Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.
Rivojlanishning asosiy mazmuni nima?
2.
“Tarbiya” atamasiga izoh bering.
3.
“Ta’lim” atamasiga izoh bering.
4.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim va tarbiyasi haqida gapi-
rib bering.
5. Bola shaxsini rivojlantirishda ta’limning mohiyati nimada?
6. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning mohiyati nimada?
7. Maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh xususiyatlarini izohlang.
8. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishini
asoslab bering.
9. 2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang.
10. 4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang.
11. 5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang.
12. 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlarini izohlang.
63
IV. MODUL. “ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI
ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA
TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Ilk qadam, Davlat talablari,
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari, kompetensiya, “Jismoniy
rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi
kompetensiyalari, “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompeten-
siyalari, “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompe-
tensiyalari, “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari,
“Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari
IV. 1. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining mazmuni
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni
rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan
me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassa-
sasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy
g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqi-
chiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat
muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan “Mehribonlik” bolalar
uylari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv
organlari.
Davlat o‘quv dasturi VII bobdan iborat bo‘lib,
1 bobda
MTT
davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTTning maqsad va vazifalari aks
ettirilgan. Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda
majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv
dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT
ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muas-
sasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-
onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida
tasdiqlanadi.
64
Davlat o‘quv dasturida MTTning quyidagi maqsad va vazifalari
belgilab berilgan:
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari
asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har
tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini
tashkil qilish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga
tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan
o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
II bob
MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb
nomlanib, u quyidagilarni:
MTT ta’lim jarayonining maqsadlari;
MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari;
qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish;
alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim
faoliyati;
ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTT ta’lim jarayonining maqsad va
tamoyillari aks ettirilgan bo‘lib, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi
bolalarda
umumiy
kompetensiyalar
va
rivojlanish
sohalari
kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan
iboratdir.
MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini
hisobga olish;
ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro
bog‘liqligi;
bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu
jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit
yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
65
MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar
madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish.
Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan
bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga
oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar
bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim
muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan
holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning
individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik.
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun
maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning
quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
– ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini
hisobga olish;
– ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
– ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
– ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashab-
buslarini qo‘llab-quvvatlash.
III bob
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompe-
tensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta’lim
sohasini o‘z ichiga oladi:
– “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”
sohasi kompetensiyalari;
– “ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari;
– “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompeten-
siyalari;
– “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari;
– “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari..
Dostları ilə paylaş: |