134
1. Bolalarni maqsad qo‘yishga, mehnat malakalari, ko‘nikmalari,
mehnat madaniyati bo‘yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini
tanlab olishga o‘rgatish.
2. Bolalarda bo‘lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat
jaryonlarini mehnatda qatnashuvchilar o‘rtasida taqsimlash, mehnatda
yaxshi natijalarga erishish malakalarini shakllantirish.
3.
Mehnat
faoliyatining
dastlabki
ijtimoiy
sabablarini
shakllantirish, buyumlar va harakatlarga qiziqish uyg‘otish orqali
mehnat natijalariga erishish, katta guruhlarda esa mehnatning ijtimoiy
ahmiyatli ekanligini tushinib yetish. Ikkinchi guruh vazifalari kattalar
mehnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga qaratilgan:
1) Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat
qilayotganini tushuntirish.
2) Bolalarda mehnat ahliga hurmatni, ularga qo‘lidan kelganicha
yordam berish xohishlarini tarbiyalash.
3) Kattalarning mehnat natijalarini asrabravaylashga o‘rgatish.
Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini
shakllantirishga qaratilgan:
– Bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatda qatnashish,
boshlagan ishini oxiriga yetkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o‘z
shaxsiy mehnatiga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash.
– Javobgarlik, mustaqillik, maqsadga qaratilganlilik, qat’iylik,
tashabbuskorlik va faollik, sabr-matonatlilik, chidamlilik kabi bola
shaxsining axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
– Madaniy xulq va o‘z tengdoshlariga nisbatan ijobiy
munosabatni tarbiyalash, o‘zaro kelishgan holda birga ishlay olish,
jamoa ishida natijaga erishguncha o‘z mehnati bilan qatnashish, o‘zi
va o‘rtoqlarining mehnatini xolisona baholash, yordam berish va
hokazo.
Dostları ilə paylaş: