Xalqmizni o’z girdobiga olayotgan ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh qilish o’z o’rnini o’tab bo’lgan mustabit tuzumdan voz kechish, rivojlangan davlatlar tajribasini har tomonlama o’rganish, millatmizning asriy qadriyatlarni urf-odat va boy an’analarni yanada mustahkamlash zaruriy jarayon edi.
1.MUSTAQILLIK NIMA? Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. Mustaqillik tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinch-totuv yashashning prinsiplaridan biridir. U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalarda mustahkamlab qoʻyilgan.
Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. . Mustaqillik davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.
Mustaqillik insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya asosida AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning oʻrnida bir necha mustaqil respublika, Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga boʻlinib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan hududda sotsialistik tuzum barham topdi. Ayni chogʻda, sobiq SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi.
Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishini toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri baholay bilgan Oʻzbekiston ittifokdoshlari orasida birinchilardan boʻlib, oʻz mustaqilligini eʼlon qildi: 1991 yil 31 avgust kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Bayonot Oʻzbekiston hukumatining siyosiy yoʻlini toʻla qonunlashtirib berdi. 1991 yilning avgustida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi va ana shu qonun doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston Respublikasi deb atash, 1-sentyabrni Mustakillik kuni deb eʼlon qilish, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni respublikaning davlat mustaqilligi eʼlon qilingan hujjatni tan olishga daʼvat etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi.