Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

 
 
 
O’tkir periodontit deb - periodontal yoriqda joylashgan to‘qimalarning yallig`linishiga aytiladi (periodont). 
U infektsion, travmatik, allergik va medikamentoz bo‘lishi mumkin.  
Tezkor  stomatologik  yordamga  (Gromova  O.Y.,  1990)  surunkali  periodonititning  qaytalanishi  kasalligi 
bilan murojaat qilgan bemorlar soni 75 % ni tashkil qiladi. H.H. Bajanova va yordamchi avtorlar (1987) bergan 
ma`lumoti bo‘yicha 31 % o‘tkir odontogen infektsiyaning sababi tishni to‘liq radikal davolamaslik hisoblanadi, 
69  %  periodontitning  rivojlanishiga  esa  davolanmagan  tish  sabab  keladi.O‘sha  vaqtda  E.V.  Borovskiy  (1996) 
tasdig`i  bo‘yicha  50  %  50  yoshdan  katta  bo‘lgan  bemorlar  periodontidagi  yallig`lanish  jarayonlari  kelib 
chiqishiga,  olingan  tish  bo‘lib  hisoblanadi.  Aynan  ana  shu  muallifning  uzi  SMITI  (TSNIS)  ma`lumotlari 
buyicha periodontitning xirurgik davolash usulining kam foizligini kursatib berdi. 


Infektsion  periodontit  og`iz  bo‘shlig`idagi  infektsiyani  ichkariga  kirgazish  yuborish  natijasida  yuzaga 
keladi.  Ko‘pincha  tishni  ildiz  uchi  sohasi,  kam  hollarda  yon  qismlari  zararlanadi.  Travmatik  periodontit 
birlamchi  (kuch  ta`sirida,  lat  eyish)  hamda  surunkali  jarohatlar  okklyuziya  buzilishida,  zararli  odatlar  va 
jarohatlovchi tishlar natijasida yuzaga keladi. 
Medikamentoz va allergik periodontit pulpitni dori moddalar bilan davolash natijasida hamda dori moddalar 
ta`sirida  periodontda  allergik  reaktsiyalar  yuzaga  kelishi  mumkin.  Klinik  amaliyotda  ko‘pincha  infektsion 
cho‘kkili periodontitlar ko‘p uchraydi. 
Klinik  ko‘rinishi  va  patologoanatomik  o‘zgarishlariga  qarab  periodontdagi  yallig`linish  jarayonlarini 
quyidagi keyingi guruh va guruhchalarga bo‘lish (I.G. Lukomskiy bo‘yicha). I guruh: 1) seroz o‘tkir periodontit 
(chegaralangan  va  tarqalgan),  2)  yiringli  periodontit  (chegaralangan  va  tarqalgan);  II  guruh  —  surunkali 
periodontit:  1)  granulyatsiyalovchi,  2)  granulematoz,  3)  fibroz;  III  guruh—  surunkali  periodontit  xuruj 
bosqichidagi surunkali periodontit.  
O‘tkir periodontitda bemor chaynashda, tish bosilganda, chaynov va  kesuvchi  yuzasi bo‘yicha perkussiya 
o‘tkazilganda kuchayib boruvchi og`rikni sezadi.Tish uzayib va o‘sib qolganga o‘xshab tuyuladi. Tish uzoq vaqt 
bosib turilganda og`riq biroz kamayadi. Keyinchalik og`riq xissi kuchayadi, uzluksiz yoki qisqa to‘xtab-to‘xtab 
og`ruvchi  tus  oladi,  ayrim  paytlarda  pulsirlovchi  og`riqlar  yoki  uch  shoxli  nerv  bo‘yicha  og`riqlar 
irradiatsiyalanadi.  Bemor  umumiy  ahvoli  qoniqarli.  Tashqaridan  qaralganda  o‘zgarishlar  sezilmaydi. 
Zararlangan  tish  bilan  bog`lik  bo‘lgan  limfa  tugunlari  shishishi  va  og`rishi  kuzatiladi.  Alohida  hollarda  tish 
bilan bog`lik bo‘lgan jag` osti yumshoq to‘qimalari sohasida kollateral shish kuzatilishi mumkin. Gorizontal va 
vertikal perkussiya og`riqli. Milk va alveolyar o‘siq shilliq qavati, ayrim hollarda og`iz dahlizi ildiz proektsiyasi 
bo‘ylab  giperemirlangan  va  shishgan.  Ildiz  proektsiyasi  bo‘ylab  alveolyar  o‘siq  palpatsiyasi,  ayniqsa  ildiz 
uchiga to‘g`ri keladigan sohasi og`riqli. Ayrim paytda og`iz dahlizi ildiz proektsiyasi va o‘tuv burma yo‘nalishi 
bo‘ylab yumshoq to‘qimani instrument bilan bosib ko‘rilganda yumshoq to‘qimada instrument izi qoladi bu esa 
shishganligidan  dalolat  beradi.  Harorat  va  elektroodontometrik  ta`sirlovchilar  ta`sirida  pulpa  jovob  reaktsisi 
qaytarmaydi.  O‘tkir  jarayonda  rentgenogrammada  patologik  o‘zgarishlar  kuzatilmasligi  yoki  periodontal 
yoriqning 
kengayishi 
kuzatilmasligi 
mumkin. 
Surunkali 
periodontitning 
qaytalanishi 
natijasida 
granulyatsiyalovchi, granulematoz, kam hollarda fibroz periodontitga xos bo‘lgan belgilar yuzaga keladi. 
  Qiyosiy  tashxis.  O‘tkir  periodontitni  o‘tkir  pulpit,  periostit,  jag`lar  osteomieliti,  yiringlagan  ildiz  kistasi 
o‘tkir  odontogen  gaymorit  bilan  qiyosiy  tashxislash  lozim.  Pulpitdan  farqli  ravishda    o‘tkir  periodontitda 
og`riqlar  doimiy,  pulpani  diffuz  yallig`lanishida  esa  –  hurujsimon.  O‘tkir  periodontitda  o‘tkir  pulpitdan  farqli 
ravishda  yallig`lanishli  o‘zgarishlar  tishga  yaqin  bo‘lgan  milkda  ham  kuzatiladi,  perkussiya  og`riqli.  Tashxis 
qo‘yishda elektroodontometriya ma`lumotlari katta yordam ko‘rsatadi.  

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin