To’siq ichi alveoloplastikasi. Bitta yoki bir necha tishlar olib tashlangandan so‘ng, keyinchalik
alveolalararo to‘siqlarning rezektsiyasida zarurat tug`ilishi mumkin [Dean O., 1941]. CHiqib turgan yoki
noadekvat alveolalararo to‘siqni olib tashlash va barmoq bilan kuchli bosib turish yo‘li bilan yuqori jag`
alveolyar o‘simtasi yoki pastki jag` alveolyar qismi lateral plastinkalarining repozitsiyasini amalga oshirish
tavsiya etiladi (shilliq qavatning shikastlanishi mumkinligini nazarda tutmoq kerak).
Protez oldi jarrohligining faol rivojlanishi 50-yilar ohiridan rivojlana boshladi, ammo undan oldin ham
qo‘llanilardi. Tish protezlash bilan shug`ullanuvchi shifokorlar protez fiksatsiya qilish uchun sharoiti
bo‘lmagan holatlarda ham, jarrohlik usulini qo‘llashni istamasdilar. R. Hopkins (1985) ma`lumoti bo‘yicha,tish
protezlari mavjud bo‘lgan 80% bemorda protez fiksatsiyasi uchun yaxshi tayanchning yo‘qligini, hamda og`iz
bo‘shlig`ida diskomfortni keltirib chiqaruvchi patologik jarayonlar mavjud bo‘lgan. YUz-jag` xirurglari bu
masalaga etibor berishmagan.
YUqori jag` alveolyar o’siq va pastki jag` alveolyar qismining suyagi yuzasidagi notekisliklarni