modifikatsiyalarda qo‘llaniladi. Operatsiyalar og`iz bo‘shlig`i dahlizini kattalashtirishdan iborat. Pastki jag`
alveolyar qismining kengligi 15 mmdan kam bo‘lmasligi kerak. Boshida 4 mmdan kam bo‘lmagan soch
tolalari bo‘lmagan sohadan olingan terili laxtak tayrlanadi. Alveolyar yoy bo‘yicha kesma o‘tkazilib, shilliq-
suyak usti pardasi yumshoq to‘qimalar va mushak bilan birgalikda bichiladi (odatda butun yuz-tilosti va
dahan-til mushagining yuqori qismi ajratiladi). Uni jag`ning vestibulyar va til yuzasidan ko‘chirilib, uning
asosida tikiladi. Jag`ning yalang`ochlanib qolgan maydoniga teri transplantati qo‘yilib, jag`ni atrofdagi
to‘qimalar bilan tikiladi va shina yordamida ushlab turiladi. Quyidagiga e`tibor berish kerakki, shinaning
qirg`oqlari pastki jag` dahlizi gumbazining barcha sohalariga tegib turishi kerak. Etti kundan so‘ng o‘rab
turgan choklar olinadi. Qayta bog`lam bir kundan so‘ng, gigienik muolajalar esa har kuni o‘tkaziladi.
Protezlashni 3-4 haftadan keyin o‘tkazish mumkin. Og`iz bo‘shlig`i dahlizining shilliq osti plastikasi.
Alveolyar o‘siqning sezilarli darajasidagi atrofiyasida va yuqori jag`da tananing mavjudligida protez
fiksatsiyasiga kerakli sharoitlarni yaratish uchun og`iz bo‘shlig`i dahlizida shilliq osti to‘qimalarning
plastikasi o‘tkaziladi [Obwegeser H., 1969]. Bunday operatsiyaga majburiy shart bo‘lib, yuqori lab va og`iz
bo‘shlig`i dahlizida shilliq qavatining etarli miqdori bo‘lishi kerak. Dahliz markazida shilliq qavatning
vertikal kesmasi o‘tkaziladi va uni shilliq osti qavatdan ajratiladi. Keyin markazdan suyak usti pardasi
kesiladi va uning tashqi yuzasidan suyak usti pardasi osti tunneli shakllantiriladi (og`iz bo‘shlig`i dahlizining
ikkala tonneliga mos ravishda). SHilliq osti to‘qimasi kesiladi yoki uni oyoqchada yuqoriga ko‘chiriladi.
Jag`ga shina yoki korrektsiya qilingan eski protez taqiladi va uni tanglay shurupi yoki simli choklar bilan osib
qo‘yiladi. Og`iz bo‘shlig`i dahlizi chuqurligi yaxshi mahkamlangan bo‘lishiga juda e`tibor berish kerak.
Jarohat bitgandan uch haftadan so‘ng protezlashga o‘tiladi. YUqori jag` dahlizini shilliq yoki terili
transplantatlar bilan plastikasi. Tish protezining adekvat fiksatsiyasi uchun og`iz bo‘shlig`i dahlizi etarli
bo‘lmaganda, yuqori lab shilliq qavati etishmaganda, shilliq osti to‘qimalar plastikasi esa lab yuganchasining
kaltalanishiga olib kelishida maydalangan teri transplantatini erkin ko‘chirib o‘tkazish plastikasi ko‘rsatma
bo‘lib hisoblanadi. Og`iz bo‘shlig`i dahlizi gumbazi bo‘yicha shakllangan bu transplantat jarohatga ko‘chirib
o‘tkaziladi. SHakllantirilgan chuqurlikda og`iz bo‘shlig`i dahlizini kattalashtirish uchun tanglaydan olingan
taqa shaklidagi erkin laxtak ko‘chirib o‘tkaziladi. Xuddi shunday yuqori labdan olingan oyoqchali laxtakni
ham ishlatish mumkin. Bunday hollarda periostning yopishmagan maydonchalari qolib, ikkilamchi tortilish
bilan bitadi. Barcha hollarda shina yoki protez taqilib, u osish yo‘li yoki tanglay vinti bilan fiksatsiya qilinadi.
4 haftadan so‘ng protezlashga o‘tish mumkin. Plastikaning uchinchi usulida operatsiyadan keyingi davr
ko‘proq bo‘ladi, shuning uchun protezlash kechki muddatda o‘tkaziladi. Dahan nervini siljitish. Pastki jag`ni
sezilarli atrofiyasida dahan teshigidan chiquvchi qon tomir-asab tutami tish yoyi sohasida joylashgan bo‘lishi
mumkin. Bunday hollarda tish protezlarini taqish og`riqli bo‘ladi. Agar konservativ chora-tadbirlar, protez
korrektsiyasi yaxshi natijas bermasa, unda dahan nervini siljitish ko‘rsatma bo‘ladi. Uzunligi 4 sm bo‘lgan
kesma alveolyar yoy bo‘yicha, ba`zida esa oldingi sohada (vertikal) o‘tkaziladi. Burchaksimon shakldagi
shilliq-suyak usti pardasi laxtagi ajratiladi. Qon tomir-nerv tutami ajratiladi. Suyak vertikal yo‘nalishda
olinganda nerv pastga suriladi va hosil qilingan egatga joylanadi. Nerv suyakdan olib tashlangan kortikal
plastinka bilan yopiladi. Nervni yopish uchun biomateriallardan ham foydalanish mumkin [Rosenqust B.,
1992].
Dostları ilə paylaş: