60
Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar
aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo‘r
bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his
etish ko‘nikmasi shakllanadi.
Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o‘zaro
muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim-
tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana
boshlagan xuddi ana shu
ko‘nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga
yo‘naltirilmog‘i lozim.
3-4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga
qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda
uning og‘irligi 14-15 kg., bo‘yi 90-95 sm. ga yetadi. Bola jismonan
ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari
takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o‘z
xatti-harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Ulardagi
mustaqillik
ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib
boradi.
Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘yin asosida
amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati
kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining
dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning
diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi,
moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi,
faraz qilish
imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o‘yin faoliyati yetakchi rol
o‘ynaydi.
Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va
rivojlantirishga keng yo‘l ochadigan ta’limiy mashg‘ulotlar tizimini
belgilab berishga yo‘naltirilgan.
4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bola to‘rt yoshga
yetgach, uning jismoniy o‘sishi bir muncha jadallashadi, bu davr
mobaynida bo‘yi 105-108 sm gacha o‘sadi, og‘irligi esa 18-19 kg
bo‘ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim
sharlar po‘stlog‘ining faoliyati takomillashib boradi.
Boladagi asosiy
harakatlarning rivojlanishida jiddiy sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi,
ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko‘nikmasi
shakllanadi.
Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran,
mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha hara-
61
kat va faoliyatlarni o‘zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola
nihoyatda serharakat, o‘yinqaroq, o‘ta qiziquvchan bo‘ladi. U har
qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni
to‘g‘ri
ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza
qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo‘lishini
ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bu davrda
bolaning bo‘yi 7-8 sm ga o‘sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan
tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg.ni tashkil etadi. Bolalarning
umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin.
Shuning uchun ham suyaklarning to‘g‘ri o‘sishini ta’minlashga
alohida e’tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga
nisbatan 4-5
barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli
darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi.
Olti yoshga yetganda miya po‘stlog‘ining asab katakchalari
rivojlanib, og‘irligi va tashqi ko‘rinishidan kattalarnikiga yaqin-
lashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi
ravon bo‘lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson
bo‘lgan taqdirda uning oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Bu
yoshdagi bolalarning so‘z boyligining rivojlanishiga alohida e’tibor
berish lozim. Ularning nutqidagi so‘zlar
bolaning fikr ifodalash
ehtiyojlarini to‘la qondirishi kerak.
Bu
davrda
bolalarning
matematik
tafakkuri,
hisoblash
ko‘nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga
ehtiyoj
seziladi.
Bolaning
faraz
qilish
qobiliyatini
jadal
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 6-7
yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari bola hayotining yettinchi
yilida undagi harakatlar ko‘lami kengayadi va aniqlashadi, uning
jismida harakatlarning o‘zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli
bolalar o‘zini idora qilish va o‘z harakatlarini nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalarda
mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik
rivojlanadi hamda
kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi.
Bu davrda bolaning bo‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 22-24 kg
bo‘ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo‘ladi, o‘z
salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal
rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda
62
gigiyenik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash
jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim olishga
o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozim. Bu o‘rinda bolalarni ruhan ta’lim
jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o‘quv
elementlarini o‘rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga
qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy
jihatdan ta’lim olishga tayyor bo‘lishi kerak.
Bolalarni maktabga
tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga
tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik
bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘lishi
shart. O‘qituvchining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-
odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish
uchun loyiq bo‘lganda, u olti yoshli bolalarni o‘qitish huquqiga ega
bo‘ladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan
maktablar hamda bu bolalarni o‘qitadigan o‘qituvchilar pedagogik-
psixologik nuqtayi nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va
shundan keyingina ta’lim jarayoniga kirishilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: