Tish ildizlari alveolada qolganda operativ aralashuvlar. Jag`lar atrofiyasi profilaktikasi va
protezlash uchun optimal sharoitlarni yaratish maqsadida alveolada tish ildizlari qoldiriladi. CHuqur klinik-
rentgenologik tekshirishlardan so‘ng plombalangan tishlar va ildizlarni shunday charxlash kerakki, milk
qirg`og`idagi cho‘ntak chuqurligi 3 mmdan katta bo‘lmasligi kerak. CHuqur cho‘ntak va milk gipertrofiyasi
bo‘lganda gingivektomiya o‘tkaziladi. To‘qimalar mobilizatsiya qilingach, ildizlar shilliq qavat va periostli
laxtak bilan yopilib, tikiladi. To‘qimalar etishmaganda va alveolyar yoyni qayta tiklashda shilliq qavatdan
iborat erkin laxtakni ko‘chirib o‘tkazish mumkin.
Ba`zi bir qiyin holatlarda (suyak atrofiyasi va tishlar yo‘qotilishi natijasida bazal suyakka yopishgan,
alveolyar yoyning butunlay atrofiyasida, tish protezlari taqilgandan so‘ng, umumiy kasalliklar va b.qalar)
chuqur kuchayib boruvchi operativ aralashuvlar o‘tkaziladi.