Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

yakuniy bosqich
 
(5 daqiqa)
 
1.  Yakunlovch
i xulosa 
qiladi. 
2.  Talabalarni 
baholaydi 
3.  Mustaqil ish 
beradi 
4.  Uyga vazifa 
bveradi 
 
 
Amaliy mashgulotning texnologik modeli. 
 
Mashg‘ulot   vaqti-3 soat
 
Talabalar soni 9 
 
Nafar
 
Mashg‘ulot shakli
 
Amaliy mashg‘ulot
 
Mashg‘ulot rejasi
 
1. Kasalliklar klassifikatsiyasi
 
2. Kasallik etiologiyasi
 
3. Kasallik klinikasi
 
4. Kasallikni tashxislash usullari
 
5. Kasalliklarni davolash choralari
 
O‘quv mashg‘ulotning 
 
maqsadi
 
Talabalarga 4 kurs taqvimiy reja asosida mavzularni 
tushuntirish. 
 
Ta`lim berish usullari
 
Mul‘timediya 
 
Interfaol usullar ―Akvarium‖, ―Qor parchasi‖
 
Ta`lim berish shaqllari
 
Jamoaviy
 


Ta`lim berish vositalari
 
O‘quv  uslubiy ishlanma , elektron darsliklar, 
kompyuter
 
Ta`lim berish sharoiti
 
Metodik jixatdan jixozlangan auditoriya
 
Monitoring va jixozlash.
 
 
Protezoldi jarrohligining faol rivojlanishi 50-chi yillarning oxirida boshlangan bo‘lsa ham, u ancha ilgari ham 
ma`lum bo‘lgan. Protezlash bilan shug`ullangan shifokorlar kam ishtiyoq bilan jarrohlikga murojaat etar edilar, 
lekin ko‘pchilik holatlarda protezlarni mustahkamlash uchun yomon sharoitlar mavjudligini ta`kidlar edilar. R. 
Hopkins  (1985)    tish  protezlari  bo‘lgan  80  %  bemorlarda  ularni  mustahkamlash  uchun  yaxshi  tayanchning 
yo‘qligi va og`iz bo‘shlig`ida diskomfort keltirib chiqaruvchi patologik jarayonlar kuzatilishini aniqladi.  
Og`iz  bo‘shlig`i  protezoldi  jarrohligining  rivojlanishida  E.  Lexer  (1909),  P.  Moure  (1923),  W. 
Razanjian  (1924),  M.  Wassmund  (1938),  P.  Lvov  (1923),  A.  A.  Limberg  (1935),  A.  E.  Rauer  (1938),  N.  M. 
Mixelson (1943), A. I. Evdokimov (1943), G. A. Vasilev (1947) kabi klinitsist-jarrohlarning ishlari asos bo‘lib 
xizmat qildi. Protezoldi jarrohligining alohida usullari A. I. Evdokimov (1950), G. A. Vasilev (1950, 1972), M. 
V.  Muxin  (1972,  1998)  larning  kitoblarida  aks  ettirilgan.  Hozirgi  vaqtda  protezoldi  jarrohligi  og`iz  bo‘shlig`i 
kasalliklarini  davolashda  keng  tarqalgan  davolash  usuliga  aylandi.  Unga  monografiyalar,  kitoblar  va 
qo‘llanmalarda boblar bag`ishlangan [Guernsey L., 1973; Toma K., 1980; Laskiii D., 1980; Bell W. et ab, 1988; 
Stoelinga P., 1984; Hopkins R., 1985; Fonseca R., 1993; Krger E., 1993; Tucker M., 1994].  
Protezoldi jarrohligining zarurligi qator omillarga bog`liq bo‘lib, xususan, tabiiy tishlar yo‘qotilgandan 
so‘ng yuqori jag` alveolyar o‘simtasi va pastki jag` alveolyar qismining atrofiyasi ro‘y beradi. Ba`zi bemorlarda 
suyak  atrofiyasi  hamroh  kasalliklar  va  organlarning  o‘zgarishi  –  sistemali  kasalliklar,  suyak  osteporozi  (shu 
jumladan, klimakterik va postklimakterik davrlarda) tufayli zo‘rayishi mumkin. Suyak atrofiyasiga, shuningdek 
mahalliy omillar ham ta`sir etadi. Avvalambor — bu tishni olib tashlagandagi jarohat va alveolalar devorlaridan 
birining tez-tez yo‘qotilib turishi. Protezlardan foydalanish, ayniqsa, ular yomon mustahkamlangan bo‘lsa ham, 
suyakning yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin.  
Protezlash  vaqtida  suyak  atrofiyasini  keltirib  chiqaruvchi  umumiy  organik  va  mahalliy  omillardan 
tashqari, jag`larning o‘ziga xosligi ham qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular atrofik jarayonlarning 
natijasida  hamda  skelet  yuz  suyaklarining  o‘ziga  xosligi,  turi  va  rivojlanishi  bilan  bog`liq  ravishda  namoyon 
bo‘lishi mumkin. Protezlash vaqtida suyak to‘qimasining o‘zi ham qator kamchiliklarga ega bo‘ladi. Tishlar olib 
tashlagandan  so‘ng,  alveolyar  do‘ngchalar  haddan  tashqari  chiqib  turishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  tishlar 
olinayotgan  vaqtda  tish  alveolalarining  devorlari  (ko‘pincha  vestibulyar)  siljib,  suyakda  notekisliklar  hosil 
qiladi.  Protezlash  uchun  yomon  sharoitlar  ham  ko‘pincha  vertikal  va  oldingi  orqa  tomonda  ro‘y  beruvchi 
suyakdagi  atrofik  jarayonlarni,  jag`larning  disproportsiyasini,  alveolyar  yoylar  orasidagi  masofaning 
kattalashuvi  va  ularning  kengligini  kamayishiga  olib keladi. Ko‘pincha  protezlash jarayoni jag`lardagi atrofik 
jarayonlarni  chuqurlashtiruvchi  parodontit,  parodontoz  tufayli  qiyinlashadi.  o‘sib  chiqmay,  suyak  ichida  qolib 
ketgan, ayniqsa, suyak deformatsiyasiga sabab bo‘luvchi tishlar ham ma`lum muammolarni keltirib chiqaradi.  
YUqori  jag`da  ikkita  plastinkaning  qo‘shilib,  qattiq  tanglayni  hosil  qilish  joyida  tanglay  bolishchasi 
sezilarli ravishda namoyon bo‘lishi mumkin. Markaziy tishlarning yo‘qotilishi yuqori jag` alveolyar o‘simtasi 
va pastki jag` alveolyar qismi o‘rtasida noto‘g`ri okklyuziv aloqaning paydo bo‘lishiga va ortishiga olib kelishi 
mumkin.  YUqori  jag`  molyarlari  yo‘qotilganda  tish-antagonistlar  o‘rtasida  ham  balandligi,  ham  okklyuziya 
bo‘yicha  noto‘g`ri  aloqalar  paydo  bo‘lib,  shu  munosabat  bilan  alveolyar  o‘simta  shaklini  kattalashtirish  yoki 
korrektsiya qilishga to‘g`ri keladi.  
Pastki  jag`da  protezlash  uchun  alveolyar  qismning  torayishi,  uning  atrofiyasi  qiyinchiliklarni  keltirib 
chiqarib, natijada iyak osti do‘ngchasi, qiyshiq chiziq, jag`-til osti chiziqlari o‘tkir qirralarga ega bo‘lgan holda, 
chiqib  turadi.  Suyak  atrofiyasi  jarayonlaridan  tashqari,  R.  Popkins  (1985)  fikricha,  tishlarning  surunkali 
kasalliklari hisobiga paydo bo‘luvchi mikrostomiya ham protezlashga to‘sqinlik qilishi mumkin.  
Ortoped-vrach protezlashga bo‘lgan shartlarni o‘rganib, patologik o‘zgarishlari bor bemorlarni faqatgina 
tish protezlari yordamida to‘g`irlab bo‘lmaydigan bemorlarni yuborishlari kerak. Ruhiyo faktorlar ham muhim 
ahamiyatga  ega,  ayniqsa:  operativ  aralashuvlarni  bemorlar  to‘g`ri  tushunishlari;  shikoyatlarni  adekvatligi; 
funktsional  va  estetik  jihatdan  u jarrohlik  va  ortopedik  davolashdan  nimani  kutadi.  Alohida  e`tiborni  bemorni 
tish  proteziga  bo‘lgan  ruhiy  motivatsiyasiga  qaratish  kerak.  Jarroh-stomatolog  jarrohlik  davolashni 
rejalashtirayotganida xavf darajasini, ayniqsa bemorda sistem kasalliklar borligida xavf darajasini hisobga olishi 
zarur. Klinik tekshirishlar rentgenologik, shu qatorda panoram tasvir va jag` modellari bilan birga olib borilishi 
lozim. 
Keyingi  protezlashga  bo‘lgan  tadbirda  birinchi  tayyorgarlik  bo‘lib,  tish  olishda  va  operatsiyalarda 
yuqori jag` alveolyar o‘sig`i, pastki jag` alveolyar sohalarida ishlash vaqtida barcha qoidalarga asoslangan holda 


ishlash kerak. Alveolyar yoy konturiga va tishlarni olishda iloji boricha suyak va yumshoq to‘qimalarni saqlab 
qolishga e`tibor berish kerak. 
Tishni protezlash uchun suyak-plastik operatsiyalarida quyidagi qoidalar bajarilishi lozim: 

Suyak jarohatini yopish uchun etarli darajadagi yumshoq to‘qimalar; 

Plastikadan  oldin  suyak  quyidagicha  tayyorlanishi  kerak  –  uning  yuzasi  ayab  dekortikatsiya 
qilinadi, chunki u qon bilan yaxshilab yuvilishi uchun. 

Okklyuziya  bilan  mos  ravishda  taxlangan  biomateriallarni,  kelajakdagi  rekonstruktsiya  va 
remodelirlangan suyakning real hajmini hisoblash kerak; 

Rekonstruktsiya  qilingan  suyakka  tayangan  kelajakdagi  protezlashda  yuz  garmoniyasi  va  tish 
qatorlarni estetikasini hisobga olish zarur. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin