Klinik ko’rinishi. Granulematoz periodontitning kechishi turli xil bo‘ladi. Kam hollarda granulema uzoq
vaqt kattalashmaydi yoki juda sekin o‘sadi. Bunda bemorlar ko‘pincha shikoyat qilishmaydi. Faqat tasodifan
rentgen tekshiruvda granulematoz o‘choq borligi aniqlanadi. Granulemalar va surunkali granulyatsiyalovchi
periodontit o‘choqlari ildiz uchi sohasida emas balki biroz yonroqda joylashadi. Ildiz uchi chegarasidagi
alveolyar o‘sikda suyak to‘qimasining qaytadan ko‘rilishi va ossifitsirlovchi periostit belgilari natijasida uncha
katta bo‘lmagan noaniq chegarali og`riqsiz shish ko‘rishimiz mumkin. Ayrim bemorlarda granulema asta-
sekinlik bilan kattalashib boradi. Bu odatda yiringli jarayonni kuchayishi va granulemdagi o‘zgarishlar bilan
ya`ni: giperemiya, shish, abstsesslashish neytrofil leykotsitlar soning oshishi bilan bog`liq. Surnkali jarayonni
o‘tkirlashish paytida granulema kapsulasining butunligi buziladi, o‘rab turuvchi to‘qimalarda reaktiv
yallig`lanish va distrofik jarayonlar yuzaga kelib, tish alveolasi devorini emirishi bilan kechadi. Klinik
tomondan bu o‘zgarishlar turli xil kechadi. Ayrim xollarda o‘ta sezgirlik ba`zan esa perkussiya va tishlaganda
og`riq yuzaga keladi, ba`zida esa o‘tkir periodontit belgilari yuzaga keladi. Keyinchalik yallig`lanish jarayoning
kamayishi natijasida kattalashgan ildiz uchi yallig`lanish o‘chog`ida yana qaytadan kapsula hosil bo‘ladi.
Tashxislash. Ko‘pincha tashxisni rentgen ma`lumotlarga asoslanib qo‘yiladi. Granulematoz
periodontitning rentgen suratida ildiz uchi atrofida yumaloq shakldagi chegaralari tekis aniq bo‘lgan suyak
to‘qimasi emirilgan o‘choq ko‘rinadi. Sust kechuvchi granulematoz periodontitda ildiz uchidagi zararlangan
o‘choq sklerozlangan suyak zonasi bilan o‘ralgan. Agar davo to‘g`ri o‘tkazilsa, granulematoz o‘choq
destruktsiyasi kuzatiladi va o‘rnida fibroz periodontit yoki sklerozlangan suyak to‘qimali sohaga o‘xshash
bo‘lgan belgilar yuzaga keladi.