Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Shaxsni shakllantiruvchi
omillar 
Ijtimoiy muhit 
Tarbiya 
Irsiyat 
nishonalari 


55 
rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo‘lmasa yo‘q bo‘lishi yoki 
“mudroq”ligicha qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari odob, 
axloq, xulqiy sifatlar, shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va 
tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi.
Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit, unda 
shaxsning shakllanish jarayoniga ta’siri roliga alohida e’tibor beradi. 
Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta’siri g‘oyat muhim 
ekanligini ta’kidlagan holda, ular ijtimoiy muhit abadiy emas, u 
ijtimoiy-tarixiy qonuniyatlar ta’siri ostida o‘zgarib boradi, Oila muhiti 
- mikro muhit ham o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu 
bois, mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘tgan davr mobaynida oila 
muhitining shaxs kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati masalalari 
chuqur tahlil etilmoqda. 
Shu maqsadda tashkil etilgan “Oila” ilmiy markazi oilaning bu 
boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib 
bormoqda. Mavjud ijtimoiy muhit insonning o‘sib borayotgan ongiga 
ta’sir etadi. Ijtimoiy tuzum darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning 
shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ushbu 
ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga 
oshiriladi.
Tarbiya – biror maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, u 
muayyan darajadagi dastur g‘oyalari asosida maxsus kasbiy 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi. Tarbiya 
ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan 
bog‘liq holda ta’sir qiladi. Bunda qulay omillardan foydalaniladi, 
salbiy ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Muhitning 
ta’siri stixiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.
Irsiyat – bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo‘lgan biologik 
xususiyat va o‘xshashliklarning naslga (bolaga) o‘tish jarayonidir. 
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning obyektiv omillariga 
kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, fiziologik hara-
katni, modda almashinuvi tipini, asab sistemasi tipi va qayishqoqligini 
(bular uning atrof-muhit ta’siriga beriluvchan qilib qo‘yadi), asab 
reaksiyalari jo‘shqinligi va tezligini meros qilib oladilar. Asosiy 
shartsiz reflekslar ham, xilma-xil faoliyat turlariga qobiliyatning alo-
hada anatomik-fiziologik asoslari - qobiliyat nishonalari ham meros 
bo‘ladi.


56 
Irsiyat qonunlari to‘g‘risidagi fan - genetika odamlarda yuzlab 
turli qobiliyat nishonalari – mutlaq eshitish, favqulodda ko‘rish 
xotirasi, g‘oyat tez ta’sirlanishdan tortib nodir matematik va badiiy 
iste’dodgacha mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. Nasldan naslga 
o‘tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: Anatomik-fiziologik 
tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi}, organlar holati, qaddi-qomat, asab 
tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko‘zlarning rangi. Shu-
ningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amallar, vertikal holatda 
yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste’dod alomatlari 
ham nasldan naslga o‘tadi. Iste’dod alomatlari umumiy xususiyat kasb 
etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo‘naltirilgan emas. Iste’dod 
alomatlari muayyan faoliyatga moyillikni aks ettiradi, xolos.
Ma’lum oilada tarbiyalanayotgan bolada ajdodlariga xos iste’dod 
nishonasi aks etganda, aynan ana shu iste’dodning shakllanishida 
muhim rol o‘ynagan, uning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarga 
ega oila muhitini nazardan chetda qoldirmaslik lozim. Fiziologiya va 
psixologiya fanlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining 
ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror bir 
qobiliyatning ro‘yobga chikishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lgan 
layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat go‘yo “mudroq” holatda bo‘lib, uning 
“uyg‘onishi” - rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishni talab qiladi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin