Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Tish gemisektsiyasi tish  toji qismini rezektsiya qilish bilan ta`riflanadi. Operatsiyani yuqori va pastki 
jag`  birinchi,  ikkinchi  katta  oziq  tishlari  ildizlarining  birida  patologik  destruktiv  uchoq  bo‘lganda  o‘tkaziladi. 
Gemisektsiyani  o‘tkazish  ko‘rsatma  bo‘lib  xisoblanmaydi  agarda  ildizlararo  to‘siqda  rezorbtsiya  kuzatilsa, 
ildizlarning  birida  perforatsiya  hamda,  chuqur  suyak  ichi  cho‘ntagi  bo‘lsa,  shuningdek  ildiz  uchida 
gipertsementoz  kuzatilsa.  [Shargorodskiy  A.G.,  1985].  Gemisektsiyada  qolgan  ildizlarda  konservativ  davo 
ishlari  va  ildiz  kanali  hamda  tish  bo‘shlig`ini  plombalash  aynan  muzlatgan  holda  va  bor,  disklar  yordamida 
o‘tkaziladi.  Ehtiyotkorlik  bilan  tish  toji  bifurkatsiyasigacha  ajratiladi,  so‘ng  tish  qismi  ildizi  bilan  olib 
tashlanadi. Lyuksatsion xarakatlar engil bulishi kerak; yaxshisi rotatsion xarakatlar qilish kerak. Agarda ildizni 
olishda elevator ishlatilsa, unda tayanch nuqtani to‘g`ri aniqlash kerak. Elevatorni saqlanib qolishi lozim bulgan 
tishlararo tusiqqa tayantirmaslik kerak. Tish qismi ildizi bilan olingach jaroxat tozalash o‘tkaziladi, shiliq qavat 
mobilizatsiya  qilinadi  va jaroxat  qirg`oqlarini  birlashtirib tikiladi (rasm.  8.7,  a). Olingan  tish ildizi  alveolasini 
gidroksiapatit  va  kollagen  asosidagi  biomaterial  bilan  to‘ldirish  yaxshi  samara  beradi.  Agarda  ayrim  hollarda 
davolashga loyiq bo‘lmagan tish ildizini olish qiyinchilik tug`dirsa, shilliq-suyak usti pardasi laxtagi olinadi va 
gingivotomiya  o‘tkaziladi.  Agar  patologik  o‘chok  ildizlar  ajralgan  joyda  joylashsa,  ayniqsa  shu  soxada 
perforatsiya  bo‘lsa,  tish  toji  va  ildizi  separatsiyasi  shu  soha  chegarasida  o‘tkazish  lozim  (ko‘pincha  yuqori 
molyarlar lunj ildizlari yoki pastki molyarlarning medial va distal ildizlari soxasida). Olingan tish alveolasiga va 
suyak yuzasi, tish buyin soxasiga biomaterial qo‘yiladi va jarohat qirg`oqlarini birlashtirib tikiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin