Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Patologik fiziologiya – patologik sharoitda to‘qima regeneratsiyasi, gipertrofiya, yallig`lanishning o‘ziga 
xos kechishi, birlamchi va ikkilamchi bitish tushunchasi, o‘smalarning kechishi jarayonining, yumshoq va suyak 
to‘qimalari jaroxatlarining o‘ziga xos xususiyatlar; 
 
topografik  anatomiya  –  yuz  soxasi  organ  anatomo-topografiyasi,bo‘yin  uchburchaklari  ,qon 
tomirlarituzilishi,limfa va nerv sistemasining topografiyasi; 
anesteziologiya 
va 
reanimatologiya 
– 
maxalliy 
og`riqsizlantirish 
asoratlari(anafilaktik 
shok,obmork,kollaps)da yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari; 
farmakologiya  –maxalliy  anestetiklar  va  ularni  ta`sirini  uzaytiradigan  preparatlar  anesteziyalovchi 
preparatlar farmakinetika va farmakodinamikasi; 
fizioterapiya-maxalliy og`riqsizlantirishning fizik va fiziko-ximik usullari 
psixologiya – vahima va qo‘rquv haqidagi tushuncha, shakllari va yuzaga kelishi, qo‘rquv va vahimani his 
qilayotgan bemorlar bilan ishlash, tibbiyotda ipoxondriyaning holati va undan himoyalanish,bemorlarni 
davolashda psixoterapevtik tayyorlash; 
 
 
Mashg`ulot boshida o‘qituvchi  mashg`ulot  mavzusininig  aktualligini  asoslaydi, pastki jag`  tishlarini  olishdagi 
muommolarga e`tibor qaratadi. 
Ko‘riladigan savollar. 
1.  pastki jag` tishlarini olishda bemor va shifokor holati  
2.  pastki jag` tishlarini alohida guruhlarini olish  
      3.   uchinchi katta oziq tishni  olishning o‘ziga xos hususiyati 
 
Mashg`ulotning  boshida  o‘qituvchi  mashg`ulot  mavzusining  aktualligini  asoslab  beradi,  talabalar 
e`tiborini Tish olish vaqtida kelib chiqadigan qiyinchilik va asoratlarga  qaratadi. 
 
Ko‘rib chiqiluvchi savollar tartibi: 
1.  Olib tashlanadigan tishning toj va ildizining sinishi  
2.  YOn tishlarni sinishi va chiqishi  
3.  Tish ildizini yumshok to‘qimalarga kirib ketishi 
4.  Milk va yumshok to‘qimalarni jarohatlanishi 
5.  Alveolyar soxada bo‘lakli sinishi , pastki jag` chiqishi va sinishi. 
6.  YUkori jag` bo‘shlig`i tubini teshilishi  
       7.Pastki jag` chiqishi 
       8. Tish va ildizining aspiratsiyasi. 
Ko‘rib chiqiladigan savollarga qisqacha malumot 
 
Asoratlar jarrohlik amaliyotida , yoki jarrohlik amaliyotidan keyin vujudga kelishi mumkin. Ular umumiy 
va mahalliy bo‘ladi.   
Agar  tish  karies  jarayoni  bilan  zararlangan  bo‘lib,  elevator  bilan  ishlagan  vaqtda  tayanch  sifatida 
foydalanilsa,  yon  tishlarining  chiqishi  yoki  sinishi  kuzatiladi.  YOn  tishlarni  singanda  uni  saklab  qolish  va 
keyinchalik qonservativ davo usulini qo‘llashni ko‘rib chiqish kerak.Noto‘liq chiqganda tishni shinalash to‘liq 
chiqganda replantatsiya qo‘llash kerak.  


Tish  ildizini  yumshoq  to‘qimalarga  kirishi  ba`zida  pastki  3  molyarni  olish  vaqtida  uchrab  turadi.Bunga 
patologik jarayon  natijasida  alveolaning  ichki  devorini so‘rilib  ketishi  yoki jarrohlik  amaliyoti  vaqtida  sinishi 
olib  keladi.Elevator  bilan  qo‘pol  ishlash  natijasida  ,  alveolyar  o‘sikni  chap  qo‘l  panjalari  bilan 
fiksatsiyalanmaslik natijasida chiqqan ildiz alveolyar o‘siqni shilliq osti qavatiga til tomonga suriladi . Ildizni 
olish  maqsadida  ko‘pincha  uni  til  osti  to‘qimalariga  chuqurroq  kam  hollarda  jag`  osti  sohasiga  itarib  kiritilib 
yuboriladi. 
Milk  va  yumshoq  to‘qimalarni  jarohatlanishi  jarrohlik  amaliyotini  buzilishi  natijasida  va    vrachning 
qo‘pol ishidan keyin kelib chiqadi . Tish bo‘yin kismini aylanma boylamlarini to‘liq ajratmaslik natijasida unga 
birikkan milk tishni tish katagidan olgan vaqtda yirtilib ketishi mumkin.Bu xolat ko‘pincha pastki jag` tishlarini 
olishda kuzatiladi. Til tomonda shilliq qavatning lentasimon yirtilishi kuzatiladi .  
Alveolyar o‘siqni sinishi . 
Omburni Tish kataklarini chekkalariga qo‘yishi natijasida ko‘pincha suyakning katta bo‘lmagan kismini 
sinishi bilan kechadi . Keyinchalik odatda bu bitish jarayoniga tasir qilmaydi . 
          Bazida  patologik  jarayon  natijasida  periodontda  suyak  to‘qimasini  almashinuv  kuzatiladi  va  tish  ildizi 
alveola  devori  bilan  birikib  ketadi  .  Bunaqa  tishni  olish  vaqtida  alveolyar  o‘siqni  turli  xil  kattalikda  sinishi 
kuzatiladi . 
        Pastki jag` chiqishi og`izni katta ochilishi va katta kichiq oziq tishlarnip olishda ombur yoki elevator bilan 
bosim  berganda  ko‘pincha  qarilarda  uchraydi  ko‘pincha  oldingi  bir  tomonlama  ,  kam  xollarda  2  tomonlama 
chiqish kuzatiladi. 
        Pastki jag` sinishi bu asorat kam uchrab adabiyotlar malumotiga ko‘ra  hamma pastki jag` sinishlarini 0,3 
% tashkil qiladi . Pastki jag` sinishi ko‘pincha 3 kam hollarda 2 Jag` tishlarini elevator yoki dolot yordamida 
olishda  kelib  chiqishi  mumkin.Bu  asoratni  kelib  chiqishi  sababi  patologik  jarayon  natijasida  suyakning 
yupqalashishi  va  yoki  so‘rilishi.  (  Radikulyar  yoki  folikulyar  kista,  ameloblastoma,surunkali  osteomielit  va 
boshqalar)  qarilarda  suyak  to‘qimalari  atrofiyasi  natijasida  jag`  mustahkamligi  kamayadi  .              YUqori  jag` 
perforatsiyasi ko‘pincha katta jag` tishlari kam xollarda kichiq jag` tishlarini olishda vujudga keladi.Unga tishlar 
ildizi  va  bo‘shliq  tubi  orasidagi  anatomik    munosabat  muxim  o‘rin  tutadi  .  Bo‘shliqni  tuzilishini  pnevmatik 
turida  bo‘shliq  tubi  bilan  katta  jag`  tishlari  ildizi  va  kichiq  jag`  tishlari  ildizi  ingichka  suyak  plstinkasi  bilan 
ajralgan bo‘ladi . Katta jag` tishlari bilan kichik jag` tishlari sohasida uning qalinligi 0,2- 1 mm bazida bu tishlar 
ildizi bo‘shliqa kirib turadi va bo‘shliq tubidan ko‘tarilib turadi  
         Tish  ildizini  yukori  jag`  bo‘shlig`iga  itarilib  kiritilishi  ombur  yoki  tug`ri  elevator  notug`ri 
kirgizilishida vujudga keladi.Asbobni tish ildiziga bosib uni yuqori jag` bo‘shlig`iga kirgizib yuboriladi bunda 
suyakni katta bo‘lmagan qismi sinadi va u xam bo‘shliqqa kirib ketadi . Bir qancha holatlarda omburni  yaxshi 
fiksatsiya qilmasdan qisilishi natijasida ildiz sirg`anib ketadi va bo‘shliqa kiradi . Pastki jag` nervining nevriti 
katta jag` tishlarini olganda pastki jag` kanalini zararlanishidan kelib  chiqadi tishlarning tish ildizlarining uchi 
bevosita pastki jag` kanalini yonida joylashgan bo‘ladi . 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin