Tekshirdi: Nazarova Dilnoza. Toshkent-2021 reja kirish asosiy qism: mustaqillik nima?


Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari



Yüklə 183,54 Kb.
səhifə4/6
tarix12.06.2022
ölçüsü183,54 Kb.
#61286
1   2   3   4   5   6
bixivorizim ps tarix

Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari:

  • sog‘liqni saqlash,

  • xalq ta’limi,

  • maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan.

Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning o‘zi kifoya. Juda o‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Buni avvalo shundan ko‘rsa bo‘ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti. Bunday ahvol vujudga kelganining boisi nimada? Shu qadar katta boyliklarga, ishlab chiqarish va fan-texnika imkoniyatlariga, qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan respublikamiz asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha mamlakatda oxirgi o‘rinlardan biriga-haqli ravishda inqiroz holati, deb atalgan ahvolga tushib qolganining sababi nimada? Respublikaning taqdiri, uning kelajagi uchun qayg‘urayotgan, yosh avlod taqdiri uchun kuyunayotgan sog‘lom fikrli har bir kishi hozir o‘ziga o‘zi shu savolni bermoqda. Nazarimda, buning javobi shunday bo‘lmog‘i kerak:
30- yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriyatchilik, buyruqbozlik usullari g‘alaba qozonib, O‘zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlar tobora qaror topib bordi. Xo‘sh, bu illatlar nimalarda namoyon bo‘ldi? Avvalo shundaki, bizning respublikamiz asosan xom ashyo bazasi, sanoat ministrliklari va idoralarining mo‘may xom ashyo manbai deb hisoblar edi. O‘lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha, ba’zan mutlaqo baho berilmadi, ba’zan esa bu xususiyatlar pisand ham qilinmadi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat taqsimotida O‘zbekiston SSRning mavqei va o‘rnini o‘zgartirishning muqobil yo‘llari e’tiborga olinmadi»
(O‘zbekiston Kompartiyasining 1990 yil 4 iyunda bo‘lib o‘tgan XXII s’yezdida so‘zlangan nutqdan).
Albatta, necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini to‘ldirgan bunday muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzaga olib kelishi muqarrar edi.
Shunday bo‘ldi ham. 1989 yilning may oyida Farg‘ona viloyatida buzg‘unchi kuchlar tomonidan tashkil etilgan ommaviy tartibsizliklar iyunning oxiriga kelib nihoyatda avj olib ketdi. Kechagina respublikamiz rahbari etib saylangan Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq, ya’ni 24 iyun kuni O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o‘tkazdi va unda nutq so‘zladi. Bu nutq mohiyat e’tiboriga ko‘ra Islom Karimovning O‘zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi ekani bilan ham alohida tarixiy hamiyatga egadir. Ushbu chiqishda Islom Karimovning siyosiy yetakchiga xos barcha fazilatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zining keskin tanqidiy va amaliy ruhi bi-lan ajralib turadigan mazkur nutqda respublika rahbari O‘zbekistonda vujudga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi. «Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi», deb yangi lavozimga qanday ulug‘ maqsad va mas’uliyat bilan kirishayotgani, o‘z faoliyatida islohotchilik, el-yurtning dardu tashvishlari eng oliy mezon bo‘lib qolishini ochiq bayon qiladi. «Sen — menga tegma, men — senga tegmay-man» qabilida ishlashga o‘rganib qolgan ko‘pchilik zalda o‘tirgan rasmiy shaxslar uchun bunday o‘tkir so‘zlar bamisoli bulutli osmonda chaqmoq chaqnagandek ta’sir etadi. Yangi rahbarning mavjud ahvolni ijobiy tomonga o‘zgartirish, respublikani chuqur inqiroz holatidan olib chiqish bora-sidagi azmu qarori naqadar jiddiy va qat’iy ekani ularning o‘rtasida katta bezovtalik va besaranjomlikka sabab bo‘ladi. 25 iyun kuni esa Islom Karimov janjal-to‘polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg‘onaga yo‘l oladi. Lovillab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va qishloqlar, qahr-g‘azabga to‘lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu nolalarini tinglab, o‘zining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so‘zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi jarohatlarga malham qo‘ygandek bo‘ladi, ko‘ngillarda so‘ngan umid uchqunlarini uyg‘otadi. Tartib-intizomni tiklash, qon to‘kilishining oldini olish bo‘yicha butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar ko‘radi. Albatta, Islom Karimov respublika rahbari sifatida Farg‘ona voqealarining sabab va oqibatlari haqidagi ma’lumotlar bilan o‘z kabinetida o‘tirib ham tanishishi, kerakli qarorlarni qabul qilishi mumkin edi. Ammo o‘sha paytdagi aksariyat partiya arboblariga xos bo‘lgan bunday xonanishinlik, kabinetdan chiqmay ish yuritish prinsipi Islom Karimov uchun mutlaqo begona edi. U hayotning qaynoq nafasini bevosita his qilish, yaxshi-yomon kunlarda xalq bilan birga bo‘lish, el-yurtning dard-yu quvonchiga doimo sherik bo‘lishni o‘zining hayotiy maslagi, oliy insoniy burch deb biladi.
Agar o‘sha yillar tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, Farg‘ona voqealari haqida shov-shuv ko‘targanlar, shunday qonli fojia hisobidan obro‘ topish, o‘zining g‘arazli manfaatlariga erishishga, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar ko‘p bo‘lgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta dard va jasorat bilan bayon qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy yechimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi.
Jumladan, Birinchi prezidentimiz Toshkentda va Moskvada bo‘lib o‘tgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat’iy pozisiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi:
«O‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, kim qanday bo‘yoq bermasin, tarix albatta, o‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondo‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo‘lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan ko‘pgina misollar bilan isbot qilingan» (O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989 yil 19 avgustdagi XVI plenumida so‘zlangan nutqdan).
Bunday haqqoniy va haroratli so‘zlar el-yurtimizning dardiga darmon bo‘ldi, uning tuhmat va malomatlardan egilgan ruhini ko‘tardi. Ana shunday tarixiy misollar asosida aytish mumkinki, Islom Karimovning barcha muammolar haqida — ular qanchalik og‘ir va noxush bo‘lmasin — ochiq gapirishi, hamisha haqiqatning ko‘ziga tik qarashi unga nisbatan xalqimizning e’tirofi va ehtiromini uyg‘otdi.
Xo’jalik organizmiga mustabid tuzum davrida o’rnashib qolgan illatlar O’zbek-ston iqtisodiyotiga tag’in ham ko’proq darajada zarar yetkazar edi. 
Yo’l qo’yilgan qo’pol xatolar, nuqsonlar, madaniy xo’jalik yuritish printsiplar-ining to’g’ridanto’g’ri buzilishi natijasida iqtisodiyot olg’a tomon siljishida engmuhim bo’lgan yo’nalishlar barbod bo’la boshladi. 1980-yillarning o’rtalari-da asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha respublika ittifoq-da oxirgi o’rinlardan birini egallar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad hosil qilish O’zbekistonda o’rtacha ittifoq darajasiga qaraganda ikki barav-ar kam edi. O’zbekiston aholisining mamlakatdagi boshqa mintaqalarga nisba-tan moddiy va ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlanish darajasidagi farq jiddiy ra-vishda ortib ketgan edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning yangi mustamlakachilik rejasiga ko’ra respublika iqtisodiyoti uchun bir tomonlama, faqat “xom ashyo” yo’nalishida bo’lish oldindan belgilab qo’yilgan edi. Natija-da, respublikada sanoatning xom ashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog’liq tarmoqlari ko’proq rivoj topdi. O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishining ko’p-ayishi, asosan paxta tozalash, yoqilg’i sanoati resurs sohalari, qora va rang-li metallurgiya tarmoqlari hisobiga ta’min etildi. Qora va rangli metallurgiya tarmoqlarining ulushi 60—65%ga yetdi. 
Holbuki, mashinasozlik va metallga ishlov berish salmog’i ko’pi bilan 2 band yuqori ko’tarilib 16%dan ko’proqni tashkil etgan edi. O’zbekistondagi iqtiso-diy va ekologik keskinlikni yumshatish, milliy o’zlikni anglash, Markaz tomo-nidan o’tkazilayotgan tazyiqni bo’shashtirishga bo’lgan urinishlarni, respubli-kaga eng maqbul va xos bo’lgan yo’llarni belgilashga intilishning har qanday ko’rinishi “mahalliychilik”, “millatchilik” deb qaraldi va qattiqqo’llik bilan barham toptirildi (hatto markazlashgan holda ajratiladigan mablag’lar va re-surslarni cheklashgacha borib yetildi). Mustabidchilik merosi va iqtisodiy tanglik oqibatlarini barham toptirish yuzasidan qat’iy chora tadbirlar ko’r-ish o’rniga vaqtli matbuotda, radio, televidenie va shu kabi vosi-talar orqali sovet jamiyatining “muammolardan holiligi”, mutlaqo “tangliksiz” holda rivojlanayotganligi haqidagi, KPSS tanlagan “sotsialistik taraqqiyot yo’lining to’g’riligi” xususidagi ilgaridan hammaga ma’lum bo’lgan aqidalar, saf-satalar yangrashda davom qildi. Biroq unitar Sovet davlatining o’z xalqiga, hatto eng oz miqdordagi hayotiy ne’matlarni, madaniy davlatlarda beriladigan ijtimoiy kafolatlar va erkinliklarni ham ta’minlashga qodir emasligi kun sayin yaqqol ma’lum bo’lib bordi. Avvalgi tugallanmagan islohotlardan farqli o’la-roq 1985 yilda jamiyatni har tomonlama yangilashga o’tish zarurligi e’tirof qil-indi. Qayta qurishning tarkibiy qismlari sifatida jamiyat hayotini demokrat-lashtirish va tub iqtisodiy islohotlar o’tkazishdir, deb e’lon qilindi. O’sha yillar-dagi partiya-hukumat hujjatlarida jamiyatni “turg’unlik” illatlaridan tozalash-ga, uni “inqilobiy yangilash”ga, oddiy inson ehtiyojlariga diqqat-e’tibor-ni kuchaytirishga chaqiriqlar yangi kuch bilan yangradi. Rahbarlikning eskiribqolgan shakllari va usullari, to’g’anoqlik va tanglik holatlarining mavjudligi, jamiyatda oshkora tanqidning, fikrlar xilma-xilligining, hokimiyat tuzilma-larida va iqtisodiyotni boshqarishda demokratiyaning, Markaz bilan milliy o’l-kalar manfaatlarida oqilona nisbatning yo’qligi, inson omilining yetarli daraja-da hisobga olinmasligi qoralandi. Binobarin, siyosat va ijtimoiy munosabatlar sohasida fikr erkinligiga, rahbar lavozimlarga saylashning muqobilligiga yo’l qo’yish, mahalliy sovet organlari vakolatlari va mas’uliyatining kengaytirilishi nazarda tutildi. Xususan, mahalliy sovet organlari sanoat korxonalarining o’z-lariga buysunishidan tashqari ular faoliyatini nazorat qilishlari, joylarda keng iste’mol qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish imkoniyatlari-ni qidirib topishlari, ularning sotilishini nazorat qilishlari lozim edi. Davlat ti-zimini isloh qilishda ustivorlik milliy respublikalarga ko’proq mustaqillik beri-lishiga qaratilmog’i kerak edi. Ittifoqdagi mavjud yakka partiyaviylik-ning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini hech bo’lmaganda cheklash, ekvivalentli bo’lmagan iqtisodiy ayirboshlashga, qishloq xo’jalik va mineral xom ash-yo ishlab chiqarishga ixtisoslashtirishga, respublikalar, ayniqsa, O’zbekiston uchun zararli bo’lgan ana shunday iqtisodiy yo’nalishga barham berilishi zarur edi. Biroq qayta qurish “kontseptsiyasi” avvalboshdanoq noilmiy bo’lib, u mag’lubiyatga mahkum edi. Qayta qurish borasidagi dastlabki tajribalarning ko’rsatishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati birinchi kundanoq “qayta qurish” mafkurasini anglab yetishda nihoyatda soddalashgan nuqtai nazar bilan yon-dashdi. Qayta qurish “kontseptsiyasi” “qardosh” ittifoqdosh respublikalar-ning hayotiy manfaatlari va muammolarini chuqur ilmiy tahlil qilishga, ular-ni bilishga asoslanmagan edi. O’sha davrda sovet sotsialistik tuzumi iqtisodiy, siyosiy jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega deb hisoblandi, tarixiy istiqbol sot-sializm tomonida deb qaraldi. 

Yüklə 183,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin