mobilizatsiyalanadi va siljitiladi. Og`iz bo‘shlig`i dahlizida katta chandiqli tortilishlar bo‘lganda etarli
darajadagi gumbazni hosil qiluvchi operativ aralashuvda ularni kesish yoki kesib olib tashlashdan iborat.
Hosil bo‘lgan jarohat yuzasiga qorin sohasidan olingan 1,5-2 smga ega bo‘lgan bo‘lakli laxtaklar
joylashtiriladi va uni vkladishga fiksatsiya qilib qo‘yiladi.
Vkladishni esa ipak bilan shilliq qavat
qirg`oqlariga fiksatsiya qilinadi. Qo‘shimcha qilib,vkladish ustidan va pastki jag` tanasi bo‘ylab sintetik ip
yordamida matratsli choklar qo‘yish mumkin. Vkladish 7-11 kuni olib tashlanadi, shakllantiruvchi protezni
esa ba`zi hollarda darrov taqiladi, boshqa hollarda esa 4-5 sutkadan keyin. So‘nggi yillarda tanglay shilliq
qavatidan olingan erkin laxtakni ko‘chirib o‘tkazish qo‘llanilyapti.
Dostları ilə paylaş: