53
yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta’sir, etadi. Shaxs faoliyati
muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi.
Agar odam ijtimoiy faoliyatning turli xillarida: o‘quv, ishlab
chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni
rivojlantiradi,
lekin
faoliyat
odamni
u
yoki
bu
ijtimoiy
munosabatlardan chegaralab qo‘ysa, u shaxsning rivojlanishiga
to‘sqinlik qiladi yoki uning rivojlanishini buzadi. Shaxsning yetakchi
xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta’sir natijasida
rivojlanadi. Shaxsning ma’naviy hayot mazmuni - bu shaxsning o‘z
ichki ishining yakuni bo‘lib, bu jarayonda tashqi ta’sirlar qayta
ishlanadi va o‘zlashtiriladi.
Odamning rivojlanishi - bu miqdor va sifat o‘zgarishi, eskining
yo‘q bo‘lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo‘lib, uning
manbayi va harakatlantiruvchi kuchlari shaxsning ham tabiiy, ham
ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o‘zaro aloqasida yashiringandir.
Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivojlanadi va
o‘zgaradi. Bu rivojlanish va o‘zgarishlar yosh xususiyatiga ega
bo‘ladi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanish manbayi shaxs bilan
jamiyatning ziddiyatli o‘zaro aloqasida yashiringandir.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani bu ziddiyatli
o‘zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun
foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish
ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o‘rtasidagi
ziddiyat faoliyat sifatida o‘yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga
hamda bolalardagi o‘yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari,
ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: