Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


YAllig`langan-o’zgargan  ortiqcha  to’qimalarni  olib  tashlash



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

YAllig`langan-o’zgargan  ortiqcha  to’qimalarni  olib  tashlash.  YOmon  fiksatsiyalangan  tish 
protezlarini taqib yurganda, ularning noadekvatligi natijasida ko‘pincha alveolyar yoy, milk egatchasi shilliq 
qavatida  fibroz  o‘simtali  o‘zgarishlar  yuzaga  keladi.  Tish  protezini  korrektsiya  qilish  bilan  bunday 
o‘zgarishlarni yo‘qotish mumkin. Boshqa hollarda esa patologik to‘qimani operativ yo‘li bilan olib tashlash 
zarur.  Eng  oddiy  usul  bo‘lib,  elektrokoagulyatsiya  yoki  lazer  yordamida  olib  tashlash  hisoblanadi,  bunda 
jarohat  tampon  ostida  ikkilamchi  tortilish  bilan  bitadi.  Sezilarli  miqdorda  ortiqcha  yallig`langan  to‘qimalar 
bo‘lganda,  periostgacha  bo‘lgan  oddiy  kesib  olib  tashlash  usuli  o‘tkaziladi,  so‘ng  jarohat  tugunsimon  yoki 
uzluksiz choklar bilan tikiladi. Jarohatni tikish uchun to‘qimalar etishmaganda uning qirg`oqlarini tortmasdan 
suyak usti pardasiga tikib qo‘yiladi; hosil bo‘lgan nuqson ikkilamchi tortilish bilan bitadi. Barcha jarrohlik 
aralashuvda kelajakda protezlash uchun sharoitlarni hisobga olish shart, shu o‘rinda etarli chuqurlikdagi milk 
egatini  hosil  bo‘lishi  ham.  SHakllantiruvchi  shina,  perevyazka  yoki  gigienik  aralashuvlarda  echiluvchi 
yumshoq taglik asosli protezlarning fiksatsiyasi bunga olib kelishi mumkin. 
Eng qiyin bo‘lib, qattiq tanglay shilliq qavatidagi papillamatoz o‘simtalarni olish hisoblanadi. Bunday 
o‘zgarishlar  asosan  tish  protezlari  shikastlanishida,  og`iz  bo‘shlig`ining  etarli  bo‘lmagan  gigienasida, 
zamburug`li infektsiyalarda yuzaga keladi. Konservativ davolash va protez korrektsiyalari effektiv bo‘lmagan 
holatlarda  operativ  aralashuvlar  talab  qilinadi.  Bu  koagulyatsiya,  lazer  yordamida  olib  tashlash,  suyuq  azot 
bilan  obrabotka,  bor  yordamida,  shuning  skalpel  bilan  patologik  to‘qimalarni  suyak  usti  pardasigacha 
olishdan  iborat  bo‘ladi.  Albatta,  to‘qimalarni  patologoanatomik  tekshirish  zarur.  Bog`lam  va  himoya 
plastinkasi (iloji bo‘lsa yumshoq tagliklisi ma`qul) bilan jarohat yuzast yopilganda, 4 hafta ichida ikkilamchi 
tortilish  bilan  jarohatni  bitishiga  yaxshi  sharoit  yaratiladi.  YUqori  jag`  alveolyar  o‘sig`i  va  pastki  jag` 
alveolyar  qismini  qoplab  turuvchi  shilliq  qavat  va  suyak  usti  pardasidagi  g`adir-budurlikni  kamayishida 
patologik  maydonini  qamrab  oluvchi  ellipsimon  ulanib  ketuvchi  kesmalar  o‘tkaziladi.  Bir-biriga  teguvchi 
tortilmasdan  vestibulyar  va  oral  tomondan  shilliq-suyak  usti  pardasi  laxtagi  mobilizatsiya  qilinib,  so‘ng 
jarohat  tugunsimon  yoki  uzluksiz  choklar  yordamida  tikiladi.  Agar  jarohat  chetlarini  bir-biriga 
yaqinlashtirgandan so‘ng yalag`ochlangan suyak maydonchasi qolsa uni doka tamponi bilan yopiladi. Jarohat 
ikkilamchi tortilish bilan bitadi. Retromolyar sohadagi to‘qimalar hajmini kamayishi. Bu sohada gipertrofiya 
natijasida ko‘pincha ortiqcha to‘qimalar kuzatiladi. Ortiqcha to‘qimalar ellipssimon shaklda kesiladi, nuqson 
qirralari  yupqalashtirilib,  jarohat  tugunsimon  yoki  uzluksiz  choklar  yordamida  tikiladi.  Tanglay  distal 
sohasidagi  ortiqcha  yumshoq  to‘qimalarni  olib  tashlash.  Tanglay  gumbazining  distal  qismida  ko‘pincha 
ortiqcha  yumshoq  to‘qimalar  aniqlaniladi,  bu  esa  uning  torayishiga  va  protezlashda  qiyinchiliklarga  olib 
keladi. Operatsiya vaqtida oldingi tanglay arteriyasi, qanotsimon venoz tutamining jarohatlanishi kuzatiladi, 
shuning  uchun  to‘qimalar  yuzaki  olib  tashlanadi.  Ortiqcha  yumshoq  to‘qimalar  o‘tkir  yupqa  skalpel  bilan 
shilliq  qavat  va  shilliq  osti  qavat  chuqurligiga  teguvchi  yuzagacha  olinadi.  Jarohat  chetlari  yaqinlashtirilib, 
choklar qo‘yiladi va jarohat yuzasiga himoya plastinkasi taqiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin