Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Klinik ko’rinishi. Granulematoz  periodontitning kechishi turli xil bo‘ladi. Kam hollarda granulema uzoq 
vaqt  kattalashmaydi  yoki  juda  sekin  o‘sadi.  Bunda  bemorlar  ko‘pincha  shikoyat  qilishmaydi.  Faqat  tasodifan 
rentgen  tekshiruvda  granulematoz  o‘choq  borligi  aniqlanadi.  Granulemalar  va  surunkali  granulyatsiyalovchi 
periodontit  o‘choqlari  ildiz  uchi  sohasida  emas  balki  biroz  yonroqda  joylashadi.  Ildiz  uchi  chegarasidagi 
alveolyar o‘sikda suyak to‘qimasining qaytadan ko‘rilishi va ossifitsirlovchi periostit belgilari natijasida uncha 
katta  bo‘lmagan  noaniq  chegarali  og`riqsiz  shish  ko‘rishimiz  mumkin.  Ayrim  bemorlarda  granulema  asta-
sekinlik  bilan  kattalashib  boradi.  Bu  odatda  yiringli  jarayonni  kuchayishi  va  granulemdagi  o‘zgarishlar  bilan 
ya`ni:  giperemiya,  shish,  abstsesslashish  neytrofil  leykotsitlar  soning  oshishi  bilan  bog`liq.  Surnkali  jarayonni 
o‘tkirlashish  paytida  granulema  kapsulasining  butunligi  buziladi,  o‘rab  turuvchi  to‘qimalarda  reaktiv 
yallig`lanish  va  distrofik  jarayonlar  yuzaga  kelib,  tish  alveolasi  devorini  emirishi  bilan  kechadi.  Klinik 
tomondan bu o‘zgarishlar turli xil kechadi. Ayrim xollarda  o‘ta sezgirlik ba`zan esa perkussiya va tishlaganda 
og`riq yuzaga keladi, ba`zida esa o‘tkir periodontit belgilari yuzaga keladi. Keyinchalik yallig`lanish jarayoning 
kamayishi natijasida kattalashgan ildiz uchi yallig`lanish o‘chog`ida yana qaytadan kapsula hosil bo‘ladi.  
 Tashxislash.  Ko‘pincha  tashxisni  rentgen  ma`lumotlarga  asoslanib  qo‘yiladi.  Granulematoz 
periodontitning  rentgen  suratida  ildiz  uchi  atrofida  yumaloq  shakldagi  chegaralari  tekis  aniq  bo‘lgan  suyak 
to‘qimasi  emirilgan  o‘choq  ko‘rinadi.  Sust  kechuvchi  granulematoz  periodontitda  ildiz  uchidagi  zararlangan 
o‘choq  sklerozlangan  suyak  zonasi  bilan  o‘ralgan.  Agar  davo  to‘g`ri  o‘tkazilsa,  granulematoz  o‘choq 
destruktsiyasi  kuzatiladi  va  o‘rnida  fibroz  periodontit  yoki  sklerozlangan  suyak  to‘qimali  sohaga  o‘xshash 
bo‘lgan belgilar yuzaga keladi.  

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin