Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.
Rivojlanishning asosiy mazmuni nima? 
2.
“Tarbiya” atamasiga izoh bering. 
3.
“Ta’lim” atamasiga izoh bering. 
4.
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim va tarbiyasi haqida gapi-
rib bering. 
5. Bola shaxsini rivojlantirishda ta’limning mohiyati nimada? 
6. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning mohiyati nimada? 
7. Maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh xususiyatlarini izohlang. 
8. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishini 
asoslab bering. 
9. 2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang. 
10. 4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang. 
11. 5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang. 
12. 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang. 
 
 
 
 


63 
IV. MODUL. “ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI 
ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA 
TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
Ilk qadam, Davlat talablari, 
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari, kompetensiya, “Jismoniy 
rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi 
kompetensiyalari, “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompeten-
siyalari, “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompe-
tensiyalari, “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari, 
“Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari 
IV. 1. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining mazmuni 
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi 
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni 
rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan 
me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassa-
sasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy 
g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqi-
chiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida 
joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat 
muassasalari;

maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan “Mehribonlik” bolalar 
uylari;

maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv 
organlari.
Davlat o‘quv dasturi VII bobdan iborat bo‘lib, 
1 bobda
MTT 
davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTTning maqsad va vazifalari aks 
ettirilgan. Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda 
majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari 
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv 
dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT 
ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muas-
sasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-
onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida 
tasdiqlanadi. 


64 
Davlat o‘quv dasturida MTTning quyidagi maqsad va vazifalari 
belgilab berilgan:

bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va 
maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari 
asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har 
tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish;

maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini 
tashkil qilish va amalga oshirish;

bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga 
tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; 

bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan 
o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
II bob
MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb 
nomlanib, u quyidagilarni: 

MTT ta’lim jarayonining maqsadlari;

MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari; 

qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish; 

alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim 
faoliyati; 

ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTT ta’lim jarayonining maqsad va 
tamoyillari aks ettirilgan bo‘lib, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi 
bolalarda 
umumiy 
kompetensiyalar 
va 
rivojlanish 
sohalari 
kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan 
iboratdir.
MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:

bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini 
hisobga olish; 

ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro 
bog‘liqligi;

bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu 
jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; 

bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; 

o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;

bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit 
yaratish;

bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; 


65 

MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;

milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar 
madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olish. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan 
bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga 
oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar 
bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim 
muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan 
holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning 
individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik. 
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun 
maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning 
quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
– ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini 
hisobga olish;
– ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
– ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; 
– ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashab-
buslarini qo‘llab-quvvatlash.
III bob
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompe-
tensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta’lim 
sohasini o‘z ichiga oladi: 
– “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” 
sohasi kompetensiyalari;
– “ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari;
– “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompeten-
siyalari;
– “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari;
– “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin