Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


VIII. MODUL. YOSH AVLOD TARBIYASIDA MEHNAT



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

VIII. MODUL. YOSH AVLOD TARBIYASIDA MEHNAT 
TARBIYASINING O‘RNI. BOLALARNING ESTETIK DIDI 
RIVOJLANISHIDAGI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLAR 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
estetik tarbiya, estetik g‘oya 
manbalari, estetik his, mehnat tarbiyasi, kattalar mehnati bilan 
tanishtirish, navbatchilik, o‘z-o‘ziga mehnat, tabiatdagi mehnat, xo 
‘jalik –maishiy mehnat, qo‘l mehnati 
VIII. 1. Mehnat tarbiyasining nazariy asoslari 
Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi 
uchun hamisha asos bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Mehnat 
farovon, baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo‘lganligi 
sababli ham fuqarolar uchun majburiydir. Mehnat odamlarning biror 
bir maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur 
faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas. Barcha tirik 
mavjudot nimanidir iste’mol qilish hisobiga yashaydi, umrini davom 
ettiradi.
Yerda yashovchi mayda qurt-qumursqadan tortib, parran-
dalargacha, suv ostida yashovchi jonivorlardan tortib, ulkan 
hayvonlargacha ovqatsiz yashay olmaydilar. Xuddi shuningdek, 
odamlar ham uzluksiz ovqatlanadi, hayot kechiradi. Boshqa tirik 
mavjudotlardan farqli odamlar kiyinishadi, uy-joy qurishadi, savdo-
sotiq qilishadi, ijod qilishadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun 
tirikchilik manbayi bo‘lgan pul kerak. Pul topish uchun, o‘zlariga 
kerakli narsalarni yaratish uchun odamlar mehnat qilishlari zarur. 
Mehnat jarayonida oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur narsalar 
yaratiladi. Mehnat inson hayotini mazmunli qiladi. Odamlar mehnat 
qilish jarayonida sog‘liqlarini mustahkamlaydilar, obro‘ orttiradilar va 
o‘z kelajaklarini yaratadilar.
Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug‘lab kelganlar. 
Bizga ulardan meros bo‘lib qolgan barcha xazinalar - ilmiy, badiiy 
kitoblar, san’at asarlari, me’morchilik obidalari mehnat mahsulidir. 
Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan al-Xorazmiy, Ibn Sino, 
Ismoil al-Buxoriy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi 
bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo‘lga 
kiritishgan, yoshlarni ham mehnat qilishga chaqirishgan. Shu boisdan 
jahonning barcha xalqlari aqollarida bo‘lgani kabi o‘zbek aqollarida 
ham mehnat tarbiyasi markaziy o‘rinlarni egallagan. 


131 
Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol namoyon bo‘lishi 
uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi va har bir kishida ma’naviy 
qoniqish hosil qiladi. Har bir bola maktabgacha ta’lim yoshidan 
boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur. Bolalar bog‘chasida, oilada 
bajariladigan uncha murakkab bo‘lmagan har bir topshiriq uning 
kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va 
mohiyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati, 
bolalarning o‘zlari ajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan 
ekskursiyalar 
uyushtiradi. 
Bolalar 
quruvchilarning 
mehnatini 
kuzatishyapti deylik. 
Qurilish maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib, ular 
ko‘tarma kran bilan tushiriladi. Keyin bolalar g‘isht teruvchilar, 
duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar, bo‘yoqchilar mehnatini 
kuzatadilar. Bolalarni qurilish bilan tanishtirish davomida bilib olgan 
archa tasavvur va tushunchalari, ularning ko‘zi oldida ajoib bino 
bunyod etgan kishilar mehnatining go‘zalligi namoyon bo‘ladi. 
Tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlarga gul soluvchi kishilar 
mehnatiga jalb etadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda ularning 
mohirona chizgan rasmlari natijasida idishlarning har xil jilo berib 
turgan ishidan zavqlanib, ularning qo‘llari gul ekan”, – deydilar. 
Bularning barchasi bolalarda kishilar mehnatiga muhabbat uyg‘otadi.
Pedagog bolalarni mehnatning moddiy boylik keltiruvchi 
tomonini ham, estetik tomonini ham ko‘ra bilisha o‘rgatadi. B ahor 
kunlarining birida tarbiyachi bolalarni daraxtlar gullab turgan boqqa 
olib kiradi. Gulsafsar va piyongul bilan o‘ralgan yo‘lkalarga qum 
sepilgan, daraxtlarning tanasi bog‘bonlar tomonidan ohak bilan 
oqlangan. Tepada esa gullab turgan o‘rik, gilos, olma, olcha, shaftoli, 
gullarning atrofida asalarilar guvillashib uchib yuribdi. Bularning 
hammasi bolalarda ajoyib zavqli kechinmalar uyg‘otadi. Mehnat 
bolalarning jismoniy rivojlanishida zarur shartlardan biri hisoblanadi. 
Mehnatda bola o‘zining ishlash, harakat qilish ehtiyojini qondiradi, 
harakatlarning aniq, uyg‘un bo‘lishini ta’minlaydi. Mehnat jarayonida 
bola organizmining umumiy hayotiy faoliyati, uning chidamliligi 
ortadi.
Mehnat bolalardan diqqat, o‘tkir zehnlilik, topqirlik, bilib olgan 
malaka va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llay bilish, ijodkorlik 
qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim 
ish turlarini (bir varaq qog‘ozni buklash, kerakli uzunlikni o‘lchash, 


132 
andozaga qarab shaklni qirqib olish kabi harakatlarni) anglatuvchi bir 
qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi 
izchillikni so‘zlab berishga to‘g‘ri keladi. Bular bola nutqini yangi 
so‘zlar bilan boyitadi, uning mantiqiy bog‘liq ravishda grammatik 
jihatdan to‘g‘ri shakllanishiga imkon beradi.
Bolalarni eng oddiy mehnat qurollari, materiallarga ishlov berish 
usullari bilan tanishtirish kerak. MTTdagi mehnat ularni maktabdagi 
politexnik ta’limga tayyorlaydi. Mehnatning axloqiy qimmati uning 
jamiyat uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. 
Mehnat har bir bolani o‘z mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushunib 
yetishga, uning jamiyat hayotiga kirib borishiga, o‘zini shu 
jamiyatning a’zosi deb his etishiga imkon yaratadi. Har bir bola 
oilada, bolalar mehnatida o‘z ulushi borligini his eta bilishi lozim. 
Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoachilik va 
intizomlilikni, burch hissini tarbiyalaydi. Shuning uchun bolalarni 
jamoa mehnatida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnatning 
bolalarni 
aqliy 
tomondan 
rivojlantirishdagi 
ahamiyati shundaki, mehnat jarayonida ular borliqni faol anglay 
boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoniyati yaratiladi. 
Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish 
ularni estetik va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin