Lab yuganchasi kaltaligidagi operatsiya. YUqori va pastki lab yuganchalari kaltaligi bor bemorlarda
protezning fiksatsiyasi qiyinchilikni tug`diradi. Xirurgik taktika turli xil bo‘lishi mumkin. Keng asosli til
yuganchasi alveolyar o‘siqqa birikkan bo‘lgan hollarda uni periostga nisbatan ellips shaklda qilib kesiladi.
SHilliq qavat periostga tikiladi, iloji boricha milk egatining butun chuqurligiga tikilishi kerak. Hosil bo‘lgan
jarohat butun uzunligi bo‘yicha periost bilan birga qo‘shib tikiladi. Lab yuganchasini uzaytirish uchun
uchrashuvchi uchburchakli laxtakli plastika o‘tkaziladi, xuddi til yuganchasi operatsiyasiga o‘xshaydi,
analogi hisoblanadi. Alveolyar o‘siqqa birikkan keng asosli yuganchani uzaytirishda, protez qirrasi natijasida
paydo bo‘lgan yallig`lanish o‘zgarishlarida maqsadga muvofiq bo‘lib, milk egatidan boshlanuvchi, pastki jag`
alveolyar qismiga yo‘nalgan burchaksimon ko‘tariluvchi kesmalar hisoblanadi. Alveolyar yuzasi bo‘ylab
uchburchakli laxtak ajratiladi va milk egati darajasida uning oxirlarini suyak usti pardasiga tikiladi. Hosil
bo‘lgan jarohat yuzasi ikkilamchi tortiluvchi bo‘lib bitadi.