Tekshirdi: Nazarova Dilnoza. Toshkent-2021 reja kirish asosiy qism: mustaqillik nima?



Yüklə 183,54 Kb.
səhifə1/6
tarix12.06.2022
ölçüsü183,54 Kb.
#61286
  1   2   3   4   5   6
bixivorizim ps tarix



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI



MAVZU: MUSTAQILLIKKA ERISHISH OSTONASIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY O’ZGARISHLAR.


Bajardi: PS-103 guruh talabasi:
Mirakbarova Omina.


Tekshirdi: Nazarova Dilnoza.
Toshkent-2021
REJA
KIRISH
ASOSIY QISM:
1. MUSTAQILLIK NIMA?
2.MUSTAQILLIKKA ERISHISH OSTONASIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY O’ZGARISHLAR.
3.RESPUBLIKA OLIY SOVETI TOMONIDAN “MUSTAQILLIK DEKLORATSIYASI”NING QABUL QILINISHI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
“O’zbek xalqi azaldan o’z fikr-zikri, o’z istiqloli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh.Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoiy, o’z yo’lidan, maslagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim.Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz”
70 yildan ortiqroq hukm surgan sobiq ittifoq oxir-oqibat o‘zining qurama va mo‘rtligini ko‘rsatdi. Ittifoqdosh respublikalar aholisi o‘z xalqi, milliy davlatchiligi, qadriyatlari, xohish-irodasi inobatga olinmagan bu ittifoqdan butunlay norozi bo‘lsalar-da, undan osonlikcha chiqishning iloji yo‘q edi. Garchi sobiq ittifoq Konstitusiyasida bunday qoida mavjud bo‘lsa-da, kuchli markaz, armiya, davlat xavfsizligi qo‘mitasi kabi asosiy kuchlari respublikalarning ajralib ketishiga yo‘l qo‘ymas edi.
XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmida og‘ir vaziyat zo‘ravon davlatda ham yetilayotgan edi. Butun sobiq ittifoqda yetilgan bunday vaziyat boshqa respublikalar qatori O‘zbekistonga ham daxldor edi. Markaz rahbarlari respublikalar ittifoqini qanchalik saqlab qolishga urinmasin, buning ilojisi topilmadi. Chunki endi eskicha tartib bilan mamlakatni idora etib bo‘lmas, o‘z navbatida ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka bo‘lgan intilishi tobora kuchayib borardi.
1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo‘jalik yuritish usuli o‘zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a’zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar o‘rtalarida sovet jamiyatida “qayta qurish” boshlandi. Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi.
Qayta qurish yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi. Respublikada milliy urf-odatlar odatlar, an’analar, qadriyatlar toptaldi. Buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg‘ona fojeasi yuz berdi. Milliy o‘zlikni anglash boshlandi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog‘lomlashtirilishi O‘zbekistonda dolzarb masala sifatida ko‘tarildi. Markaz o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda "O‘zbek ishi», «Paxta ishi» kabi uydirmalarni o‘ylab topdi.


Yüklə 183,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin