Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

VII bob.
Ilovalarni o‘z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda 
qo‘llashning mazmun va mohiyati yoritib beriladi. Dastur - muhim 
vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) 
O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi 
bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim 
jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydi.
VIII bob. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat o‘quv 
dasturini 
amalga oshirishning resurs ta’minoti O‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq 
amalga oshiriladi. Minimal resurslar bilan ta’minlanganlik kun tartibi 
va yillik rejada ko‘zda tutilgan o‘yin, qiziqishlarga ko‘ra mashg‘ulot 
va loyihaviy faoliyatlarni amalga oshirishni ta’minlashi kerak. Shu 
bilan birga, ilovada keltirilgan resurslar bilan bir qatorda ushbu 
markazlar va rivojlantiruvchi muhitni bolalar, ota-onalar va 
pedagoglarning birgalikdagi faoliyati mahsulotlari bilan jihozlash 
tavsiya etiladi; shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
pedagoglari zarur o‘quv va rivojlantiruvchi didaktik materiallarni 
yaratishda mahalliy hamjamiyat resurslari va o‘zlarining ijodiy 
qobiliyatlariga tayanishlari mumkin. 
Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi:
1.
Maqsadli – bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining 
rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;
2.
Mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va 
bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim; 
3.
Tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim 
va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’min-
langanligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivoj-
lantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.
“Ilk qadam” dastur nomining falsafiy mazmuni – bilimlar 
dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqiyat, go‘zallik, yaxshilik, 


70 
samimiylik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning ilk 
asoslari.
Dasturning mazmuni ijtimoiy hodisalar, inson va uning 
faoliyati, xulq-atvor me’yorlari, san’atning janr va turlari, jonli va 
jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda 
muloqot qilish kabilardan tashkil topgan.

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin