Buxoro amirligida davlat boshqaruvi, sud va sudlov va tashqi diplomatiya munosabatlari


To`rajon (Sayyid Mir Olim), Isfandiyor



Yüklə 40,21 Kb.
səhifə4/4
tarix01.06.2023
ölçüsü40,21 Kb.
#121577
1   2   3   4
Buxoro amirligida davlat boshqaruvi, sud va sudlov va tashqi diplomatiya munosabatlari

To`rajon (Sayyid Mir Olim), Isfandiyor tilmoch, Mirzo Nasrullobiy parvonachi (bo`lajak Buxoro qushbegisi), Xo`jaqulbiy dodxoh, Muhammad Yunusbiy, Ahmad Xo`ja o`roq, Mirza Muhammad Amin va boshqalar. Bular orasida 1918 yil mart voqealari davrida qatl etilgan tilmoch Xo`ja Zikriyo ham bor edi.
Shuningdek asarda o`sha davrda Rossiya ma'muriy boshqaruv apparatida katta lavozimlarni egallab turgan amaldorlar ham tilgan olinadi: harbiy ministr general-leytenant Polivanov, Bosh shtab boshlig`i general-leytenant Evert, admiral Dubasov, Ministrlar Soveti raisi Stolipin va h.k. Asardagi quyidagi ma'lumotlar kishi diqqatini tortadi. 1906 yilning 5 dekabr kuni amir Abdul Ahad boshchiligidagi Buxoro amirligi delegatsiyasi rus imperatori qabulida bo`lib, unga bundan 23 yil muqadam Buxoro amiri Muzaffarxon rus imperatori Aleksandr III ning taxtga chiqish marosimiga qatnashishi uchun Peterburgga taklif etilganligini xabar beradilar. Bu marhum rus imperatorining xotirasini hurmat qilishlarini e'tirof etadilar. Asarda bayon etilishicha, shunda Peterburgda yashayotgan musulmonlar bu yerda masjid qurishga qaror qiladilar, lekin bu ish hozirgacha amalga oshirilmay keldi. Masjid qurish masalasi bu uchrashuvda yana qaytadan ko`tariladi. Buxoro amiri Abdul Ahad, agar rus imperatori ruxsat bersa, Peterburg shahrida yer sotib olib, uni shu yerda yashayotgan musulmonlarga masjid qurish uchun hadya qilajagini ta'kidlaydi. Bu iltimosnoma rus imperatori tomonidan qabul qilinadi.
Yüklə 40,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin