Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi


YUqori  va  pastki  jag`larda  ekzostozlarni  olish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

YUqori  va  pastki  jag`larda  ekzostozlarni  olish  ular  katta  bo‘lganda  va  yaqqol  ko‘ringan  hollarda 
qo‘llaniladi.  Alveolyar  yoy  bo‘yicha  kesma  o‘tkaziladi  yoki  uni  vertikal  kesmalar  bilan  to‘ldiriladi. 
Burchaksimon  yoki  trapetsiyasimon  shaklli  laxtak  ochilib,  deformatsiyalangan  suyakning  har  bir  sohasi 
yalang`ochlanadi. Ekzostozlar suyak  kusachkalarida yoki ba`zida bolg`acha bilan doloto yordamida olinadi, 
sovutiish  yordamida  suyakning  usti  borlar,  frezlar  bilan  silliqlanadi.  Suyak  usti  g`adir-budurini 
korrektsiyasini  biomaterialni  qo‘yish  bilan  to‘g`irlash  mumkin.  Albatta  suyakka  osteoplastik  materialni 
qo‘yish  uchun  suyakni  tayyorlash  kerak,  chunki  uning  yuzasi  qon  bilan  yaxshi  yuvilib  turishi  kerak. 
Joylangan  biomaterial  suyak  yuzasi  bo‘ylab  kondensatsiya  qilinadi  va  yumshoq  to‘qimalar  bilan  yopiladi. 
SHilliq-suyak  usti  laxtakni  joyiga  qo‘yib,  tugunsimon,  matratsli  yoki  uzluksiz  choklar  bilan  fiksatsiya 
qilinadi. Alveolyar o‘siqning tanglay tarafidagi ekzostozni olish vaqtida alveolyar yoy bo‘yicha chiziqsimon 
kesma o‘tkazib, suyak yalang`ochlanadi. Pastki jag` alveolyar o‘siqning til tarafidagi ekzostozni olish vaqtida 
ham  xuddi  shunday  alveolyar  yoy  bo‘yicha  chiziqsimon  kesma  o‘tkazilib,  astalik  bilan  suyak  yuzasidan 
shilliq-suyak usti pardasi osti laxtagi ajratiladi. Ekzostozlar bor, frez, tish rashpili yordamida olinadi. Suyak 
yaxshi  ko‘rinishi  uchun  o‘tmas  ilgak  bilan  yumshoq  to‘qimalar  chetga  suriladi,  shuningdek,  til  nervi, 
arteriyalar  va jag`osti  so‘lak  bezlarining  yo‘llari  yaqin joylashganini  ham  hisobga  olish  kerak.  Uncha  katta 
bo‘lmagan  ekzostozlar  va  alveolyar  o‘siq  kengligi  etarli  darajada  bo‘lmaganda  ekzostozlar  olinmaydi. 
SHunga mos keluvchi suyak yuzasida ko‘ndalang kesma o‘tkazilib yoki shilliq qavat, suyak usti pardasidan 
kesma o‘tkaziladi va suyak usti pardasi osti tonnelli hosil qilinib, gidroksilapatit yoki boshqa biomateriallar 
qo‘yiladi, tekis va kerakli kenglikdagi alveolyar o‘siq shakllantiriladi. SHilliq qavatdagi jarohat tikiladi. Iloji 
boricha jarohat ustidan shakllantiruvchi plastinka yoki parodontal qoplamalar qo‘yilishi kerak.  

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin