neytrallashga qaratilgan an’anaviy harbiy konsepsiyalarning tabiiy to‘ldiruvchisi
sifatida xizmat qilishi zarur bo‘lgan «kibermanyovr» doktrinasini taklif etadi. Shu
tariqa, quruqlik, dengiz, havo yo‘llaridan tashqari harbiy harakatlar tizimiga
«infomakon» – axborot makoni ham qo‘shiladi. Bunday yangi shakl va mazmundagi
urushlarda raqib tomonning axborot infratuzilmasi va ruhiyati asosiy ob’ekt (nishon)
bo‘ladi.
1998 yil oktyabrda AQSh mudofaa vazirligi «Axborot operasiyalarining
birlashgan doktrinasi»ni amalga oshirishga kirishdi. Aslida, ushbu doktrina avval
«Axborot urushining birlashgan doktrinasi» deb nomlangan edi. Keyinchalik uning
nomi o‘zgartirildi.
Bunga sabab esa,
«axborot operasiyalari» va «axborot urushi» tushunchalarining o‘zaro munosabatiga
oydinlik kiritish edi. Shu tariqa axborot operasiyasi – o‘z axborot tizimlarini himoya
qilish jarayonida raqib tomonning axborotni to‘plash, qayta ishlash, uzatish va
saqlash borasidagi ishlarini murakkablashtirish maqsadida amalga oshiriladigan
xatti-harakat; axborot urushi esa, qarama-qarshi
tomonning siyosiy va xarbiy
boshqaruv tizimi hamda rahbariyatiga qaratilgan kompleks ta’sirlar, axborot
operasiyalari majmui, deb ta’riflandi. Bunday ta’sirlar orqali tinchlik va urush
holatlarida raqib tomon rahbariyatini informasion ta’sir o‘tkazayotgan tomonga
maqbul qarorlar qabul qilishiga erishish maqsadi ko‘zlanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha axborot urushi milliy harbiy strategiyani
ta’minlashda axborot borasida ustunlikka erishish maqsadida amalga oshiriladigan
xatti-harakatlarni ifoda etadi. Bunda raqib tomon axborot tizimlariga ta’sir o‘tkazish
bilan bir vaqtda o‘z axborot infratuzilmasi mustahkamlab boriladi.
Axborot sohasidagi ustunlik muayyan holat haqida axborotni uzluksiz
to‘plash, qayta ishlash va tarqatish qobiliyatini anglatadi. Bunday qobiliyat, o‘ziga
xoslik esa, raqib tomonga xuddi shunday xatti-harakatlarni
amalga oshirishda
to‘sqinliklar qilish, qarshiliklar ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, axborot
sohasidagi ustunlik harbiy holat haqida real tasavvurga, raqib xatti-harakatlarining
aniq va interfaol manzarasiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunga kelib, axborot sohasi ko‘plab davlatlar
siyosatining ystuvor yo‘nalishiga aylangan. Bu borada davlatlar tomonidan axborot
agressiyasidan himoya tizimi, ommaviy madaniyat ekspansiyaga qarshi chora-
tadbirlar bilan bog‘liq keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik
yillarida mamlakatimizda ham axborot resurslaridan foydalanish, axborot
almashinuvi
va umuman, axborotlashtirishga doir qonun xujjatlari majmui
shakllantirildi.
Jumladan, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
4-moddasida "Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari,
axborot
texnologiyalari
va
axborot
tizimlarini
rivojlantirish
hamda
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy
axborot tizimini yaratishga qaratilgan» – degan qoida o‘z aksini topgan.
Hozirda mazkur yo‘nalishdagi konunchilik amaliyoti boshqa davlatlar
siyosatida ham keng o‘rin egallagan. Zero, axborot xurujlari avj olib, O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda,
«mafkura
Dostları ilə paylaş: