Ildiz uchi rezektsiyasi. Bu operatsiyani o‘tkazish periodontdagi surunkali yallig`lanish jarayonini
konservativ yo‘l bilan davolash samara bermaganda shuningdek keyinchalik periodontitni davolashda to‘sqinlik
qiluvchi tish kanalida yo‘qolib qolgan yot modda bilan yopilib qolganda (bor boshchasi, pulpaekstraktor bo‘lagi
va boshq.) ko‘rsatma bo‘lib xisoblanadi. Bu yana qotuvchi plomba xom ashyolari (tsement) bilan ildiz
oxirigacha plombalanmaganda, qo‘shni tishning uchiga tarqalayotgan surunkali osteomielit natijasida operativ
aralashuvda ildiz uchini perforatsiyasida ko‘rsatma bo‘ladi. Ildiz uchi rezektsiyasi asosan kurak va qoziq
tishlarda hamda pastki jag` kichik oziq tishlarida kam hollarda yuqori jag` tishlarida o‘tkaziladi.
Bu operatsiyani o‘tkir va surunkali periodontit xuruji paytida, parodont kasalliklarida tish ma`lum
qimirlash darajasida bo‘lganda, shuningdek tish toji emirilganda o‘tkazish ko‘rsatma bo‘lib xisoblanmaydi.