Mashg’ulot bayoni Patentsirlangan og‘riqsizlantirish (kuchaytirilgan maxalliy og‘riqsizlantirish) maxalliy anenqetiklar
yordamida chuqur va davomiy og‘riqsizlantirishga erishishi mumkin, ammo bajariladigan muolajani odida
bemor kechayotgan xissiyottini va vegetativ o`zgarishlarni bartaraf etmaydi.
Qo`rquv va xayajonlanish natijasida bo`ladigan, neyrovegetativ o`zgarishlarni pasaytirish maqsadida xar
xil yo`nalishdagi bir birini kuchaytiruvchi dori vositalari ishlatiladi. Bu usul premedikatsiya deb ataladi.
Premedikatsiya uchun bemorga analgetiklar, antigistamin, trankvilizatorlar, uyqu dorilari,qmqionar o`aroitda
narkotiklar ishlatiladi.
Premedikatsiya bemorda qo`rquvdan xosil bo`lgan ruxiy va vegetativ asabning salbiy ta`sirini
farmakologik bartaraf etib maxalliy anesteziyani kuchaytiradigan , shuning uchun bu tur og‘riqsizlantirish
kuchaytirilgan deb ataladi.
Poliklinika sharoitida premedikatsiya uchun trankvilizatorlardan elenium, seduksen, trioksazin,
fenazepandan foydalaniladi. Bemor xolsizlikka , bosh og‘rig‘iga, sabrsizlikka shikoyat qilsa unga fenazepam
yoki diazepam tabletkasi ichish tavsiya qiladi.
Bemor juda qo`rqsa kayfiyati yomon bo`lsa og‘riqsizlantirish va muvaffaqiyatli davolanishga ishonmasa,
premedikatsiya uchun trankvilizatorlardan seduksen, relanium, sibazon0,3 mg kg massaga ichish tavsiya
qilinadi.
Bemor eshitishni xam xoxlamasa ,jazavasi tutsa , bo`lmagan sabablar bilan qilinadigan muolajani
orqaga surishga xarakat qilsa premedikatsiyani anesteziolog bilan birgalikda vena ichiga trankvilizator va
narkotik analgetik va boshqa farmokologik vositalar bilan o`tkazish mumkin.
Poliklinika sharoitida og‘riqsizlantirishboshqa usullari xam ishlatish mumkin.