yilda 
ushbu sekta tashkilotiga diniy tus berildi va u «AUM Sinsen-no-kay» («Ma'naviy 
rivojlangan va notabiiy kuch quvvatga ega kishilar jamiyati) deb ataldi. Shu yili Asaxara
Himolayda «butunlay azoblardan qutilib, Nurlanishga erishdi».
Tashkilot 1987 yilning iyulidan “Aum sinrikyo” nomi ostida butun mamlakat 
bo‘ylab bo‘linmalariga ega bo‘ldi. 1989 yil avgustidan sekta diniy tashkilot sifatida tanildi. 
U Yaponiyaning oliy tabaqadagi universitetining talabalarini o‘ziga jalb qilib, ikkinchi 
nom - «elita vakillari dini»ga ega bo‘ldi. 
1995 yil 20 martda «Aum sinrikyo»ning 10 ta a'zosi tomonidan terroristik akt sodir 
etilgan. Ular Tokio metrosida zarin zaharli gazi yordamida gazli portlatish sodir 
etishgan.Natijada 12 kishi vafot etgan, o‘nlab kishilar zaharlangan, 1000 kishining ko‘rish
qobiliyati pasaygan. Yaralanganlarda tananing ayrim a'zolarida paralich, so‘zlash 
qobiliyatining yo‘qolishi, tayanch harakat a'zolarining shikastlanishi, ko‘r bo‘lib qolish 
holatlari ham uchragan. Ularning fikricha, Oxirzamon kelishi, yaxshilik va yomonlik 
o‘rtasidagi oxirgi urush kutilmoqda va urushda barcha “gunohkorlar” qirib tashlanadi. 
Polisiyachilar tomonidan sekta markazlari tekshirilganda kimyoviy va biologik 
qurollarning komponentlari (“Sibir yarasi” (“Sibirskaya yazva”) va “Ebola virusi”) 
topilgan. Bundan tashqari Zairdan keltirilgan Mi-17 harbiy vertolyoti bo‘lgan. Kimyoviy
zaxira zarin tayyorlash orqali 4 million kishini o‘ldirishga yetadigan bo‘lgan. 
«Oq birodarlik tashkiloti» (OBT) eng janjalkash sektalardan biri bo‘lib, N'yu Eyj 
harakati bilan o‘zaro bog‘liq. Uning g‘oyalarida ham «Baliq erasi» (Iso Masih davri) 
yakunlanib, Suvchi (Vodoley) erasi, ya'ni yer yuzida Ilohiy boshqaruv davri boshlanishini 
da'vo qiladilar. Asoschisi va yaqin yillarga qadar rahbari Yuriy Krivonogov texnika fanlari 
nomzodi bo‘lib, Kievning nevralgiya va psixiatriya institutida ishlagan. U ko‘plab yangi 


g‘oyalar muallifi, inson shaxsiyatiga ta'sir o‘tkazish masalalariga qiziqqan. O‘z qiziqishlari 
o‘laroq, biroz muddat Krishnani anglash jamiyatiga a'zo bo‘ladi va turli uslublarni 
o‘rganadi. U “Atma” nomli “Qalb instituti”ni ochadi va “Znanie” nashriyoti orqali ko‘plab 
risolalar chop etadi. 
Krivonogov ko‘p shaharlarda ma'ruzalar o‘qib yuradi va Dnepropetrovskda 
bo‘lg‘usi xotini Mariya Svigunni uchratadi va to‘y arafasi Mariyani yerdagi “Xudo” deb 
e'lon qiladi. Krivonogov o‘zini turli avliyolar nomi bilan atab chiqqan (Ioann Predtech, 
Yoqub payg‘ambar, Nuh payg‘ambar, Ioann Krestitel', Tutanxamon, shoh Vladimir, v.h) 
va oxiri Yuoann Svami ismida to‘xtagan. 
Mariya ham dastlab Xudoning onasi, keyin Ota Xudo, O‘g‘il Xudo, Muqaddas 
Ruhga aylangan, nihoyat Mariya Devi Xristos nomini olgan. Mariya yer yuzida uch yarim 
yil yashab 144 ming eng e'tiqodli kishilarni, ya'ni “haqiqiy e'tiqodlilar”ni jamlashi kerak 
bo‘lgan. Bu kishilar yusmalianning yangi xalqi bo‘lishi kerak edi (YuSMALOS bu 
“Yuoann Svami Mariya Logos” abbreviaturasi, shuningdek, “Jus malos” so‘zining 
“yovuzlik qonuni” ma'nosi ham bor). 
Yusmalos “olamni qutqarish” missiyasi 1990 yil 1 iyuldan 1993 yil 24 noyabrga 
qadar etib belgilangandi. Yerdan oxirgi bo‘lib bu er xotin ketishi, ularni chormixlashlari 
lozim bo‘lgan. Jasadlar uch kun ko‘chada turib, uchinchi kuni qayta tirilishlari va osmonga 
ko‘tarilishlari kerak edi. O‘sha kuni Oxirzamon bo‘lib, yer yuzi vayron bo‘lishi, insoniyat 
halokatga uchrashi, keyin esa yusmalos xalqi yerda yangi hayotni boshlashi, ular jannatda, 
qolganlar do‘zaxda bo‘lishi ta'kidlangan. 
Belgilangan sanada Kievda bir necha ming tarafdorlar yig‘iladilar. Tabiiyki, 
Oxirzamon bo‘lmadi. Kievdagi muqaddas Sofiya ibodatxonasi oldida to‘polon 
uyushtirildi. Er va xotin ichki ishlar xodimlari tomonidan qamoqqa olindi. 
“Butunjahon oq birodarlik” (yoki “Bolgar oq birodarligi”) tashkiloti Bolgariyada 
1900 yilda Petr Dinov tomonidan asos solingan. Bu tashkilot sinkretik, diniy, 
afsungarlikka asoslangan g‘oyalarga ega bo‘lib, xristianlik, hinduiylik, yoga ta'limotlari 
qorishmasidan iborat. Taniqli liderlaridan biri Mikael Ayvanxovdir (Mixail Ivanov — 
«Ayvanxov» — familiyasining inglizcha o‘qilishi «Ivanhov»).


1937 yili Petr Dinov o‘z shogirdi Ivanovni Fransiyaga tashkilot g‘oyalarini 
tarqatishga yuboradi. Ayvanxov Parijda 1947 yili tashkilot bo‘linmasini ochadi va unga 
«Izgrev» (bolg. «ko‘tarilish») deb nom beradi. 1953 yilda esa mamlakat janubida Riv'erada 
maxsus maktab ochadi («Bonfan»). 1960 yilning boshida Ayvanxov Hindistonga borib, 
ximolaylik rohibdan duo oladi va «Omraam» ismini qabul qiladi. Bu ism «ko‘rinmas, 
tutqich bermas g‘oyalarni yer yuzida amalga oshirish jarayonlarni jadallashtiruvchi”ga 
berilgani. Ayvanxov ma'ruzalari asosida ko‘plab kitoblar (32 tom) chop etilgan. Ular 
hozirgi BOB tashkiloti g‘oyalariga asos bo‘lgan. Ko‘pchiligi rus va esperanto tillariga 
tarjima qilingan. Sosialistik tuzum davrida tashkilot faoliyati to‘xtatilgandi, hozirda yana 
jonlangan. 
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashib ketishi, ochlik, fuqarolar urushlari, 
ommaviy epidemiyalar, spidning tarqalishi yuqoridagi kabi sektalarning keng yoyilishiga 
olib kelmoqda. 
Umuman olganda, bunday sektalarning barchasi insonning ojizligi, ma'naviy va 
jismoniy kamolotga erishishga bo‘lgan intilishi, kishilar hayotda duch keladigan 
qiyinchiliklardan o‘zlarining g‘arazli maqsadlari yo‘lida shaxsiy boylik orttirish niyatida 
foydalanadilar. 
Mavjud diniy ta'limotlar, ulardagi muayyan qoidalarni davr talabiga moslashtirish, 
boshqacha aytganda, modernizasiya qilish jarayoni hamon davom etmoqda. Masalan, 
xristianlar amalga oshirgan inkvizisiya va salb yurishlari xato bo‘lganini tan olib, Rim 
Papasi hatto, rasman kechirim ham so‘radi. 1992 yilda Papa Ioann Pavel II o‘z paytida 
Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi qarashlarni yoqlagani uchun cherkov tribunali 
tomonidan tavba qildirilib, o‘z qarashlaridan voz kechishga majbur qilingan Galileo 
Galileyning haq bo‘lganini tan olib, barchadan uzr so‘ragani ham bunga misol bo‘la oladi. 
Shuningdek, mavjud dinlarning tarqalish xaritasida jiddiy o‘zgarishlar sodir 
bo‘layotganini ta'kidlash zarur. Masalan, o‘tgan asrda asosan xristianlar yashab kelgan 
Yevropada bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmonlar istiqomat qilmoqdalar. 
Jumladan, Buyuk Britaniyada - 3 million, Germaniyada - 5 million, Fransiyada - 6-7 
million islomga e'tiqod qiluvchi fuqarolar yashamoqda. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, 


hozirda aynan islomga e'tiqod qiluvchilar soni eng tez ko‘payib borayotgan din 
hisoblanadi.
Bunday o‘zgarishlar, bir tomondan, globallashuv keltirib chiqarayotgan odamlar 
migratsiyasi natijasida, ikkinchi tomondan, kishilarning buddaviylik, ko‘pgina hollarda va 
asosan islomni qabul qilishi bilan bog‘liq. 
Shuningdek, aholisi an'anaviy ravishda buddaviylik va islomga e'tiqod qilib kelgan 
o‘lkalarda xristianlikni yoyishga intilish kuzatilmoqda. BMT ma'lumotlariga ko‘ra 
xristianlikning o‘sish ko‘rsatkichi yiliga 1,46 foizni tashkil qiladi. Mazkur jarayon ayrim 
xristian tashkilotlari va yo‘nalishlarining faol missionerlik harakati natijasida sodir 
bo‘lmoqda. 
Qayd etilgan mulohazalar bugungi kunda ham dunyoning diniy manzarasida jiddiy 
o‘zgarishlar sodir bo‘layotganidan dalolat beradi. Diniy konfessiyalar manzarasi rang-
barangligini O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritayotgan diniy 
konfessiyalar misolida ham ko‘rish mumkin. Xristianlikka mansub bo‘lsa-da, yurtimizdagi 
11 ta yo‘nalishning har biri o‘zini alohida diniy konfessiya, deb hisoblashi fikrimizning 
isboti bo‘la oladi. 
Noan'anaviy diniy tashkilot yoki oqim deganda bir mintaqa, hudud aholisi uchun 
begona bo‘lgan, muayyan tarixiy sharoit yoki ijtimoiy vaziyat sababli o‘sha yerga kirib 
kelgan yoki kirishga harakat qiladigan dinlar tushuniladi.
XIX asr o‘rtalari XX asr boshlariga kelib Yevropa, Amerika va Osiyo qit'alarida 
"payg‘ambarlik" va "armageddonizm" epidemiyalari avj oldi. AQShda 1840 yillarda 
"millerizm" nomi ostida paydo bo‘lgan harakat tez orada boshqa hududlarga ham tarqaldi. 
Natijada, aksariyat yirik dinlar doirasida yangi, "islohotchi" oqimlar yuzaga keldi. 
Ulardan, xristianlik doirasida "Yahve shohidlari" va "Mormonlar"ni, islom dini 
doirasida "Bahoiylar", "Ahmadiylar" va "Qora musulmonlar"ni, hinduiylik doirasida 
"Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"ni sanash mumkin. 
Yahve shohidlari (yoki Iegov shohidlari) yo‘nalishiga 1873 yilda Charl'z Teyz 
Rassel (1852-1916) tomonidan asos solingan. Yo‘nalishning diniy ta'limoti uning yetti 
tomlik "Muqaddas Yozuvni o‘rganish" kitobiga asoslanadi. 


Ch.Rassel vafotidan keyin tashkilotga rahbarlik qilgan Iosif (Djozef) Franklin 
Ruzerford iegovochilikka "armageddon" (ya'ni, go‘yoki, oxirzamonda Iso boshchiligidagi 
iegovochilar va Shayton boshchiligidagi jinlar qo‘shini o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang) 
tushunchasini kiritdi. Shuningdek, u har yili iegovochilarning xalqaro konferensiyalarini 
o‘tkazishni, 50 ga yaqin kitob muallifi sifatida targ‘ibot ishlarida radio va grammo-
plastinkalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. 
"Iegov shohidlari" Uchlik haqidagi aqidani rad etishadi, lekin boshqa yo‘nalishlar 
kabi uning barcha ko‘rinishlarini izohlashadi. Ular xudoning o‘z shaxsiy ismi bor, bu ism 
"Iegov"dir va u barcha narsalarning asosi va yaratuvchisi, deb hisoblaydilar. 
Iegovchilar Iso Xudoning O‘g‘li bo‘lgan deb e'tiqod qilsa-da, uning Xudo bo‘lganini 
inkor qilishadi. Ularning ta'limotiga ko‘ra, Iso Iegovo tomonidan yaratilgan yagona 
insondir, qolgan barcha insonlar Masih orqali yaratilgan. Muqaddas Ruh - Xudoning 
ko‘rinmas kuchi bo‘lib, u dunyo yaratilishida qatnashgan. Iso Golgofa tog‘ida xochga 
emas, balki ustunga mixlangan deb hisoblaganlari sababli ishlatilmaydi. 
Iegov butun insoniyat tarixida 144 ming kishini tanlab olgan, ular o‘lgandan so‘ng 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiriladi va osmon podshohligiga o‘tib ketishadi. Hozirgi kunda o‘sha 
tanlangan 144 ming kishi, ya'ni "kichik poda"dan (imoni mustahkam va din yo‘lida ko‘p 
xizmat qilgan) 11 mingtasi tirik, deb e'tiqod qilinadi. Qolgan imonlilar, ya'ni Iegovo 
shohidlariga qo‘shilgan "qo‘ylar"ga (oddiy dindorlar) Yer yuzida abadiy jannatda 
yashashlari va'da qilinadi. 
"Iegov shohidlari" faqatgina Iso Masih o‘limini eslash kechalari bilan bog‘liq 
bayramni nishonlaydilar. Shu kuni jamoa a'zolari qarindosh va tanishlarini uylariga taklif 
qilishadi. Dasturxonda Isoning tana va qonining ifodasi deb bilinadigan xamirturishsiz non 
va qizil, quruq vino bo‘lishi shart. 
"Iegov shohidlari" diniy tashkiloti qat'iy markazlashgan xarakterga ega. Uning 
diniy-ma'muriy markazi - Boshqaruv korporatsiyasi hisoblanadi. U 15kishidan iborat 
bo‘lib, Bruklinda (AQSh, N'yu-York) joylashgan. Boshqaruv korporatsiyasining 90 dan 
ortiq filiallari dunyoning turli mamlakatlarida targ‘ibot ishlarini olib boradi. 
Xristianlikning ko‘zga ko‘ringan vakillari iegovochilarning xristianlik bilan hech qanday 
umumiyligi yo‘q, degan fikrdalar. 


Markaziy Osiyoda "Iegov shohidlari" diniy tashkilotining birinchi jamiyatlari 1950-
yillarda paydo bo‘lgan va norasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bugungi kunda 
respublikamizda "Iegov shohidlari"ning 1 ta tashkiloti rasman ro‘yxatga olingan. 
"Iegov shohidlari" missionerlikka katta e'tibor beradi. Jamoa paydo bo‘lgan davrdan 
boshlab, asosan uyma-uy yurish va adabiyotlar tarqatish bilan o‘z izdoshlarini 
ko‘paytirishga harakat qiladi. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda iegovochi 
missionerlarning soni 700 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Jamoa rahbariyati 
tomonidan missionerlarni tayyorlash ishlariga katta ahamiyat beriladi. AQShning N'yu-
York shahrida, jamoaning bosh ofisi bilan bir joyda "Galaad" nomli missionerlar 
tayyorlash markazi mavjud. Ushbu markazda tashkil etilgan besh oylik kurslarda butun 
dunyodan kelgan missionerlar tahsil olishadi. 
Missionerlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va adabiyotlarni nashr etish 
uchun "Qo‘riqchi minora", "Bibliya" va "Risolalar jamiyati" tuzilgan. Ushbu jamiyat 
korporatsiya deb atalib, bosh qarorgohi tashkilot asosiy binosi bilan bir joyda, AQShning 
Bruklin shahrida joylashgan. Korporatsiyani yetti direktordan iborat boshqaruv kengashi 
boshqaradi va ular korporatsiya prezidentini saylaydilar. 
Hozirgi kunda "Iegov shohidlari" 230 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi va 
dunyo bo‘yicha 111 ta mintaqaviy vakolatxonalarga ega. 
Iegovchilar missionerlikni o‘ziga xos tarzda va tizimli tashkil etganlar. 
Mutaxassislar fikricha, "Iegov shohidlari" o‘z tarafdorlarini shakllantirishda jalb etishning 
80 dan ortiq usulidan foydalanadilar. Jumladan, ular o‘z da'vatchilarining ovoz ohanglarida 
tinchlantirish va mehr tuyg‘ulari bo‘lishiga alohida e'tibor beradilar. Iegovchilar 
missionerlikni: 
o‘z qarashlariga zarracha bo‘lsa ham qiziqish bildirgan odamlarni qidirib 
topish va so‘ng ularni ta'limotni qabul qilishga tayyorlash; 
da'vat qilinayotgan odamning ongiga "Bibliya" kurslari va uning matnini 
o‘rganish orqali diniy ta'limotni singdirish; 
prozelitlarni suv bilan cho‘qintirish; 
ularni missionerlik faoliyatiga tayyorlash kabi to‘rt bosqichda amalga 
oshiradilar. 


Iegovchilikning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri shuki, unda har bir a'zo 
missionerlik faoliyatida qatnashishi shart. Jumladan, jamoa rahbariyati tomonidan har bir 
a'zo oyiga 10 soatdan 150 soatgacha missionerlik faoliyatiga sarflashlari talab qilinadi. 
Jamoa a'zolari qancha ko‘p vaqtlarini missionerlikka sarflaganlariga qarab tashkilot 
ierarxiyasida ko‘tarilib boradi. So‘nggi paytlarda iegovchilar maktab o‘quvchilari va 
yoshlar orasida targ‘ibot ishlarini olib borishga intilish kuchli namoyon bo‘layotganini 
ta'kidlash zarur. Ana shunday maqsadli faoliyat natijasida iegovochilar soni yildan-yilga 
ortib bormoqda. 
Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda iegovochilar soni dunyo bo‘yicha qariyb 7 millionni 
tashkil etadi. Ularning bosh tashkiloti tomonidan adabiyotlar nashr etish, cherkovlar 
faoliyatini ta'minlashga ketadigan sarf-xarajatlardan tashqari missionerlarning kundalik 
xarajatlariga yiliga 100 million AQSh dollariga yaqin mablag‘ sarflanadi. 
Mormonlar. Mazkur oqimga 1830 yili N'yu-York (AQSh) shahrida Jozef Smit 
(1805-1844) ismli shaxs tomonidan asos solingan. 
Smit 1823 yilda Vermont shahridagi Sheron o‘rmonida kambag‘al va bechora 
tarafdorlariga Moroni nomli bir farishtaning o‘ziga vahiy olib kelganini da'vo qiladi. Unga 
ko‘ra Moroni, Smitga N'yu-Yorkdagi Kumora tepaligiga ko‘milgan, qadimgi Misr tilida 
yozilgan oltin lavhlar va ularni tarjima qilish uchun Urim va Thummin toshlarini keltirib 
bergan. 
Jozef Smit matnlarni o‘qigani va farishta yordamida tarjima qilganini e'lon qiladi va 
uni nashr ettiradi. Shunday qilib, 1830 yilda "Mormon kitobi" bosib chiqarilgan. Kitobdagi 
buyruqqa binoan yangi bir cherkov qurilgan. Bu cherkov, "Iso Masihning oxirgi kun 
azizlari cherkovi" deb nomlangan. Uning tarafdorlari esa shundan so‘ng "Mormonlar" 
deyila boshlangan. 
Mormonlar e'tiqodiga ko‘ra, amerikaliklar isroil qabilalaridan kelib chiqqan va qizil 
oq tanlilardan tashkil topgan. Iso tirilganidan keyin oq tanlilar orasida faoliyat olib borgan, 
lekin uning cherkovi qizil tanlilar tomonidan vayron qilingan. Oxirgi oqtanlilar XVasrda 
yashagan Mormon bilan uning o‘g‘li Moronidir. Lavhlarni ana o‘shalar ko‘mgan va ularni 
Smit topib olgan. 


