Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


III. 3. Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning roli



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

III. 3. Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning roli 
Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam 
beradi, buning asosida uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy 
mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, 
muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik 
ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, 
ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. Shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va 
shaxs xususiyatlari shakllanadi.
Faoliyat 
– kishining moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish 
borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma’lum bir maqsad 
sari qiladigan xatti-harakatlari majmuasidir. Faoliyat - insonning 
belgilangan (rejalashtirilgan) maqsadga erishishidir.
Faoliyat
– bir narsani aniqlash uchun biror narsa qilish xohishi 
(jarayoni). Bolaning faoliyatdagi faol mavqeyi uni faqat tarbiya 
obyektiga emas, shu bilan birga tarbiya subyektiga ham aylantirdi. Bu 
bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik rolini 
belgilaydi, Bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishining yosh bilan 


57 
bog‘liq davrlarida faoliyatning turli xillari yonma-yon bo‘ladi va 
o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo‘lmaydi: 
har bir bosqichda faoliyatning yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning 
rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo‘ladi.
Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzuyi, 
vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, 
natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, 
bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning 
rahbarligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni 
egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog‘chasidagi tarbiya va 
ta’lim sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Bolaning dastlabki yoshlaridan 
boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, 
xususiyatlarini 
va 
atrofdagi 
narsalarga 
munosabatini 
shakllantirishning asosi hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolaning kattalar 
bilan muomalasining (hissiy va hissiy-predmetli muomalasining eng 
oddiy turlari unda taassurotlarga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantiradi, 
tasavvurlarini shakllantiradi. Yangi harakat usullarini egallab borgan 
sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi, uning 
rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo‘yilgan zaminga, taqlid qilishga 
ham bog‘liq bo‘ladi. Hayotning dastlabki yillarida kattalar bilan 
muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o‘z ichiga 
oladigan yo‘l-yo‘riq tadqiqot faoliyati bolalar faoliyatining asosiy 
turlari bo‘ladi.
Tarbiyachilar bolalar bilan muomalada bo‘lar ekanlar, ularni 
buyumlar dunyosiga olib kiradilar. Shunday yo‘l bilan bolalar o‘ziga 
xos buyumlar bilan bog‘liq faoliyatni egallaydilar. Bunda 
muomalaning o‘zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi. Buyumlar 
bilan bog‘liq faoliyatni tashkil etish oilada ham, maktabgacha ta’lim 
muassasasida ham bir va ikki yoshli bolalarni tarbiyalash vazifalaridan 
biri hisoblanadi, chunki bu faoliyatda barcha bilish jarayonlari, 
maqsadlari va xulq-atvor sabablari rivojlanadi.
Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rahbarligida buyumlarning 
xususiyatlari, ular bilan qilinadigan harakatlar to‘g‘risida dastlabki 
bilimlarni o‘zlashtiradilar, Bola ikki yarim yoshga to‘lganda buyumlar 
bilan bog‘liq faoliyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga 
erishadi, o‘yin va tasviriy faoliyatga o‘tish uchun asos yaratiladi. 
Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o‘zini o‘zi 
anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o‘zini atrofdagi 


58 
odam -lardan ajratadigan, o‘z imkoniyatlarini anglab yetadigan bo‘la 
boshlaydi.
Mustaqillik rivojlanishining ana shu bosqichida bolalar 
kattalarning vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. O‘zini-o‘zi 
anglashning dastlabki shakllari xulq-atvor sabablarini shakllan-
tirishning boshlanishi bo‘Iadi.
Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta 
odamning ishtiroki va ta’siri ostida ro‘y bersa, 4-6 yoshli bolalar 
xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o‘z xohishlariga ko‘ra 
qo‘shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba’zan ijodiy xususiyatga 
ega bo‘Iadi.
Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maktabgacha ta’lim 
yoshida yetakchi bo‘ladigan o‘yin faoliyatida maktabgacha yoshdagi 
bolaning 
ijtimoiy, 
bilish 
faolligi 
rivojlanadi. 
Tarbiyachilar 
rahbarligidagi o‘yinlar chog‘ida bolalar turli harakat usullarini, 
buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to‘g‘risidagi bilimlarni 
o‘zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt munosabatlarini, o‘xshashlikka 
va bir xillikka oid aloqalarni anglab yetadilar, tushunchalarni 
egallaydilar.
Harakatli o‘yinlar harakatlarning rivojlanishiga, makonda yo‘l-
yo‘riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi o‘yinlarda bolalar 
odamlar 
o‘rtasidagi 
munosabatlarni, 
harakatlarni 
muvofiqlashtirishning ahamiyatini anglab yetadilar va o‘zlashtiradilar, 
atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining 
mazmuni 
xilma-xil 
bo‘ladi va har tomonlama rivojlanish 
imkoniyatlari kengayadi. O‘yin xayolni rivojlantirishga, atrofdagi 
voqelik, odamlar mehnati to‘g‘risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, 
shaxsning 
jamoatchilik 
xususiyatlarini 
shakllantirishga 
ko‘maklashadi.
Muntazam 
mehnat topshiriqlari o‘z faoliyatini jamoat 
manfaatlariga bo‘ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, 
mehnatning 
umumiy 
natijalaridan 
quvonish 
ko‘nikmalarini 
tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Mashg‘ulotlardagi eng oddiy o‘quv 
faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi 
bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko‘nikmalarni 
shakllantirishga yordam beradi.


59 
Agar 3-4 yoshda ta’lim paytida bolalarning e’tibori tabiat, 
odamlar hayotidagi aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5-6 yoshli 
bolalarga ta’lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni 
o‘zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy 
tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi, bu esa bolalarda 
tushunish tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O‘zlashtirilgan 
bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil 
o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsi-
ning rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga 
qiziqishni shakllantiradi. 
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar, 
maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u 
bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi.
Kichik maktab yoshida asosiy narsa o‘qish bo‘lib qoladi va uni 
bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. 
Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o‘z xatti-harakatini va 
tengdoshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuqtayi nazardan maktab 
o‘quvchisi nuqtayi nazaridan baholashni shart qilib qo‘yadi.
Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-
atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib 
borayotgan talablarini bajarishga intiladi. Har bir faoliyat turining 
mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy tabiati har bir yosh avlodga 
obyektiv ravishda berilgan bo‘ladi, Odamlarning ishlab chiqarish 
qurollarida, bilimlarda, san’atda, axloqda va hokazolarda jamlangan 
sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda 
bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga 
beriladi.
Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi. 
Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, yangi 
xulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan 
natijalarga erishadi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin