O‘rmon-dasht va o‘rmon mintaqasiga dengiz sathidan 2000 m dan 2700 m gacha balandlikda bo‘lgan joylar kiradi, tog‘-qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari tarqalgan. O‘simlik qoplami buta va daraxtlardan iborat. Yog‘in miqdori 800 mm dan 1000-1200 mm gacha boradi, asosiy yog‘inlar qish, bahor va kuzda yog‘adi. Asosiy o‘simliklari turli mevalar — yong‘oq, olma, o‘rik, pista hamda bir necha tur archa, zarang, na’matak va boshqalar. Subalp o‘tloqlariga balandligi 2700-2800 m dan 3000-3200 m gacha bo‘lgan joylar kiradi. Тuprog‘i och jigarrang va och qo‘ng‘ir rangda. Boshoqlilar va chim hosil qiluvchi o‘simliklar ko‘p tarqalgan. Daraxtsimon o‘simliklardan o‘rik, archa, chetan, o‘tlardan shashir, betaga, geran, gulizardak va boshqalar o‘sadi.