Smit 1831 yilda yangi Quddusning Kirtlandda (Ogayo shtati, AQSh) qurilishiga doir 
vahiy olganini aytgan. Tarafdorlar sonini orttirish maqsadida mormonlar faol ravishda 
missionerlik bilan shug‘ullanganlar. 
Siquvga olingan Mormonlar, Kirtlandni tashlab Missuriga; u yerda ham ayni holga 
duch kelgach esa Illinoysga ko‘chishga majbur bo‘lishadi. 1840 yilda botqoqzor o‘rnida 
Navu shahrini qurib, o‘z markazlarini shu yerda tashkil etadilar. 
Omadli kechgan bir-ikki yildan keyin Smit "Mormon kitobi"da aksi yozilgan 
bo‘lishiga qaramasdan, yangi bir "vahiy"ga asoslanib, ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilgan va 
o‘zi bu ishni boshlab bergan. Uning bu fikriga jiddiy qarshiliklar bo‘lgan, natijada Smit 
ukasi va tarafdorlari bilan qamoqxonaga tashlangan. Qisqa bir muddatdan keyin ular 
mahbuslar tomonidan o‘ldirilgan. 
Smitdan keyin mormonlarga Brijman Yang boshchilik qildi. U o‘limi ortidan 178 ta 
xotin va 49 ta bolani qoldirib ketdi. Mormonlar Yutada "Buyuk tuz ko‘li" qirg‘og‘ida, "Tuz 
ko‘li shahri" hozirgi Solt Leyk Siti shahrini qurganlar. Ular bu yerda juda ham kuchayib 
ketganlar va ulkan mormon ibodatxonasini barpo etganlar. 
"Iso Masihning oxirgi kun azizlari" sifatida o‘zlariga baho beruvchi mormonlarning 
e'tiqod asoslari J.Smit tomonidan tartibga solingan. Cherkov boshlig‘i "rais" deb 
nomlanadi. 
Mormonlar Ota-Xudo, Iso Masih va Muqaddas Ruh bilan bog‘liq e'tiqodni tan 
oladilar. Ularga ko‘ra, Injil Xudoning so‘zidir, uni, xato qilmaslik sharti bilan tarjima qilish 
mumkin. Mormon kitobi ham Xudoning so‘zidir. Iso Masihning qayta tirilish joyi Amerika 
qit'asidir. Yangi Quddus Amerikada quriladi; shaxsan Isoning o‘zi uni boshqaradi, dunyo 
yangilanadi va xuddi jannatdek ko‘rinish oladi. Iso ming yillik saltanat quradi va unga 
imon keltirganlar, yordamchi bo‘lgan (mormon) lar najot topadilar. 
Ular cho‘qintirishda suvga bo‘ktirish usulini qabul qilganlar. Ulug‘likda oldinga 
siljishni va hatto, ilohiylikkacha yuksalishni e'tirof qiladilar. E'tiqod asoslari orasida joy 
olgan ko‘p xotinga uylanish 1895 yilda V.Vudraft tomonidan bekor qilingan. Prichashenie 
ya'ni "Poklanish" marosimi, sigaret va aroq harom bo‘lgani sababli faqatgina non va suv 
bilan amalga oshiriladi. 


Mormonlar missionerlik faoliyatini olib boradilar va ushbu faoliyat butun dunyoga 
tarqalganligini ham aytib o‘tish joiz. Mormonlar nazdida har bir a'zo ikki yil missonerlik 
qilishi kerak. Missionerlik faoliyati bugungi kunda 4000 dan ortiq ayol va erkak mormon 
tomonidan olib borilmoqda. Ularning aksariyatini yoshlar tashkil qiladi va ular o‘z 
hayotlarini missionerlik uchun bag‘ishlagan. 
Bugungi kunda mormonlar dunyoning 160 mamlakatida faoliyat olib borib, 
taxminan 30 ming cherkov va 12 million izdoshlariga ega. Rasmiy xristianlik mormonlarni 
"adashgan oqim" sifatida e'tirof etadi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin