Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


YUqori  va  pastki  jag`  alveolyar  o’siqlarini  rezektsiya  qilish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

YUqori  va  pastki  jag`  alveolyar  o’siqlarini  rezektsiya  qilish  quyidagi  hollarda  ko‘rsatilgan: 
protezda tishlar, antagonist tishlar uchun joy bo‘lmaganda ortiqcha to‘qimalar, suyaklarning deformatsiyasida 
qo‘llaniladi. Modelda protez joyini ko‘rib, rezektsiyaning kerakli hajmi olib tashlanadi. Burun va yuqori jag` 
bo‘shlig`ini joylashishi operatsiya vaqtida ularni jarohatlanishini oldini olish uchun rentgenologik tasvirdan 
o‘rganiladi. Alveolyar yoydan chiziqsimon kesma o‘tkaziladi va shilliq-suyak usti laxtagi separatsiya qilinadi. 
Ba`zida  bitta  yoki  bir  necha  qo‘shimcha  og`iz  bo‘shlig`i  dahlizi  asosiga  vertikal  kesmalar  o‘tkazilib, 
burchaksimon,  trapetsiyasimon  shaklli  laxtaklar  separatsiya  qilinadi.  Alveolyar  sohaning  ortiqcha  qismlari 
suyak kusachkalari, dolota, shuningdek, sovutib borlar, frezlar bilan olinadi, bu esa suyak yuzasini silliqlab, 
uni  termik  jarohatlanishidan  oldini  oladi.  Ortiqcha  yumshoq  to‘qimalar  shunday  hisobda  olinishi  kerakki, 
jarohat chetlari tortilmasdan bir-biriga yaqin kelishi kerak. Eng yaxshisi sintetik ipdan uzluksiz chok qo‘yiladi 
[Daniel  R.,  1978;  O‘Ryan  F.,  1992].    Adentiya  holatida  alveolektomiya  yuqori  jag`ning  oldingi  sohasi 
disproportsiyasida  o‘tkaziladi.  O.  Dean  (1941),  K.  Kallenberger  (1953),  H.  Obwegeser  (1968)  tomonidan 
tavsif etilgan suyak korrektsiyalari asosli hisoblanib, garchan alohida mualliflar ularning modifikatsiyalarini 
ishlab chiqqanlar [Keller E. et al., 1987; Sailer H., 1989; Richardson D., Cawood., 1990]. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin