Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


pedagogik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

pedagogik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va 
qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini tashkil etish. 
Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi faoliyatida uning kasbiy 
tayyorgalikni differensiallashni tatbiq etish alohida o‘rin egallaydi. Bu 
borada pedagogik kengash va oliy o‘quv yurtlarining oldiga muta-
xassis kadrlarni sifatli tayyorlash vazifasi yuklatiladi. 
Konsepsiyada ta’lim muassasasida kirish jarayonida ularni 
kasbiy yaroqligini aniqlash jarayonini tashkil etish kasbiy tayyorgarlik 
sifatini oshirishdagi muhim vosita ekanligi uqtiriladi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uchun kadrlarni mukammal tayyor-
lashni turli-tumanligiga ularni malakasini oshirish va qayta tay-
yorlashning turliligini ochish imkoniyatini beradi. 
Malaka oshirish kurslarini shunday tashkil qilish kerakki, 
tinglovchilar nafaqat ta’lim jarayoniga zamonaviy va metodik yon-
dashish, balki o‘zlarining qiziqishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bi-
limlarini olishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim konsepsiyasi 
maktabgacha ta’limdagi muammolarni hal etish bilan shug‘ul-
lanadigan barcha tashkilotlarni ularning bir-biri bilan hamkorlik va 
muloqotni amalga oshirgan holda muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi.
Respublika ilmiy metodika markazi ilmiy uslubiy itimoiy, 
psixologik-pedagogik, tibbiy gigiyena o‘quv ko‘rgazmali labora-
toriyalar, tajriba sinov maktabgacha ta’lim muassasalari ishlarini 
tashkil etadi va boshqaradi. Shuningdek, maktabgacha ta’limni rivoj-
lantirishga qaratilgan istiqbol dasturlarini tuzishda bevosita yetak-
chilik qiladi.
Bu ishlarda O‘zbekistonning ta’lim sohasiga oid bo‘lgan hududiy 
muammolarni qamrab olgan tadqiqotlar bilan shug‘ullanish maqsadida 
ilmiy hujjatni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.
Bu esa turli turdagi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi 
ta’limiy-pedagogik jarayonni tashkil etishning shakl va mazmunini 


44 
ishlab chiqish, o‘zbekcha-ruscha ikki tillik muammosi, bolalar 
rivojlanish darajasining psixologik, pedagogik va ijtimoiy diag-
nostikasi pedagoglarning kasbiy darajasi, oila, maktabgacha va 
boshlang‘ich ta’lim hamkorligi, ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan 
modelining ustuvor(bosh) tatbiq qilishning usul va texnologiyalari va 
boshqa bir qancha dolzarb masalalarini hal etishni taqozo etadi. 
Respublika ilmiy-metodika markazining yana bir asosiy vazifasi bu 
uslubiy hujjatni joylarda namunaviy maqsadli tahlil etishdir.
Bunda ta’lim, fan va texnika yutuqlari, ilg‘or ish tajribalaridan 
unumli foydalangan holda o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab 
chiqishni ta’minlaydi; tajriba-sinov maydonida olib borilayotgan 
pedagogik texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish pedagogik tajribani 
o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, pedagogik jamoa va alohida 
pedagoglarning yangi fikrlari, mualliflik maktabgacha ta’lim muassa-
salarining bilimiga yordam berish, tarbiyachilarning uslubiy birlash-
malarini tashkil etish nazarda tutiladi.
Psixologik-pedagogik maslahatni tashkil etish ota-onalar va 
bolalar bilan ishlashda ko‘pchilik duch kelayotgan pedagoglar uchun 
ularning kasbiy-shaxsiy qobiliyatlarini diagnostikadan o‘tkazadi; 
o‘qitish uslubining psixik korreksiyalarini amalga oshiradi, pedagogni 
attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab 
chiqadi, psixologlar uchun qo‘llanmalar tayyorlaydi, bolalarni tekshi-
ruvdan o‘tkazadi va tezkor qabulni amalga oshiradi.
Bolalarni ilk qo‘llab-quvvatlash va psixologik-jismoniy rivojla-
nishidagi nuqsonlarning oldini olish vasiylik bo‘limi tibbiy, 
maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari, psixologik, ijtimoiy va 
yuridik xizmat tashkilotlari bilan hamkorlik va koordinatsiya ishlarini 
tashkil etish lozim.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jahon andozalariga olib 
chiqishni ta’minlash maqsadida markaz turli ijodiy ittifoqlar, 
shuningdek, yaqin va uzoq, chet ellar bilan aloqalar o‘rnatishi lozim.
Respublika bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasini dasturiy 
uslubiy jihatdan ta’minlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ko‘p 
jihatdan ta’limni maktabgacha yoshdagi bola psixikasi xususiyatlariga 
javob beruvchi dasturlar, metodik tavsiyalar, ta’lim-tarbiya berish 
qo‘llanmalari bilan ta’minlanishga bog‘liq. Bu bo‘limda ta’limda 
qo‘llaniladigan bosh ta’lim qo‘llanmasi bola va kattalarning o‘zaro 


45 
munosabatlarining shaxsga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi qo‘l-
lanmalar (alohida ish uchun daftar, albomlar, flamaster, qalam, 
bo‘yoqlar va h.k) yaratilgan dasturiy-uslubiy majmua maktabgacha 
ta’lim standartini, bolalar bilan ishlashda va ularni rivojlantirishdagi 
asosiy yo‘nalishlarini ta’minlashi lozim. Bu majmuada tarbiyachilar 
va boshqa mutaxassislarning yangi avlodi uchun darslik va qo‘llan-
malar yaratish nazarda tutiladi. 
Shuningdek, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o‘yin faoliyatini tashkil 
etish usullaridan rivojlantiruvchi predmetli o‘yinning nazariy va 
amaliy jihatlari ustida fikr yuritiladi.
Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalar.
Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’li-
miy maqsadlarni qat’iy talab etuvchi va bosqichli o‘zgarishlarning 
aniqligini va olingan natijalarni baholovchi ma’lum ilmiy loyihalashni 
mo‘ljallaydi.
Zamonaviy rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar nafaqat 
o‘qitish jarayoniga, balki bolaning psixik jarayonlariga, uning shaxsiy 
sifatlari, aqliy-ijodiy qobiliyatlarini, jismoniy rivojlanishiga yo‘nal-
tirilgandir, Ta’limning insonparvarligi sharoitida pedagogik texno-
logiyalar pedagogdan bolani jiddiy qabul qilish munosabatlarida 
ko‘riladi.
Pedagogik jarayonlarda pedagogik texnologiyalar qo‘llanilganda 
bularning samaradorligi diagnostika qilinadi. Bu esa bolaning ta’lim 
ta’siriga ochiq munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’limning samaradorligini boshqarish algorit-
mining ya’ni kuzatishning tizimli qoidalari, qo‘yilgan o‘quv va tarbi-
yaviy maqsadlarini bajarishda bolalarning qabul qilish faoliyatini 
kuzatish va tuzatish bilan aniqlanadi. Yuqorida bayon etilganlar shun-
ga guvohlik beradiki, O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha 
ta’lim tizimi oldiga bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan 
holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivoj-
lanishni ta’minlashdek ulkan mas’uliyat yuklanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim konsepsiyasining 
maqsad va vazifalari quyidagi bosqichlarda ro‘yobga chiqariladi.
Birinchi bosqich – 2012-2014-yillar mavjud maktabgacha ta’lim 
tizimining ijtimoiy tomonlarini saqlab qolish asosida ushbu tizimni 
isloh qilish va rivojiantirish uchun huquqiy asosni (vazni) yaratish. 
Ushbu bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:


46 
– O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq 
maktabgacha ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan 
yangilash. 
– Bola shaxsiga yo‘naltirilgan model ustuvorligini ta’minlash. 
– Pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish va 
qayta tayyorlash ishini zamon talablariga muvofiq darajada tashkil 
etish.
–O‘quv uslubiy qo‘llanma dasturlarining didaktik va axborot ta’mi-
notining yangi avlodini ishlab chiqish. 
Ikkinchi bosqich - 2015-2017-yillar. 
– Maktabgacha ta’lim konsepsiyasini ta’lim jarayoniga bevosita 
qo‘llash mavjud ijtimoiy-psixologik sharoitlar hisobini olgan holda, 
unga yangiliklar kirita borish.
– Maktabgacha ta’lim muassasalarida tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish 
tizimini amaliyotga joriy etish.
–Ta’lim texnologiyalarining didaktik tamoyillarini qo‘llash asosida 
ta’lim jarayonini sifat jihatdan takomillashtirish.
Uchinchi bosqich – 2018-2020-yillar. To‘plangan tajribalarni 
tahlil qilish va umumlashtirish asosida(istiqbol) kelajak uchun yangi 
ilmiy g‘oyalar loyihasi (ustida) ishlab chiqish. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin