Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


Baland  va  keng  alveolyar  yoyni  shakllantiruvchi  operatsiya



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Baland  va  keng  alveolyar  yoyni  shakllantiruvchi  operatsiya.  Alveolyar  yoyning  etarli  darajadagi 
balandligi  va  kam  miqdordagi  kengligi  bo‘lganda,  shuningdek,  uning  chuqur  buzilishlarida  (o‘tkir 
qirralarning  bo‘lishi,  atrofiya  natijasida  jag`  tanasining  asosigacha  yoyning  yo‘qligi)  qiyin  suyak-plastik 
operatsiyalari  o‘tkaziladi.  Ko‘pincha  jag`lar  fragmentlaridan,  yonbosh  suyak  va  qovurg`alardan  iborat 
autosuyakli plastika o‘tkaziladi. Bu operatsiyalar 50-60 yillarda ishlab chiqilgan. Keyinchalik bu operatsiya 
usullari  takomillashtirilgan.  Allogenli  suyak  keng  qo‘llanilishga  ega  bo‘ldi,  bunga  sababchi  bo‘lib  N.  N. 
Bajanov  va  hammualliflar  (1972)  tomonidan  tekshirishlar  o‘tkazilib,  uning  natijalarini  klinik  amaliyotda 
tadbiq  etishgan.  So‘nggi  yillarda  baland  va  keng  alveolyar  yoyni  biomateriallarni  qo‘llash  bilan 
shakllantiradilar.  Pastki  jag`ni  o‘stirish.  Autotransplantat  sifatida  qovurg`a  yoki  yonbosh  suyak  do‘mbog`i 
ishlatiladi.  15smli  autoqovurg`aning  ikkita  fragmentidan  bittasini  suyak  yuzasiga  joylashtirib,  unga  tish 
yoyini  shakli  beriladi,  ikkinchi  fragmentni  esa  maydalab,  birinchi  fragment  qismlarining  ustiga  sepiladi. 
Transplantatni pastki jag`ning ortiqcha suyagiga biriktirilib, uning alveolyar qismi to‘ldiriladi va transplantat 
qamrab  oluvchi  choklar  bilan  mahkamlaniladi.  Bu  usul  qiyin  hisoblanadi.  Suyakning  qayta  tiklanishi  va 
protezlashgacha bo‘lgan davr ko‘p vaqtdan iborat. Pastki jag`ni sinishi uning sezilarli darajadagi atrofiyasida 
uchrab,  jag`  asosida  uning  suyak  plastikasini  olib  borishga  imkon  bermaydi.  YOnbosh  suyak  do‘mbog`i 
autotransplantatini simli suyak choki yoki mini-plastina va shtiftlar bilan biriktiriladi. SHu bilan birga bu usul 
pastki  jag`  sinishini  oldini  olishiga  qaramay,  protezlashga  bo‘lgan  sharoitlarni  yaxshilamaydi  [Forneca  R., 
Pavis  W.,  1993].  Pastki  jag`  plastikasining  turli  usullari  tasvirlangan.  Bu  usullardan  birida  pastki  jag`ni 
shunday arralash kerakki, uning oral qismi unga birikkan tilosti sohasidagi to‘qimalar bilan birga qoldirilib, 
vestibulyar  sohasi  esa  pastga  tushishi  kerak.  Qolgan  shilliq-suyak  osti  bo‘shliqni  maydalangan  yonbosh 
suyagi  do‘mboqli autosuyakli gidroksilapatit bilan to‘ldiriladi. Pastki jag`ni kattalashtirish uchun gorizontal 
arralash,  yuqori  fragmentni  yuqoriga  ko‘tarib,  o‘rta  bo‘shliqni  maydalangan  autosuyak,  allosuyak  va 
gidroksilapatit  bilan  to‘ldirish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.  Suyakni  o‘stirishni  eng  oddiy  usuli  bo‘lib 
gidroksilapatitni qo‘llanilishi hisoblanadi. Pastki jag` alveolyar qismini sezilarli atrofiyasida qoziq tish yoki 
premolyarlar sohasidan yoy bo‘yicha shilliq qavatda suyakkacha bo‘lgan simmetrik kesmalar o‘tkaziladi. Jag` 


shoxigacha periost osti tunnelli hosil qilinib, uni kerakli balandlik, kenglik va alveolyar qismning va yoyning 
kerakli konfiguratsiyasi hosil bo‘lguncha gidroksilapatit bilan to‘ldiriladi. Jarohat tugunsimon choklar bilan 
tikiladi. Alveolyar qismning shaklini va og`iz bo‘shlig`i dahlizini shakllantirish uchun operatsiyadan keyin 8-
10 kun ichida shinani taqib yurish tavsiya etiladi.  
YUqori jag`ni gidroksilapatit qo‘llash bilan oson va effektiv operatsiya yordamida o‘stirish. Bu usul 
pastki jag`da gidroksilapatit bilan plastikasidagi kabi o‘tkaziladi. Bunda alveolyar yoy o‘rta chizig`i bo‘ylab 
faqat bitta kesma o‘tkaziladi. Periost osti tunnelini yuqori jag` oldingi yuzasida hosil qilinadi. Unga kerakli 
miqdorda material joylanib, alveolyar o‘siqni etarli balandlik va kenglikda shakllantiriladi va 7-8 kunga shina 
taqilib,  uni  simli  yoki  tanglay  shurupi  yordamida  osib  qo‘yiladi.  Bu  uchun  eski  protez  qo‘llanilib,  yangi 
shakllantirilgan  alveolyar  o‘siqqa  mahkamlanadi  [Block  M.,  Goles  T.,  1992;  Block  M.,  Kent  J.,  1993]. 
YUqori  jag`  alveolyar  o‘sig`ini  kattalashtirishni  bir  vaqtning  o‘zida  yuqori  jag`  bo‘shlig`ini  gidroksilapatit 
yordamida  ko‘tarish  bilan  o‘tkazish  mumkin.  YUqori  jag`ni  o‘stirish  pastki  jag`nikiga  qaraganda  kamroq 
talab qilinadi. Biroq suyakning katta atrofiyasida va tanglay gumbazining adekvat shakli bo‘lmaganda uning 
alveolyar  o‘sig`ini  kattalashtirish  operatsiyasi  o‘tkaziladi.  Qovurg`adan  autotransplantat  sifatida  qo‘llash 
mumkin. Bu operatsiya pastki jag`ni o‘stirish operatsiyasiga analog hisoblanadi. Le For III bo‘yicha alveolyar 
o‘siqni  ajratish  (osteotomiya)  o‘tkaziladi  va  bu  maydonning  interpozitsiyasi  pastga  shilliq-periostosti 
bo‘shliqni  esa  maydalangan  autogen  suyak    (yonbosh  suyak  do‘mbog`i  yoki  qovurg`a)  bilan  to‘ldiriladi. 
Transplantat jag` tanasiga va yonoq suyagiga metall sim, vintlar, vintli mini-plastina bilan biriktiriladi. Biroq 
bu  operatsiyalardan  keyin  suyak  rezorbtsiyasi  kuzatiladi  va  qayta  operatsiyaga  muhtoj  bo‘lib  qolinadi. 
Bunday hollarda bemor uzoq vaqt protezni qo‘llay olmaydi. YUqori jag` alveolyar o‘sig`ining atrofiyasidan 
so‘ng,  ayniqsa,  distal  sohada  tish  proteziga  tayanch  maydoni  etarli  bo‘lmaganda  yuqori  jag`  do‘mbog`i 
plastinkasi o‘tkaziladi. SHilliq-periost osti laxtagi alveolyar yoy bo‘yicha qanot-tanglay burmasining yuqori 
nuqtasigacha ajratilib, yuqori jag` do‘mbog`i yalag`ochlanadi va qanotsimon o‘siqning lateral plastinkasining 
ortiqcha qismini osteotom  bilan ajratilib, uni qanotsimon ilmoq bilan birga orqaga siljitiladi. Hosil bo‘lgan 
chuqurchaga  laxtag  oxiri  qo‘yiladi.  Jarohat  yuzasi  yodoform  suyuqligiga  shimdirilgan  bog`lam  bilan 
berkitiladi.  Jarohat  ikkilamchi  tortilish  bilan  bitadi.  Buning  natijasida  tish  protezining  fiksatsiyasiga  juda 
yaxshi sharoit yaratiladi [Ticker M., 1994]. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin