Tekshirdi: Nazarova Dilnoza. Toshkent-2021 reja kirish asosiy qism: mustaqillik nima?


RESPUBLIKA OLIY SOVETI TOMONIDAN “MUSTAQILLIK DEKLORATSIYASI”NING QABUL QILINISHI



Yüklə 183,54 Kb.
səhifə5/6
tarix12.06.2022
ölçüsü183,54 Kb.
#61286
1   2   3   4   5   6
bixivorizim ps tarix

3.RESPUBLIKA OLIY SOVETI TOMONIDAN “MUSTAQILLIK DEKLORATSIYASI”NING QABUL QILINISHI

“Mustaqillik Dekloratsiyasining qabul qilinishi xalqimiz, millatim hayotida misli ko’rilmagan tarixiy voqealardan biri sanaladi. Xo’sh bu tarixiy jarayon qanday shartsharoitda yetildi.


1989-yil 23-iyun kuni O’zbekiston kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. Bo’lajak yurtboshimiz boshliq yangi rahbariyat millatimizning o’z-o’zini anglashi kuchayib borayotganligini ilk bor etirof etgan. Xalqimiz asriy orzu-umidlari erkin farovonlik uchun kurashish milliy mustaqillikka erishish tomon zabardast qadamlar tashlandi.
O’zbek xalqi hayotida muhim o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Bu tub o’zgarishlardan birini kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularni tartiblash masalalarida milliy manfaatdorlikni ta’minlashdagi qaror va farmonlarda ko’rishimiz mumkin. Zero, mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlarini egallay boshladilar.
Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlari Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan hodimlarni ko’tarish amaliyotiga chek qo’yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o’z qo’liga oldi. Bu rahbarimizning muhim jasorati bo’lib, siyosiy mutelikdan qutilish uchun muhim qadam bo’ldi. Xususan, rahbarimizning o’zligimizni anglashda asosiy tayanchlaridan til husisida to’g’ri yo’l tutdi. O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989- yil 21- oktabrda bo’lgan 11-sessiyasi “O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida” qonun qabul qildi.
Qonunda “O’zbekiston SSRning Davlat tili o’zbek tilidir. O’zbek tili respublikada siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida to’liq amal qiladi”, deb belgilab qo’yildi. Bu qonun qabul qilinishi Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalarida ish yuritish, o’quv yurtlari, korxona va davlat muassasalarida ish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning tadbiq etilishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotida erkinlik sari muhim qadam edi.
1990 yil 18-fevralda O’zbekiston Oliy Sovetida saylov bo’ldi.Bu saylovning yangiligi shundan iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasi muqobil nomzodlar ko’rsatildi. Oldingi saylovda barcha nomzodlarni birinchi turidayoq deyarli yuz foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo’lib o’tdi.
1990-yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy sovetining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. 24-mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo’lib “O’zbekiston SSR Prizidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risida” qonun qabul qildi. 1990 yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston Prezidendi etib saylandi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov saylanishi bu tub o’zgarishlar yasalishiga imkon yaratdi. O’zbekiston fuqoralari kelajak avlodlari hayotining to’kisligi, tinchlik osoyishtalik muammolarini izchil hal etishni ko’rsata boshladi.O’zbekiston oldidagi mana shu dolzarb muammolarni hal etishda Prezident lavozimi keng imkoniyat ochar edi.
Respublikaning prezidenti I.A.Karimov sessiyada “Bu katta ishonch uchun o’zimning minnatdorchiligimni bildiraman, men buni, eng avvalo, o’zbek xalqi, O’zbekiston SSRning barcha mehnatkashlari, ishchilar sinfi, dehqonlar, ziyolilar jumxuriyatimizda yashovchi hamma millat va xalqlar taqdiri uchun o’z zimmamga tushgan o’lkan burj va javobgarlik deb qabul qilaman. Har bir grajdanning konsitutsion huquqi va erkinliklarini ta’minlash yo’lida katta mas’uliyat deb tushunaman”degan edilar. Ular o’z nutqlarida asosiy vazifalarni belgilab aytib o’tdilar. Xalqimizning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash uni yangi mazmun bilan boyitish uning iqtisodiy mustaqilligini takomillashtirish o’z-o’zini mustaqil idora qilish va yanada ko’plab xalq farovonligini uning har bir sohadagi ijobiy o’zgarishlar yasashga intildilar.Shu tariqa Prezident eng qiyin va qonli to’qnashuvlarni boshdan kechirgan xalq oldida butun mas’uliyatni ochiq oydin o’z zimmasiga oldi.
Shu bilan birga Prezident o’z faoliyatining markazida xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va jismoniy takomilligiga erishtirish turganligini ham alohida o’qtiradi.
Shundayin tarixiy jarayonlar sodir bo’layotgandiki bu xalqimizning o’z erki qadr-qimmati va orzu maqsadlariga yo’g’rilgan buyuk qadamlar bosila boshlandi. Ular borgan sari bir-birini to’ldirar xalqimizning farovonligini oshirar edi.
Shunday tarixiy voqealardan biri SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik Dekloratsiyasi” edi. Uning o’rni va ahamiyatiga alohida to’xtash lozim. Dekloratsiyaning qabul qilinishida Respublika Oliy sovetining deputatlari jonbozlik ko’rsatgan.Mustaqillik Dekloratsiyasi 1990 yil 20-iyunda qabul qilindi.Ushbu tarixiy hujjatda shunday deb yozulgan edi. “O’zbekiston bugun o’z hududida mutloq ega va unda yagona hukmron emasligini tan olib, tashqi mustaqillik huquqidan mahrum ekanligini etirof etib, jumxurriyat xalqining tub manfaatlari, uning erki va irodasini ifodalab, hokimiyat manbai xalq ekanligini e’tirof etib, xalq taqdiri va mulkiga egalik huquqi faqat uning o’zigagina berilganligini qayd etib, taraqqiyot yo’lini tanlash faqat xalqning ixtiyorida ekanligini ta’kidlab, xalqaro huquq qoidalari, umuminsoniy qadriyatlar va demokratiya prinsiplariga asoslanib, jumxurriyat Oliy Kengashi O’zbekistonni suveren davlat deb e’lon qiladi”.
Mustaqillik Dekloratsiyasi 1990yil 18-iyun kuni XII chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O’zbekistonning Mustaqillik Dekloratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik Dekloratsiyasi matni sessiyada qizg’in muhokama qilindi va O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida 1990 yil 20-iyun kuni qabul qilindi.
Mustaqillik Dekloratsiyasining qabul qilinishi natijasida o’zbek xalqi o’zbek millatining sof tuyg’ulariga yo’g’rilgan ota-bobolardan meros, boy an’analarga sadoqat o’z shani or-nomusi tili, dini o’ziga ishonch oshishidagi juda muhim hujjat edi.
O’zbekistondagi jamoat tashkilotlari tizimi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan xolda o’zgarib bordi. Buni biz xotin-qizlar tashkilotlari misolida ham ko’rishimiz mumkin ular o’z faoliyatlarini mazmun va sifat jihatidan ancha boyitib bordi. Ammo hammasidan bu xalq orasida mahalla qo’mitalarining ta’siri yanada oshib bordi, chunki mahalla milliy an’analar negizini tashkil qiladi.



Yüklə 183,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin