Davolash. O‘tkir periodontit yoki uning qaytalangan surunkali shakllarida yallig`lanish jarayonini
yo‘qotishga va yiringli ekssudatni atrof to‘qimaga tarqalishini oldini olishga qaratish kerak. Davolash asosan
konservativ olib boriladi. Bu periodontdan ildiz uchi apikal teshigini kengaytirib ekssudatga yo‘l ochish bilan
yiringli o‘choq marginal joylashganda esa milk cho‘ntagini ochish bilan amalga oshiriladi.
Surunkali periodontit (cho’qqili) — periodontning surunkali yallig`lanishi bo‘lib, jarayon o‘tkir bosqichdan
to‘g`ridan-to‘g`ri yoki chetlab o‘tgan holda o‘tishi mumkin.