Dahan do’mbog`i va dahan bo’rtiqligini kichraytirish. Pastki jag` atrofiyasida tish protezini adekvat
mahkamlanishiga dahan do‘mbog`i yoki bo‘rtiqligi qarshilik ko‘rsatishi mumkin. Agar boshqa echim
bo‘lmasa, do‘mboq yoki bo‘rtiqni kichraytirish kesuv tishlar sohasida alveolyar yoy bo‘yicha kesma bilan
o‘tkaziladi. Til tarafdan shilliq-suyak usti pardasi laxtagi ajratilib, dahan-til mushagi tutamining bir qismi
ajratiladi va yalang`ochlangan dahan do‘mbog`i yoki bo‘rtiqligini astalik bilan iskana yoki suyak
kusachkalari yordamida olinib, keyin esa suyak yuzasi bor bilan tekislanadi. Mushak shunday tikiladiki (yoki
tutamning bir qismi mahkamlanishsiz qoldiriladi) og`iz bo‘shlig`i tubi pasayishi kerak [Hopkins R., 1985;
Tucker M., 1994].