kamaytirish va korrektsiya qilish. Suyakda protezlashga xalaqit beruvchi notekisliklar mavjud bo‘lganda
o‘tkaziladi. Bu chiqib turuvchi suyak, yoki gipertrofiyalangan, ortiqcha to‘qimalar ko‘rinishida bo‘ladi.
Xuddi to‘siq ichi alveoplastikasi usuli kabi normal alveolyar yoyni hosil qilish uchun shilliq-suyak usti
laxtagi ochilib, jag`larning alveolyar o‘sig`ini ikki tomonidan ham yalang`ochlanadi. Suyakning bo‘rtgan,
tekis bo‘lmagan va boshqa deformatsiyalar suyak kusachkalari, borlar, frezlar bilan tekislanadi. Ortiqcha
yumshoq to‘qimalar bo‘lganda ularni olib tashlab, jarohatni tugunli ketgutli choklar yoki poliamid iplar bilan
tikiladi. YUqori jag` operatsiyasida yuqori jag` bo‘shlig`ini chegarasini aniqlab, uning tubini jarohatlanishini
oldini olish mumkin; pastki jag`da – dahan teshigini joylashishiga va undan asab-qon tomir tutamini
chiqishiga e`tiborni qaratish kerak.