Mintaqa — Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. Mintaqa shartli boʻlishi (mas, soat mintaqalari) yoki bir va yoki bir necha belgilari (mas, vulkan, tektonik, issiqlik mintaqalari) bilan farq qilishi mumkin. Tabiiy geofafiyada mintaqa — yuqori zonal taksonomik geografik birlik (qarang Geografik zona).
mintaqa tabiatga taʼsir etuvchi asosiy omillarning qonuniy oʻzgarishi oqibatida hosil boʻladi. Masalan, Quyoshdan keladigan radiatsiya ekvatordan shimol va janub tomonlarga kamaya borishidan issiqlik mintaqalari vujudga keladi. Kenglik mintaqalari bilan bir qatorda balandlik (vertikal) mintaqalari ham boʻladi (qarang Geografik mintaqa). Balandlikka koʻtarilgan sari havo temperaturasi, namligi, tiniqligi va bosimi oʻzgaradi. B. tabiat komplekslarini oʻzgarishiga olib keladi (qarang Balandlik mintaqalari)
Tabiiy geografik mintaqalar — geografik qobiqning eng yirik zonal tabiiy geografik boʻlimi. Har bir Tabiiy geografik mintaqalar issikdik va namlikning alohida rejimi, havo massalari, ularning sirkulyatsiyasi, biogeokimyoviy va geomorfologik jarayonlarning ketma-ketligi, oʻsimliklarning vegetatsiya davri, xayvonlar migratsiyasi, moddalarning aylanma harakati va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi. Iklim omillari, asosan, issiklik va namlikka bogʻliq ravishda har bir Tabiiy geografik mintaqalar ichida
tabiiy geografik zonalar ajratiladi. Mintakalar ekvatordan qutblarga va tof etaklaridan choʻqqilarga tomon, shuningdek, past atmosfera bosimli statsionar seryogʻin oblastlardan arid landshaftli, obhavoning antitsiklon holatdagi yuqori bosimli oblastlari tomon oʻzgarib boradi. Quruqlikda 1 ekvatorial va 2 tadan subekvatorial, tropik, subtropik, moʻʼtadil, subqutbiy (subarktika va subantarktika), qutbiy (arktika va antarktika) mintaqalar ajratiladi.