Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Autotransplantatsiyani  xuddi  tish  replantatsiya  kabi  o‘tkaziladi.  Biroq  autotransplantatsiya 
stomatologiya amaliyotida qo‘llanishga ega bo‘la olmadi.  
Tish allotransplantatsiyasi bir kishidan ikkinchi kishiga tishni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini o‘zida 
aks  ettiradi.  G.  E.  Dranovskiy  (1978)  va  M.M.  Maksudov  (1980),  bolalarda  tish  murtaklarini 
allotransplantatsiyasini  o‘tkazib  eksperimenttal  va  klinik  kuzatuvlar  asosida  bu  tishlarning  jonlanishi, 
rivojlanishi va o‘sib chiqishini aniqladilar. H.I. Xamitova, (1991), ma`lumoti bo‘yicha  vital transplantatsiya 90 
% hollarda [Xasanov P.A., 1996] musbat natija berdi. Muallif tishni murdadan ya`ni o‘lgandan keyin dastlabki 4 
soat  ichida  va  sog`lom  donorlardan  esa  «Bukom»  aralashmasida  konservatsiya  qilingandan  keyin  qo‘llashni 
tavsiya kiladi. Tishni tanlash muhim rol o‘ynaydi. O‘tkazilgandan keyin uning to‘g`ri konservatsiyasi va tushib 
ketishini oldini olish muhim ahamiyatga ega. Operatsiya metodikasi replantatsiya va autotransplantatsiya bilan 
bir xil o‘tkaziladi. Tish implantatsiyasi allotransplantatsiya yoki eksplantatsiyaga kiradi. Tish olish paytida tish 
tezkor  implantatsiya  nomini  oladi.  Operatsiya  jadal  tusda  va  xozirgi  vaqtda  keng  qo‘llanilmoqda,  vaholanki 
umum  tan  olingan  implantatsiya  tish  olingandan  4-6  oy  o‘tgach  qo‘llaniladi.  [Surov  O.H.,  1993;  Mirgazizov 
M.Z., 1994; Misch K., 1993; Block M., 1993]. Eksperimental [Parr G. et al., 1994] va  morfologik [Barzilay J. 
et al., 1990; Nail G. et al., 1990] tekshirishlar va klinik kuzatishlar [Nisnik G., 1982; Virna K., 1991, 1992, va 
bosh.] tish olingandan keyin bajarilgan tezkor implantatsiya samaradorligi yuqoriligidan dalolat beradi. Tezkor 
implantatsiya ma`lum bir xususiyatga ega bo‘lib, tish olingandan keyin yuzaga keladigan alveolani qisqarishiga 
va suyak rezorbtsiyasiga sabab buladi. [Robustova T.G., Fedorov I.A., 1997; Block M., Kent J., 1991]. Tezkor 
implantatsiya  tish  travmasida  –  tish  chiqishlarida  va  uni  to‘g`rilash  imkoni  bo‘lmaganda,  ildizning  o‘rta  vo 
yuqori qismlari singanda, surunkali periodontitda toj kismi sezilarli darajada emirilganda va ildiz yumshagnda, 
tishni  konservativ  davolash  effekti  bulmaganda,  parodontitni  II-III  darajasida  vertikal  yunalishda  suyak 
rezorbtsiyasi  kuzatilganda  kursatma  buladi.  Implantatsiyani  suyak  o‘sishi  to‘xtagandan  keyin  o‘tkazish  kerak 
ayniqsa 18—20 yoshli patsientlarda [Oesterl L. et al., 1993].  
Tezkor  implantatsiyani  o‘tkir  va  surunkali  periodontit  xurujlarida,  parodont  o‘tkir  yallig`lanishlarida, 
suyakning  sezilarli  destruktiv  o‘zgarishlarida,  shuningdek  og`iz  bo‘shlig`i  sonatsiya  qilinmaganda  o‘tkazish 
uchun ko‘rsatma bo‘lib hisoblanmaydi.  



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin