Og`iz bo’shlig`i yumshoq to’qimalari operatsiyasi Tishlar olingandan so‘ng ko‘pincha yumshoq to‘qimalarda o‘zgarish kuzatiladi. SHuningdek, alohida
anatomik hosilalarning tug`ma buzilishlari ham uchraydi. Buning hammasi protezlashga qiyinchilik
tug`diradi va jarrohlik davolashni talab qiladi. Ortiqcha yumshoq to‘qimaning bo‘lishi suyakni kattalashtirish
mumkinligi uchun kerak bo‘lish nuqtai nazaridan baholanishi kerak. Til yuganchalari kaltaligidagi
operatsiyalar. Protezlashda ba`zida til yuganchasini uzaytirish talab qilinadi. Buning uchun yugancha bo‘ylab
uzun kesma o‘tkaziladi va ikkita uchburchakli laxtak shakllantirilib, ular o‘zaro kelishtiriladi va yupqa ketgut
yoki sintetik ip yordamida mahkamlanadi [Muxin M., V., 1973; Aleksandrov N. M., Balin V. V., 1998;
Obwegeser H., 1969; Forseca R., Davis N., 1993]. Operatsiya vaqtida tilosti so‘rg`ichlarning joylashishini
hisobga olish zarur, chunki ularni jarohatlab qo‘yish mumkin. Til yuganchasining sezilarli darajada
kaltaligida uni gorizontal kesish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tilni to‘liq erkinlashtirganda jarohat romb
shaklini oladi va jarohat chetlarini vertikal yaqinlashtirganda bunday shakl to‘qimalar elastikligini qo‘llashga,
chok qo‘yilishiga imkon yaratadi [Muxin M. V., 1973; Ticker M., 1984; Hopkins K., 1985]. Pastki jag`
alveolyar sohasining atrofiyasida yugancha to‘g`ridan to‘g`ri yoyga birikadi. Bunday holatlarda uni
burchaksimon kesma holida kesiladi, uning cho‘qqisi pastki jag` alveolyar sohasiga qaragan bo‘lib, tilning
pastki yuzasidagi laxtakni uni to‘liq ozod bo‘lgunicha ko‘chiriladi. Hosil bo‘lgan jarohat mahkamlab tikiladi.