Markaziy analgeziya Bu usulda operatsion jarohatni himoyalash markaziy analgeziya bilan ta`minlanadi. Bu narkotik analgetiklar
(morfin, fentanil, pentazaqin) katta dozasini yuborish orqali amalga oshiriladi. Bu preparatlar og‘riq
impul‘slarini o`tkazuvchi va og‘riqqa reaktsiyalanishi ta`minlaydigan strukturalar ishini buzadi. Narkoz holati
bo`lmasdan og‘riq sezgirligi yo`qoladi. Bu usul qat`iy ko`rsatmalar bo`yicha qo`llaniladi.
Audioanesteziya va gipnoz. Audioanesteziya: bosh miya po`qlog‘i analizatorlari qo`zg‘alish o`chog‘ini hosil qilish va u bilan miyani
boshqa bo`limlarini tarqalgan tormozlanishiga asoslangan. Bunda eshituv analizatoriga ma`lum chaqotali ovoz
signali bilan ta`sir etiladi. Stomatologik poliklinikada gipnotik analgeziyani o`tkazish qator xususiyatlarga ega