62
gigiyenik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash
jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim olishga
o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozim. Bu o‘rinda bolalarni ruhan ta’lim
jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o‘quv
elementlarini o‘rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga
qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy
jihatdan ta’lim olishga tayyor bo‘lishi kerak. Bolalarni maktabga
tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga
tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik
bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘lishi
shart. O‘qituvchining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-
odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish
uchun loyiq bo‘lganda, u olti yoshli bolalarni o‘qitish huquqiga ega
bo‘ladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan
maktablar hamda bu bolalarni o‘qitadigan o‘qituvchilar pedagogik-
psixologik nuqtayi nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va
shundan keyingina ta’lim jarayoniga kirishilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: