Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Fibroz  periodonotit.  Klinik  ko’rinishi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Fibroz  periodonotit.  Klinik  ko’rinishi.  Odatda  fibroz  periodontitda  bemorlar  shikoyat  qilishmaydi. 
Chaynashda  yoki  perkussiyada  tish  sezgisi  va  og`rik  sezgisi  bilinmaydi.  Og`iz  bo‘shlig`ida  pulpasi  nekrozga 
uchragan tishni ko‘rish mumkin. Faqat ayrim hollarda jarayonni qaytalanishida chaynash paytida og`rik paydo 
bo‘lishi mumkin. Tishni tekshirishda va vertikal o‘ki perkussiya qilinganda ozgina og`riqli bo‘lishi mumkin. 
Surunkali  periodontit  –  bu  periodontidagi  surunkali  yallig`lanish  bo‘lib,  o‘tkir  jarayonni  surunkali 
jarayonga o‘tishidan keyin yoki qisman o‘tkir faza fonida shakllangan jarayon hisoblanadi. 
Surunkali  periodontit  o‘tkir  periodontitga  nisbatan  ko‘prok  uchraydi.  Uning    granulyatsiyalovchi, 
granulematoz va fibroz shaklllari farqlanadi. 
Granulematoz  periodontitda  to‘g`ri  davo  o‘tkazilganda  o‘choqda  fibroz  periodontitga  xos  bo‘lgan 
o‘zgarishlar  kuzatiladi  yoki  suyak  to‘qimasida  sklerozga  uchragan  o‘choqlar  hosil  bo‘ladi.  Fibroz  periodontit 
davolovchi muolajalar ta`sirida ba`zida o‘z-o‘zidan granulyatsion chandiqli to‘qimaga aylanishi mumkin. 
Surunkali periodontitni davolash tish olish, tish replantatsisi va ildiz uchi rezektsiyasi bilan olib boriladi. 
Granulyatsiyalovchi  va  granulematoz  periodontitlarda  tish  olingandan  keyin  lunkani  yaxshilab  granulyatsion 
to‘qima  va  granulemalardan  tozalab  tashlash  kerak.  Milkda  oqma  yo‘l  bo‘lsa  uni  reviziya  qilib  atrofini 
granulyatsion to‘qimadan tozalash kerak. Alohida hollarda butunlay oqma yo‘l olib tashlanib 2-3 ta ketgutdan 
chok ko‘yib tikib qo‘yiladi. Surunkali shilliq osti, suyak usti pardasi osti, teri osti granulemasi bilan kechadigan 
granulyatsiyalovchi  periodontitda  tish  olingandan  keyin  shilliq  osti  qavat, suyak  usti pardasi  ostidagi,  teri osti 
kletchatkasidagi  va  teridagi  granulematoz  o‘smalar  yaxshilab  kirib  tashlanadi.  Tish  gemisektsiyasi  tish  tojini 
bo‘lagini  olish  bilan  o‘tkaziladi.  Operatsiyani  yuqori  yoki  pastki  jag`  1,  2,  molyarlarida  ildizlarining  birida 
patologik destruktiv o‘choq bo‘lsa o‘tkaziladi. Agar ildizlararo to‘siq rezorbtsiyaga uchragan, ildizlardan birida 
perforatsiya,  suyak  osti  chuqur  cho‘ntaklari  va  ildiz  uchida  gipertsementoz  bo‘lsa  gemisektsiya 
o‘tkazilmaydi.[Shargorodskiy  A.  G.,  1985].  Gemisektsiyada  konservativ  davo  va  ildizi  saqlangan  tishlarni 
kanallari,  tish  bo‘shligi  bor  va  disklar  yordamida  plombalanadi.  Bu  albatta  muzlatish  ostida  bo‘ladi.  Tish  toj 
qismi  bifurkatsiya  sohasigacha  ehtiyotkorlik  bilan  ajratiladi  va  o‘sha  bo‘lak  ildizi  bilan  olib  tashlanadi. 
Lyuksatsion  harakatlar  engil  bo‘lishi  kerak;  rotatsion  harakatlar  samaraliroq  hisoblanadi.  Agar  tish  ildizi 
elevatorda  olinadigan  bo‘lsa  tayanch  nuqtani  to‘g`ri  tanlash  lozim.  Elevatorni  saqlab  qolinuvchi  tishlararo 
to‘siqqa  tayantirmaslik  kerak.  Tish  bo‘lagini  ildiz  qismi  bilan  olib  tashlangach  shilliq  qavat  mobilizatsiya 
qilinadi va jarohat ustki tomondan tikib qo‘yiladi. (rasm. 8.7, a). Olib tashlangan ildiz katagini gidroksilapatit va 
kollagen  asosli  biomaterial  bilan  to‘ldirish  yaxshi  natija  beradi.  Alohida  hollarda  davolashga  loyiq  bo‘lmagan 
tish ildizlari qiyinchilik tug`diradi bunda shilliq-suyak usti pardasi laxtagi olinadi va ginivotomiya operatsiyasi 
o‘tkazish  lozim  bo‘ladi.  Agar  patologik  o‘choq  ildizlar  ikkiga  ajralgan  sohada,  ayniqsa  perforatsiya  sohasida 


joylashgan  bo‘lsa  tish  toj  qismi  va  ildiz  separatsiyasi  shu  soha  chegarasida  qilinishi  kerak  (ko‘pincha  yuqori 
molyarlarning lunj ildizlari yoki pastki molyarlarning medial va distal ildizlari orasida). Olingan tish katagiga va 
tish  bo‘yni  suyagi  yuzasiga  biomaterial  qo‘yiladi  va  ustidan  tikib  ko‘yiladi.  Ildiz  amputatsiyasi  ham 
gemisektsiya kabi ko‘rsatmalarga asoslanib o‘tkaziladi. Qoidasi bo‘yicha molyarlarning bir ildizi olib tashlanadi 
ko‘pincha  yuqori jag`da.  Yuqori jag`  alveolyar  o‘sig`i  ikkala  yoki  vestibulyar  tomonidan  bulajak  osteotomiya 
soxasini    yopishi  uchun  burchaksimon  yoki  trapetsiyasimon  laxtak  ajratiladi.  Fissur  bor  yordamida  ildiz 
ajratiladi  va  ombur  yordamida  faqat  rotatsion  harakat  bilan  uni  olib  tashlanadi.  Ildiz  ajratishda  va  boshqa 
manipulyatsiyalarda  muzlatishdan  foydalaniladi.  Alohida  hollarda  ildiz  bo‘lagi  olinayotganda  alveola  oldingi 
devorini  pastki  bo‘lagidan  bir  qismini  olishga  to‘g`ri  keladi.  Bo‘sh  alveolani  iloji  boricha  biomateriallar-
gidroksiapatit,  gidroksiapol,  kolapol,  kolapan  va  boshqalar  bilan  to‘ldirish  kerak.  Shilliq-suyak  usti  pardali 
laxtak  ustiga  yopilib,  ketgutli  yoki  poliamidli  chok  bilan  tikib  qo‘yiladi.(rasm.  8.7,  b).  Gemisektsiya  va 
amputatsiyadan keyin kolgan tish ildizi (ildizlar) yana ko‘p yillar o‘z funktsiyasini bajarishi mumkin [Poltavskiy 
V.P.,  1984].  A.G.  Shargorodskiy  (1985)  va  E.V.  Borovskiy  (1996)  olimlar  bu  usullarni  tasdiqlanmagan  kam 
qo‘llaniladigan operatsiyalar deb hisoblashadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin